Butanda viza siyosati
Butan Qirolligiga sayohat mamlakatning noyob jamiyati va atrof-muhitiga tashrif buyuruvchilarning salbiy taʼsirini minimallashtirish uchun „yuqori qiymat, kam hajm“ turizm siyosati ostida yuqori darajada tartibga solinadi[1]. Butan siyosati mamlakatga bir vaqtning oʻzida faqat maʼlum miqdordagi sayyohlarning kirishini taʼminlaydi, bu esa mamlakatni ommaviy turizm manziliga aylanishiga va shu bilan uning sayyohlik xarakterini oʻzgartirishiga yoʻl qoʻymaydi, kam hajmli kelgan sayyohlar esa oʻz tashriflaridan eng yaxshi tajriba hamda qadriyatlarni oladilar.
Viza siyosati xaritasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vizadan ozod qilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harakat erkinligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hindiston fuqarolaridan Butanga kirish uchun viza talab etilmaydi, chunki Butan va Hindiston oʻrtasidagi 1949-yilgi shartnoma ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro odamlarning erkin harakatlanishiga imkon beradi. 2022-yil 23-sentyabrdan boshlab ushbu harakat erkinligi Phuentsholing, Gelephu va Samdrup Jongkhar chegara shaharlarida sayohat qilish uchun cheklab qoʻyilgan. Ushbu chegara shaharlaridan tashqariga sayohat qilish uchun oldindan ruxsatnomalar kerak boʻladi.
2020-yilning 1-iyulidan boshlab Hindiston, Bangladesh va Maldiv orollaridan tashrif buyuruvchilar Butanga kirishda ruxsat olish uchun bir tunga 1200 BTN miqdorida imtiyozli barqaror rivojlanish toʻlovini toʻlashlari shart etib belgilandi[2].
Hindiston fuqarolari Butanga havo hamda quruqlik yoʻllari orqali kirishdan oldin ruxsat olishlari kerak va Butanga kirish uchun quyida koʻrsatilgan har qanday qabul qilinadigan hujjatlardan foydalanishlari mumkin:
- Hindiston pasporti
- Fotosurat bilan saylovchilarning guvohnomasi
Kirishda viza
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi mamlakatlar fuqarolari Butanga kelganlarida vizani olishlari mumkin[3]:
Diplomatik, xizmat va rasmiy pasportlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi davlatlarning diplomatik yoki rasmiy pasportlari egalari kirish portiga yetib kelganlarida vizani olishlari mumkin boʻladi[4]:
|
Viza oldindan talab qilinadi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Butanga tashrif buyuruvchi barcha chet elliklar (Bangladesh va Maldiv orollari fuqarolaridan tashqari) viza olishlari kerak, Hindiston fuqarolari esa Butanga tashrif buyurishdan oldin ruxsat olishlari kerak va Butanga faqat Phuntsholing, Gelephu va Samdrup Jongkhardan quruqlik orqali yoki Paroga havo yoʻli orqali kirishlari mumkin. Agar Hindiston fuqarolarining ruxsat olishi maʼqullansa, ularga vizani rasmiylashtirish xati beriladi va uni kirish portida taqdim etishlari kerak boʻladi. Keyin viza ularning pasportiga muhrlanadi. Har bir turar joy uchun kunlik barqaror rivojlanish toʻlovi (SDF) ham olinadi. Bu barcha chet ellik sayyohlar uchun bu kuniga 200 dollarni tashkil qiladi, Hindiston fuqarolari esa bir kecha uchun 1200 ngultrum yoki hind rupiyasidagi ekvivalent miqdoridagi pulni toʻlaydilar.
Sayohat vaqtida 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar barqaror rivojlanish toʻlovi uchun 50 % imtiyozli chegirmaga ega. 5 yoki undan kichik yoshdagilar esa toʻlovdan ozod qilinadi[5].
Hindiston bilan chegaradosh Butan shaharlariga bir kunlik tashrif buyuruvchilar ham Butan hukumati tomonidan belgilangan nuqtaga yetib borgunlaricha barqaror rivojlanish toʻlovini toʻlashdan ozod qilinadilar[6].
Liberallashtirish boʻyicha takliflar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilda Butan hukumati turizm boʻyicha siyosatini qayta koʻrib chiqish uchun McKinsey konsalting kompaniyasini yolladi. McKinsey kompaniyasining turizmni tartibga solishni bekor qilish va cheksiz miqdordagi chet ellik sayyohlarning mamlakatga kirishiga ruxsat berish rejasi bosh vazir hamda vazirlar mahkamasi tomonidan oldindan maʼqullangan, biroq oxirida mamlakatda keng tarqalgan qarshilik tufayli rad etilgan. Kanadalik olim Kent Schroederning soʻzlariga koʻra, „McKinsey tomonidan berilgan liberallashtirish taklifining bekor qilinishi xususiy sektor va fuqarolik jamiyatidagi koʻpchilik uchun muhim gʻalaba boʻldi“[7].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Butanga kelgan mehmonlarning aksariyati quyidagi millat vakillari edi[8]:
No. | Mamlakat yoki hudud | 2019-yil | 2018-yil | 2017-yil | 2016-yil | 2015-yil | 2014-yil | 2013-yil | 2012-yil |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Hindiston | 230,381 | 191,836 | 172,751 | 114,301 | ― | ― | ― | ― |
2 | Bangladesh | 13,016 | 10,450 | 10,536 | 7,753 | ― | ― | ― | ― |
3 | AQSh | 11,707 | 10,561 | 9,220 | 7,292 | 7,137 | 7,291 | 6,997 | 6,102 |
4 | Xitoy | 7,564 | 6,878 | 6,421 | 9,208 | 9,399 | 8,111 | 4,827 | 3,816 |
5 | Singapur | 4,744 | 3,886 | 4,129 | 3,015 | 2,587 | 1,720 | 2,051 | 1,611 |
6 | Birlashgan Qirollik | 4,241 | 3,585 | 3,246 | 3,124 | 2,958 | 2,680 | 2,309 | 2,491 |
7 | Tailand | 4,086 | 3,886 | 4,047 | 4,177 | 3,778 | 12,105 | 3,527 | 3,617 |
8 | Germaniya | 3,375 | 3,422 | 2,970 | 2,297 | 2,498 | 2,971 | 2,770 | 2,895 |
9 | Avstraliya | 3,153 | 2,739 | 2,249 | 1,818 | 1,833 | 2,037 | 2,062 | 1,950 |
10 | Yaponiya | 3,010 | 2,674 | 2,744 | 4,833 | 2,437 | 2,707 | 4,035 | 7,029 |
11 | Malayziya | 2,761 | 3,140 | 2,956 | 1,967 | 1,546 | 2,067 | 2,054 | 1,312 |
12 | Vyetnam | 2,072 | 1,961 | 1,423 | ― | ― | ― | ― | ― |
13 | Fransiya | 1,953 | 1,773 | 1,545 | 1,501 | 1,563 | 1,636 | 1,572 | 1,863 |
14 | Kanada | 1,870 | 1,807 | 1,524 | 1,110 | ― | ― | ― | ― |
15 | Ispaniya | 1,659 | 1,397 | 1,142 | ― | ― | ― | ― | ― |
16 | Tayvan | 1,496 | 1,491 | 1,812 | ― | ― | ― | ― | ― |
17 | Shveysariya | 1,379 | 1,352 | ― | ― | ― | ― | ― | ― |
18 | Italiya | 1,229 | 978 | ― | ― | ― | ― | ― | ― |
19 | Indoneziya | 1,033 | ― | ― | ― | ― | ― | ― | ― |
20 | Niderlandiya | 757 | ― | ― | ― | ― | ― | ― | ― |
Boshqalar | 20,007 | ― | ― | ― | ― | ― | ― | ― | |
Jami | 315,599 | 274,097 | 237,529 | 209,570 | 155,121 | 133,480 | 116,209 | 105,407 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bhutan revises its tourism policy to redefine High Value Low Volume tourism“. Daily Bhutan. Daily Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Bhutan set to raise SDF to 200 USD“. Daily Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Visa to Bhutan“. Druk Asia. Druk Asia / Tourism Council of Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Do I need a visa to enter Bhutan?“. Tourism Council of Bhutan. Tourism Council of Bhutan.
- ↑ „Passport & Visa to enter Bhutan“. Drukair Singapore. Drukair. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Frequently Asked Questions“. Tashel. Dept of Immigration Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
- ↑ Kent Schroeder, Politics of Gross National Happiness: Governance and Development in Bhutan, Cham (Switzerland): Palgrave Macmillan, 2018, 60-63.
- ↑ „Bhutan Tourism Monitor“. Tourism Council of Bhutan. Tourism Council of Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.