Germes
Qiyofa
Germes —yunon mifologiyasida dastlab chorvador va choʻponlar xudosi, poda va yaylovlar homiysi. Zevs va Mayyaning oʻgʻli. Keyinchalik yoʻl, yoʻlovchilar,savdogarlar va savdo homiysi, oʻlchovlar, sonlar va lira (musiqa asbobi) ixtirochisi sifatida sigʻinilgan. G. olimp xudolarining xabarchisi, marhumlarning jonini aid (yer osti saltanati, doʻzax)ga oʻtkazuvchi hisoblangan. Koʻpincha patli shippak kiyib olgan yigitcha koʻrinishida tasvirlangan. Qad. Rim mifologiyasidagi Merkuriyga toʻgʻri keladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |