Kontent qismiga oʻtish

Chatishtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chatishtirishurugʻlanish jarayonida irsiy jihatdan bir-biriga oʻxshamaydigan ikkita jinsiy hujayra (gameta)ning tabiiy yoki sunʼiy qoʻshilishi. Chatishtirish natijasida paydo boʻlgan nayel gen boʻyicha geterozigotali holatda turadi. Uning bir-biriga oʻxshash boʻlmagan ota-ona gametalari bilan turli allellari duragay murtakka (zigotaga) oʻtgan boʻladi. Duragay organizm ota-onasining belgi va xususiyatlariga ega boʻlish bilan birga, ota-onasining jinsiy hujayralari orqali ularga oʻtgan irsiy imkoniyatlarning muayyan juftlashishi, rivojlanishi va namoyon boʻlishi kabi xususiyatlarga ham ega boʻladi. Tanlash, odatda, duragaylarning ikkinchi boʻgʻinida oʻtkazilib, koʻpincha beshinchi-oltinchi boʻgʻinlargacha, gomozigotali nusxalar olingungacha takrorlanadi (qarang Gomozigotalik). Duragayda ota-onadan birortasining belgi xususiyatlarini kuchaytirish uchun takroriy (bekkross) chatishtirish (avlodni ota yoki ona shakli bilan qayta chatishtirish) oʻtkaziladi.

Oʻsimliklar amaliy seleksiyasida oddiy va murakkab chatishtirish qoʻllanadi. Ikkita ona-ona shakllari oʻrtasida bir marotaba oʻtkazilgan chatishtirish oddiy chatishtirishga kiradi (qarang Juft chatishtirish). Chatishtirishga birin-ketin ikkitadan ortiq ota-ona shakllari jalb etilsa, murakkab chatishtirish hisoblanadi (qarang Duragaylash).

Chorvachilikda mollarning nayel sifatini oshirish hamda yangi sermahsul zotlarni yaratishda chatishtirishning: a) qon quyish; b) qon singdirish; v) zavod chatishtirishi; g) sanoat chatishtirishi; d) navbatli chatishtirish usullari qoʻllanadi.

Oʻzbekiston chorvachiligida mahalliy qoramollarni shvits zoti bilan chatishtirishning qon singdirish usulida qoʻngir tusli qoramol podalari shakllashirilgan. Chatishtirishning murakkab zavod usulida bushuyev zoti yaratilgan. Chatishtirishning qon quyish usulida respublikada rnlashtirilgan barcha zotlar „yaxshilovchi“ zotlar bilan takomillashtirilmoqda. Chatishtirishning sanoat usuli sut yoʻnalishidagi qora-ola va qizil choʻl zotlari, goʻsht yoʻnalishidagi gereford, aberdinangus, sharole, kian, santagertruda va boshqa zotlar bilan juftlashtirishda qoʻllanilib, tez yetiluvchan va serpusht boʻlgan birinchi chatishma avlodlari olingan.

Duragay va chatishmalar oʻsimlik hamda hayvonlarning xoʻjalik jihatidan foydali belgilari boʻyicha tanlash, saralash, yangi zotlar va navlar yetishtirish uchun dastlabki material boʻladi.