Donador ozuqa
Qiyofa
Donador ozuqa (chorvachilikda) — aralash yem, oʻt uni va b.dan qattiq gʻoʻlak koʻrinishida tayyorlanadigan ozuqalar aralashmasi. Yumaloq, silindrsimon, kub shaklida, oʻlchamlari (koʻndalang kesimi) 1 mm dan 25 mm gacha boʻladi. D.o.da oziq va mineral moddalar, vitaminlar yaxshi saqlanadi, tashish va fermalarda mollarga berish qulay. Bunday ozuqalarni mollar yaxshi yeydi va ular oson hazm boʻladi. D.o. maxsus donadorlash mashinalarida tayyorlanadi. D.o. gʻalla omborlari va minoralarida saqlanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |