Kontent qismiga oʻtish

Eroniy taqvim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Persepoldagi barelyef — zardushtiylik dini ramzi Navroʻz. Kun va tunning tenglashishi timsollari — abadiy kurashuvchi yer timsoli buqa va quyosh timsoli sher.

Eroniy taqvim yoki Quyoshli hijra (forscha: تقویم هجری شمسی؛ سالنمای هجری خورشیدی) — astronomik quyoshli taqvim (kalendar). Rasmiy taqvim sifatida Eron va Afgʻonistonda qoʻllanadi. Ushbu taqvim mashhur fors faylasufi, matematiki, astronomi va shoiri Umar Xayyom ishtirokida tuzilgan boʻlib, hozirgi vaqtga qadar bir necha marotaba aniqlashtirilgan. Taqvim hijradan yilboshi sifatida andoza olgan boʻlib, biroq klassik islomiy taqvimdan farqli oʻlaroq quyoshli (yoki tropik) yil bilan butunlay toʻgʻri keladi. Shu sababli eroniy taqvim oylari islomiy taqvimdan farqlanib, faqat yilning oʻsha-oʻsha oylariga toʻgʻri keladi. Eroniy taqvimning boshlanishi, kun va tunning tenglashishi kuni — yaʼni Navroʻz bayramidan (21-mart) boshlanadi.

Qadimgi fors taqvimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimiy forslar taqvimida, xuddi qadimgi hind taqvimi kabi oltita fasl mavjud boʻlib, har bir fasl qariyb ikki oyga toʻgʻri kelgan. Qadmigi forslar madaniyati Mesopotamiya madaniyati bilan kesishgan davrdan boshlab, ikki madaniyat taqvimi qariyb bir xil koʻrinishga kelgan. Ushbu taqvimda yil kun va tun birlashishi kunida boshlanib, 12 oydan iborat boʻlgan. Har bir oy 29 yoki 30 kunni tashkil etgan. Umumiy hisobda bir yil ushbu taqvimda 354 kundan iborat boʻlgan. Tropik yil bilan farq oʻrnini bosish uchun har olti yilda oʻn uchinchi oy qoʻshilgan[1].

Zardushtiy taqvim

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avesta tilidagi yazata nomi Maʼnosi Oʻrtafors tilidagi nomi Zamonaviy fors tilidagi nomi
Original Transkripsiya
1 Frawašinąm Fravashi (Ilk tanlov) Frawardīn فروردین Farvardīn
2 Ašahe Vahištahe Asha Vahishta
(Eng yaxshi haqiqat)
Ardwahišt اردیبهشت Ordībehešt
3 Haurvatātō Haurvatat (Yaxlitlik) Xordād خرداد Xordād
4 Tištryehe Tishtriya (Sirius yulduzi) Tīr تیر Tīr
5 Amərətatātō Ameretat (Oʻlmaslik) Amurdād مرداد Mordād
6 Xšaθrahe Wairyehe Xshatra Vairya
(Xohish hukmdorligi)
Šahrewar شهریور Šahrīvar
7 Miθrahe Mitra (Kelishuv) Mihr مهر Mehr
8 Apąm Apam (Suvlar) Ābān آبان Ābān
9 Āθrō Aur (Olov) Ādur آذر Āzar
10 Daθušō Dausho
(Yarativchi, yaʼni Axura Mazda)
Day دی Dey
11 Waŋhə̄uš Manaŋhō Voxu Mana
(Yaxshi niyat)
Wahman بهمن Bahman
12 Spəntayā̊ Ārmatōiš Spenta Armaiti
(Muqaddaslik)
Spandarmad اسفند Esfand

Jaloliylar taqvimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻn ikki yilli hayvonot yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIII-asrda Yaqin Sharq Moʻgʻullar istilosi tufayli ularga boʻysundirilgan edi. Moʻgʻullarning ushbu istilosi natijasida ular tomonidan Yaqin Sharqqa qadimiy Xitoy madaniyatidagi oʻn ikki yillik hayvonot yillari kirib keldi. Ushbu taqvimdagi yillarda har bir yil muayyan hayvonga bagʻishlangan edi. Moʻgʻullar keltirgan yangilik Yaqin Sharqda darrov ommaboplikni qoʻlga kiritmadi, ammo keyinroq oʻsha yerdagi xalqlarning taqvimiga kirib bordi va ushbu taqvimlarning ajralmas qismiga aylandi. Aynan oʻsha paytlarda islomiy taqvimda ushbu oʻn ikki yillik hayvonot yillari kirib borishga ulgurgan edi.

Oʻn ikki yilni quyidagi oʻn ikki hayvon tasvirlar edi: sichqon, buqa, yoʻlbars, quyon, ajdar, ilon, ot, echki yoki qoʻy, maymun, xoʻroz, it, qobon (toʻngʻiz) yoki choʻchqa.

Zamonaviy taqvim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX-asr boshidagi islohotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afgʻonistonda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1922-yilda Afgʻonistonda Erondagi islohotlar qabul qilinadi va ushbu taqmiv Afgʻoniston hududida rasmiy taqvim deb eʼlon qilinadi. Bundan oldin ushbu mamlakatda oyli hijriy taqvim ishlatilib kelinar edi. Oylar nomlari sifatida esa burjlar nomlari ishlatilgan. Yangi taqvimda oylar nomlari Afgʻonistonning ikki davlat tillaridan biri — dariy tilida xuddi Erondagi fors tilidagidek nomlanadi. Afgʻonistondagi yana bir davlat tili — pushtu tilida esa oylar nomlari fors tilidan oʻgirilgan.

Zamonaviy taqvim oylari nomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kunlar soni Erondagi fors tilida Kurd tilida Afgʻonistondagi dariy tilida Afgʻonistondagi pushtu tilida Grigorian taqvim bilan tutashishi
(kabisa yillarisiz)
XFA Original Oʻzbek tilida Lotin yozuvida Arab yozuvida XFA Original XFA Original
1 31 færværdin فروردین Forvardin Xakelêwe خاکەلێوە hamal حمل wrai ورى 21-mart — 20-aprel
2 31 ordiːbeheʃt اردیبهشت Ordibehesht Gullan (Banemer) گوڵان sawr ثور ɣwajai غویى 21-aprel — 21-may
3 31 xordɒːd خرداد Hurdod Cozerdan جۆزەردان dʒawzɒ جوزا ɣbarɡolai غبرګولى 22-may — 21-iyun
4 31 tiːr تیر Tir Pûşper پووشپەڕ saratɒn سرطان t͡ʃunɡɑʂ چنګاښ 22-iyun — 22-iyul
5 31 mordɒːd مرداد Murdod Gelawêj گەلاوێژ asad اسد zmarai زمرى 23-iyul — 22-avgust
6 31 ʃæhriːvær شهریور Shahrivor Xermanan خەرمانان sonbola سنبله waʐai وږى 23-avgust — 22-sentyabr
7 30 mehr مهر Mehr Rezber ڕەزبەر mizɒn میزان təla تله 23-sentyabr — 22-oktyabr
8 30 ɒːbɒn آبان Abon Xezellwer (Gelarêzan) گەڵاڕێزان 'aqrab عقرب laɻam لړم 23-oktyabr — 21-noyabr
9 30 ɒːzær آذر Azar Sermawez سەرماوەز qaws قوس lindəi لیندۍ 22-noyabr — 21-dekabr
10 30 dej دی Dey Befranbar بەفرانبار dʒadi جدی marɣumai مرغومى 22-dekabr — 20-yanvar
11 30 bæhmæn بهمن Bahman Rêbendan ڕێبەندان dalvæ دلو salwɑɣə سلواغه 21-yanvar — 19-fevral
12 29/30 esfænd اسفند Esfand Reşeme ڕەشەمە hut حوت kab كب 20-fevral — 20-mart

Eroniy taqvimda yil anʼanaviy toʻrt faslga boʻlinadi. Oʻz navbatida, har bir fasl uch oydan tashkil topadi.

Hafta kunlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eroniy taqvimda hafta shanba kunida boshlanib juma kunida tugaydi. Juma rasmiy dam olish kuni deb eʼlon qilingan.

  • Shanba — (forscha: شنبه) Shanbe;
  • Yakshanba — (forscha: یکشنبه) Yakshambe;
  • Dushaunba — (forscha: دوشنبه) Dushanbe;
  • Seshanba — (forscha: سه شنبه) Seshanbe;
  • Chorshanba — (forscha: چهارشنبه) Chorshanbe;
  • Payshanba — (forscha: پنجشنبه) Panjshanbe;
  • Juma — (forscha: جمعه) Juma, baʼzida Odina (forscha: آدینه).

Hafta kunlarining nomlanishi yakshanbadan boshlab to payshanbagacha shanba soʻziga qoʻshimcha son nomi (fors tilida) qoʻshiladi va shu tariqa ushbu kunlar nomlari kelib chiqadi. Masalan: yakshanba — «birshanba», dushanba — «ikkishanba», seshanba — «uchshanba». Juma kuni nomlanishi esa arab tilidan kelib chiqgan boʻlib — majlis (musulmonlardagi anʼanaviy juma namozi nazarda tutiladi) degan maʼnoni bildiradi.

Grigorian taqvim bilan tutashishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yulduzcha bilan Navroʻzning 20-mart kuni kelishi koʻrsatilgan[2].

Grigorian yil Eroniy taqvim va quyoshli hijra yili
1999—2000 1378
2000—2001 1379*
2001—2002 1380
2002—2003 1381
2003—2004 1382
2004—2005 1383*
2005—2006 1384
2006—2007 1385
2007—2008 1386
2008—2009 1387*
2009—2010 1388
2010—2011 1389
2011—2012 1390
2012—2013 1391*
2013—2014 1392
2014—2015 1393
2015—2016 1394
2016—2017 1395*
2017—2018 1396
2018—2019 1397
2019—2020 1398
2020—2021 1399*
2021—2022 1400
  1. S. H. Taqizadeh: Old Iranian Calendars
  2. Persian calendar by Holger Oertel, 2012-07-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-11-23