Dickinson W. Richards
Qiyofa
Dickinson Woodruff Richards (30-oktyabr 1895, Orinj, Nyu Jersi — 23-fevral 1973, Lakeville, Konnektikut) — amerikalik xirurg-kardiolog. AQSh Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi. Kolumbiya universitetini tugatgan (1922); tibbiyot professor (1947—1961). A. Kurnan bilan hamkorlikda yurak va oʻpkaning normal va patologik holatdagi funksiyasini (jumladan, yurakni kateterlashni) tadqiq etgan; travmatik shokda yurak faoliyatining oʻziga xos jihatlarini oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (1956, A. Kurnan va V. Forsman bilan birga)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |