Fan Zhendong
Fan Zhendong | |
---|---|
Tavalludi |
1997-yil 22-yanvar Guanchjou, Xitoy |
Fuqaroligi | Xitoy |
Sohasi | Stol tenischisi |
Institutlar | Shanghai Jiao Tong universiteti |
Fan Zhendong (1997-yil 22-yanvarda tugʻilgan) – xitoylik professional stol tennischi. Xalqaro stol tennisi federatsiyasi (ITTF) erkaklar oʻrtasidagi yakkalik boʻyicha jahon reytingida 2-oʻrinni egallab turibdi. 2012-yilda Xitoy stol tennisi milliy terma jamoasiga eng yosh aʼzo sifatida qoʻshilgan. Eng yosh ITTF World Tour va jahon chempioni[1][2]. 2015-yilning noyabr oyidan boshlab 29 oy davomida 2-oʻrinni egallagan[3]. 2015-yil noyabr oyidan boshlab ketma-ket 29 oy davomida jahon reytingda 2-oʻrinni egallaganidan soʻng 2018-yilning aprel oyiga kelib, dunyo reytingida eng yuqori oʻringa koʻtarilgan[4]. 2024-yilgi Fransiyaning Parij shahrida oʻtkazilgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar boʻyicha yakkalik bahslarida musobaqaning oltin medalini qoʻlga kiritgan[5].
Fan Zhendongning hujumkor oʻyin uslubi kuchli oyoq harakatlari, shuningdek, kuchli forehand zarbalarini oʻz ichiga oladi[6]. Fan Zhendongning hujumkor oʻyin uslubi kuchli oyoq harakatlari, shuningdek, kuchli forehand zarbalarini oʻz ichiga oladi[7]. Uning qalin toʻplami muxlislar va sharhlovchilarni uni mehr bilan „Kichkina yogʻli“ deb atashlariga olib keldi (Chinese). [8] Sportchi doimiy ravishda dunyoning eng yaxshi stol tennischilaridan biriga aylanib bormoqda. Shu sababli ham Xitoyning Weibo ijtimoiy media saytida butun dunyo boʻylab yarim milliondan ortiq muxlislar uni kuzatib boradi. 2016-yilda Fan Zhendong ITTF Star Point mukofotini qoʻlga kiritgan. 2013 va 2016-yillar orasida erkaklar oʻrtasida Eng yaxshi yulduz nominatsiyasi berilgan[9].
Fan Shanghai Jiao Tong universitetida tahsil olgan[10].
Oʻyin uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilda Timo Boll oʻzi va Fan Zhendongning oʻyin uslublari bir-biriga oʻxshash boʻlgan[11].
Sport faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yil 3-yanvar kuni stol tennisi boʻyicha Xitoy terma jamoasi birinchi marotaba toʻgʻridan-toʻgʻri Parij shahrida oʻtkaziladigan musobaqaga yoʻl oldi.
Fan Zhendong musobaqaning birinchi bosqichida ishtirok etayotgan paytida endigina 16 yoshda boʻlgan. Shunga qaramay musobaqa koʻplab kuchli raqiblarini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻlgan va kutilmaganda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 15–19-yanvar kunlari oʻtkazilgan oʻyinlari ikkinchi bosqichida Fan Zhendong sakkizinchi oʻrinni egallagan.
2014-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]22-mart kuni stol tennisi boʻyicha Osiyo kubogi erkaklar oʻrtasida yakkalik bahslari finalida Fan Zhendong jamoadoshi Ma Longga qarshi oʻyinda 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib, ikkinchi oʻrinni egallagan.
5-may kuni Yaponiyaning Tokio shahrida stol tennisi boʻyicha jamoaviy tarzda oʻtkaziladigan 52-Jahon chempionati final bahslari boshlangan. Finalda Xitoy erkaklar terma jamoasi 3:1 hisobida raqibini magʻlub qilgan holda chempionliknki qoʻlga kiritgan. Terma jamoa tarkibidan oʻrin olgan Fan Zhendong ham shu ytariqa 17 yoshida (17 yoshh 103 kun) jahon chempioniga aylandi.
2015-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yanvar oyida Fan Zhendong Zhang Jike, Ma Long, Xu Xin va Fang Bolar bilan birgalikda Dubayda oʻtkazilgan Jahon kubogida erkaklar oʻrtasida jamoaviy bahslarda gʻalaba qozongan. 2015-yilning 28-iyul kuni erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan superliga 13-turida 18 yoshli Fan Zhendong oʻzining navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Fan umumiy hisobda 24 ta oʻyinda gʻalaba qozongan va shu orqali 2012-yilda Ma Long tomonidan 23 oʻyinda gʻalaba qozongan holda oʻrnatilgan superliga rekordini yangilagan.
2016-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iyun oyida Fan Zhendong ITTF Yaponiya xalqaro chiq turnirida erkaklar oʻrtasida yakkalik bahslari chempionligini qoʻlga kiritgan[12]. Chorak finalda fransiyalik oʻyinchi Simon Gauzyga qarshi oʻyinga tushgan. Fransiyalik tennischini magʻlub etgan Fan ushbu gʻalabasi orqali katta mashhurlikka erishgan va ITTF Star mukofotining „Star Point of the Year“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan[13].
2017-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning 8-mart kuni Dyusseldorf Jahon chempionatining soʻnggi bosqichida Fan Zhendong 9 ta gʻalaba va 2 ta magʻlubiyat bilan birinchi oʻrinni egallagan Xu Xinni 2:0 hisobida magʻlub etgan va sport faoliyati davomida ilk Dyusseldorf chempionligini qoʻlga kiritgan. 12-aprel kuni stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatida ham erkaklar oʻrtasida jamoaviy bahslarda chempion boʻlgan.
2018-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 22-yanvar kuni Vengriya ochiq chempionatida Fan Zhendong erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslari finalida yana bir xitoylik jamoadoshi Wan Chuqinni 4:1 hisobida magʻlub etgan va chempionlikni qoʻlga kiritgan.
2019-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 3-mart kuni Fan Zhendong jahon turnirining barcha 11 ta uchrashuvida gʻalaba qozongan va Budapeshtda boʻlib oʻtadigan 2019-yilgi Jahon chempionati yakkalik bahslarida birinchi raqam ostida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Fan Zhendong toʻrtinchi bosqichda hamyurti Liang Jingkun tomonidan magʻlubiyatga uchragan[14].
2020-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil 15-noyabr kuni stol tennisi boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi 2020-yilgi Jahon kubogi finalida Fan Zhendong Ma Longni 4:3 hisobida magʻlub etgan va toʻrtinchi bor jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 22-noyabr kuni ITTF musobaqasi erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslari finalida Fan Zhendong Ma Longga 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan va ikkinchi oʻrinni egallagan.
2021 yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]May oyida Fan Zhendong Xitoy Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Guruh bahslarida barcha raqiblari ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan va guruh bosqichida Xu Xinni[15] 4:2 hisobida magʻlub etgan 16 yoshli Lin Shidongga qarshi chorak finalda oʻyinga tushgan va uni magʻlub etgan[16]. Fan keyingi bosqich yarim finalda Wang Chuqinni magʻlub etgan, ammo finalda Chjou Qixaoga magʻlub boʻlgan[17]. Fan Tokioda oʻtkazilgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarining erkaklar oʻrtasida yakkalik bahslarida xitoylik oʻyinchi Ma Long bilan oʻyinga tushgan[18], biroq magʻlubiyatga uchragan.
2023-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fan Zhendong 2023-yilda besh marta, jumladan, Singapore Smash va 2023-yilgi Jahon chempionatlarida ikki marta oltin medalni qoʻlga kiritgan. Sportchi oʻsha yili ITTF tomonidan „Yilning erkak oʻyinchisi“ mukofotiga sazovor boʻlgan[19].
2024-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yilning 4-avgust sanasi, yakshanba kuni Fan Zhendong erkaklar oʻrtasida yakkalik bahslarida shvetsiyalik Truls Möregårdhni 4:1 hisobida magʻlub etib, Parij-2024 Yozgi Olimpiadasi oltin medalini qoʻlga kiritgan[20].
Maʼlumotnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Fan Zhendong – Table Tennis' Rising Star“. International Olympic Committee. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
- ↑ „Fan Zhendong set on the 2017 World Championships“. International Table Tennis Federation. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
- ↑ „April 2018 World Ranking Analysis: Fan Zhendong Tops the Chart“. International Table Tennis Federation (2018-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
- ↑ „April 2018 World Ranking Analysis: Fan Zhendong Tops the Chart“. International Table Tennis Federation (2018-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
- ↑ „China's Fan Zhendong wins table tennis singles gold, French teenager Felix Lebrun takes bronze“. The Straits Times (2024-yil 4-avgust). Qaraldi: 2024-yil 5-avgust.
- ↑ „I haven't reached my best: Fan“. DOHA Stadium Plus. 2018-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
- ↑ „I haven't reached my best: Fan“. DOHA Stadium Plus. 2018-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
- ↑ „Will Fan Zhendong be the Next Grand Slam Champion?“. Team USA. 2018-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
- ↑ „Fan Zhendong: I have not reached my best“. International Table Tennis Federation (2016-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
- ↑ „FAN Zhendong“. Olympics. Qaraldi: 2024-yil 3-avgust.
- ↑ „Timo Boll Talks About Chinese Table Tennis and More“ (en-US). edgesandnets.com (2021-yil 5-sentyabr). 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
- ↑ https://web.archive.org/web/20160831113449/http://www.ittf.com/competitions/competitions2.asp?Competition_ID=2663&category=PT Andoza:Bare URL inline
- ↑ „Ma Long and Ding Ning once again star players of the year“ (2016-yil 8-dekabr).
- ↑ „Liebherr 2019 ITTF World Championships - Results“.
- ↑ „China Olympic Scrimmage Day 1 Singles Results – Edges and Nets“ (en-US). edgesandnets.com (2021-yil 3-may). 2021-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
- ↑ „Fan Zhendong Ends Lin Shidong's Cinderalla Run At China Olympic Scrimmage“ (en-US). edgesandnets.com (2021-yil 6-may). 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
- ↑ „Zhou Qihao Wins China Olympic Scrimmage With 4–2 Upset Over Fan Zhendong“ (en-US). edgesandnets.com (2021-yil 8-may). 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ „Out-of-Sorts Ma Long Upset By Xu Chenhao In Chinese Olympic Scrimmage Quarterfinals“ (en-US). edgesandnets.com (2021-yil 29-may). 2021-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
- ↑ „ITTF Awards Night: Celebrating Excellence in Table Tennis“ (2024-yil 27-fevral).
- ↑ https://olympics.com/en/news/paris-2024-fan-zehndong-takes-table-tennis-individual-gold. Andoza:Bare URL inline