Dmitriy Konovalov
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Dmitriy Petrovich Konovalov (1856.22.3, hozirgi Dnepropetrovsk viloyati — 1929.6.1, Leningrad) — rus kimyogari. Akademik (1923-yildan). Eritmalarning kimyoviy nazariyasi asoschilaridan biri. Petrograd texnologiya instituti (1915-1918), Konchilik instituti (1918— 22) professor Petrograd oʻlchov va ogʻirliklar Bosh palatasi prezidenti va texnologiya instituti professor (1922-yildan). Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari kimyoviy termodinamika va kinetikaga oid. Konovalov eritmalarning gaz va suyuq fazalaridagi komponentlarining nisbiy tarkibi bugʻ bosimiga hamda ikkita suyuq fazadan iborat sistemalarning qaynash temperaturasiga bogʻliklik qonunlarini (Konovalov qonunlari) kashf etgan (1881—1884)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |