Diorit
Diorit (yun. diorizo — ajrataman, farq qilaman) — oʻrta asosli (SiO2 55—65%) magmatik togʻ jinsi. Aksessor minerallardan apatit, sirkon, ortit, turmalin, sfen qatnashadi. Kvarsli, kvarseiz, rogovaya obmankali, avgit va biotitli turlari mavjud. Rangi kulrangdan yashilsimon — kulranggacha. D. kam tarqalgan va odatda granit, granodiorit, baʼzan boshqa jinslar bilan birga uchraydi. Bulardan tashqari D. shtok, yertomir, lakkolit va b. intruziv massivlar shaklida ham uchraydi. D.dan turli xil yoʻl toshlari tayyorlanadi. Yaxshi jilolanadigan, rango-rang turlari imoratlarning poydevorlarini bezashda, turli vazalar tayyorlashda, arxitektura va haykaltaroshlikda qoʻllanadi. Qad. Misr va Mesopotamiyada D.dan turli haykallar ishlangan. Toshkent metrosining koʻp joylarida D. ishlatilgan. Oʻzbekistonda Qurama, Chatqol, Nurota, Molguzar va b. togʻlarda tarqalgan. D. bilan temir, mis, oltin konlari genetik bogʻliq (Ural, Sibir, Qozogʻiston).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |