Kontent qismiga oʻtish

Erotik nuqtalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Inson tanasidagi bir qancha erotik nuqtalar

Insondagi erotik nuqtalar (shuningdek, erogon zonalar deb ham ataladi) tananing sezgirligi yuqori boʻlgan qismlari boʻlib, ularning stimulatsiyasi ehtirosli rohatlanish (jargonda seksual kayf), jinsiy fantaziyalar, jinsiy qoʻzgʻalish va orgazm kabi seksual reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Erotik zonalar tananing barcha qismida mavjud boʻlib, har birining sezgirligi turlichadir. Bu esa stimulatsiyadagi davomli his-tuygʻularni taʼminlashga xizmat qiluvchi asab tugunlarining konsentratsiyasiga bogʻliq. Kishining erogen zonasiga teginish jismoniy yaqinlik harakati sifatida qabul qilinadi. Biror kishi oʻzining erotik nuqtalariga tegishlarini yoqimli yoki nomaqbul deb bilishi bir qator omillarga, jumladan, qoʻzgʻalish darajasiga, mavjud sharoitlarga, madaniy kontekstga, jinsiy sheriklar va ular oʻrtasidagi munosabatlar tarixi va tabiatiga bogʻliq.

Erotik zonalar ular keltirib chiqaradigan jinsiy reaksiyalarga koʻra tasniflanishi mumkin. Koʻp odamlar koʻz qovoqlari, qoshlari, chakkalari, yelkalari, qoʻllari, barmoqlari va sochlariga nozik tarzda teginilganda, ulardagi jinsiy reaksiya asta-sekinlik bilan qoʻzgʻaladi. Bu kabi nuqtalarga yumshoq teginish yoki silash, jinsiy aloqaning boshlanish paytida sherikni ehtiroslantiradi va qoʻzgʻalish darajasini oshiradi. Shuningdek, qorin boʻshligʻini yumshoq massaj qilish, silash, oʻpish yoki oddiygina kindikga teginish stimulyatsiya turlari, deya tavsiflanadi.

Tasniflanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maxsus nuqtalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maxsus nuqtalar jinsiy reaksiya bilan bogʻliq boʻlib, jinsiy aʼzolarining tegishli qismlarini, xususan ikki koʻkrak uchlarini, jinsiy olatning boshi, toji yoki klitor va vulvaning yondosh qismi va perianal terini oʻz ichiga oladi. Bu nuqtalar innervatsiyaning yuqori zichligiga ega boʻlib, yaralarni davolash samaradorligi va umumiy miya stimulatsiyasini qoniqtirish kuchiga egadir[1].

Nomaxsus nuqtalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu nuqtalardagi tuklar tanadagi teri tuklariga oʻxshab ketadi. Ulardagi nervlar va tuklar yuqori zichlikka egadir. Bu nuqtalarga boʻyinning yon va orqa qismlari, qoʻllarning ichki sohasi, qoʻltiq osti va koʻkrak qafasining yon tomonlari kiradi.

Jinsiy organlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkaklar jinsiy olatining ogʻiz va ustki qisi, yon tomonlari, moyakning old tarafi, moyak va anal teshigi orasidagi teri va anus atrofidagi nuqtalar stimulyatsiya bilan qoʻzgʻatilishi mumkin[2].

Vulva va uning atrofidagi joylar, ayniqsa klitor erogen zonalarning asosiy nuqlaridir[3][4][5]. Qin (vagina) bir butun sifatida yuqori sezgirlikka ega boʻlmasa-da, uning pastki uchidagi qismida (kirish joyiga yaqin joyda) asab tugunlari konsentratsiyasi mavjud boʻlib, jinsiy aloqa davomida stimulatsiya qilinsa, yoqimli his-tuygʻularni taʼminlaydi. Ushbu nuqta qinning uchdan qolgan ikki qismiga qaraganda sezgirroqdir[4][5][6][7].

Son va tizza qismi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sonlar teginishga sezgir boʻlib, son va tizzaning orqa tarafida haddan ortiq sezgirlik rivojlangan boʻlishi va bu kabi yuqori sezgirlikka ega odamlarda qitiqlashga nisbatan oʻtkir reaksiya koʻzga tashlanishi mumkin.

Oyoq va unga tutash joylarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kishining tovon va barmoqlarining nerv uchlari konsentratsiyasi sababli hamda miyaning oyoqlarga teginish hissiga hamda jinsiy aʼzolar hissiyotlariga javob beruvchi sohasi oʻrtasidagi yaqinlik tufayli seksual sezgilar hosil boʻlishi mumkin. Oyoqlarni yalash va/yoki barmoqlarni soʻrish baʼzi odamlar uchun yoqimli boʻlishi tabiiy holatdir. Shunga oʻxshash harakatlar, masalan, oyoq tagini massaj qilish ham erotik stimulyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Baʼzi odamlar oyoq qismida, ayniqsa oyogʻining tagi va tovonida sezgirlik yuqori boʻladi.

  1. Schober, Justine; Weil, Zachary; Pfaff, Donald (2011). "How generalized CNS arousal strengthens sexual arousal (and vice versa)". Hormones and Behavior 59 (5): 689–695. doi:10.1016/j.yhbeh.2010.10.005. ISSN 0018-506X. OCLC 728020042. PMID 20950622. https://linkinghub.elsevier.com/retrieve/pii/S0018506X10002588. 
  2. Schober, Justine M.; Meyer-Bahlburg, Heino F.L.; Dolezal, Curtis (2009). "Self-ratings of genital anatomy, sexual sensitivity and function in men using the 'Self-Assessment of Genital Anatomy and Sexual Function, Male' questionnaire". BJU Int 103 (8): 1096–103. doi:10.1111/j.1464-410X.2008.08166.x. ISSN 1464-4096. OCLC 5151511138. PMID 19245445. https://bjui-journals.onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1111/j.1464-410X.2008.08166.x. 
  3. "Anatomy of the clitoris". The Journal of Urology 174 (4 Pt 1): 1189–95. October 2005. doi:10.1097/01.ju.0000173639.38898.cd. PMID 16145367. 
  4. 4,0 4,1 Wayne Weiten. Psychology Applied to Modern Life: Adjustment in the 21st Century. Cengage Learning, 2011 — 386-bet. ISBN 978-1-111-18663-0. Qaraldi: 2012-yil 5-yanvar. 
  5. 5,0 5,1 Marshall Cavendish Corporation. Sex and Society, Volume 2. Marshall Cavendish Corporation, 2009 — 590-bet. ISBN 978-0761479079. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust. 
  6. Exploring the Dimensions of Human Sexuality. Jones & Bartlett Learning, 2014 — 102–104-bet. ISBN 978-1449648510. Qaraldi: 2014-yil 30-oktyabr. 
  7. Human Sexuality: An Encyclopedia. Routledge, 2014 — 229–231-bet. ISBN 978-1135825096. Qaraldi: 2014-yil 30-oktyabr.