Kontent qismiga oʻtish

Heinrich Heine universiteti,Dusseldorf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asosiy piyodalar yo'li

Heinrich Heine Universiteti, Düsseldorf -( HHU ) (nemischa: Heinrich-Heine-Universität Düsseldorf )1965-yilda Dyusseldorf Tibbiyot Akademiyasining 1907-yilgi filiali tashkiloti sifatida tashkil etilgan va nemis shoiri Heinrich Heine nomi berilgan.

O'tgan yillar mobaynida bir nechta yo'nalishlar qo'shilganidan keyin, universitet 1993-yildan beri beshta fakultetdan iborat. Bugungi kunda 36 000 dan ortiq talabalar HHUda kunduzgi ta'limda tahsil olmoqda. HHUda jami 3600 (akademik va akademik bo'lmagan)lar mavjud.

San'at va gumanitar fanlar fakultetining binolari. O'ngdagi fonda Matematika va tabiiy fanlar fakultetining qurilish ishlari (taxminan 1973-yil) ko'rsatilgan.

Düsseldorf universitetining ilk tarixi 1907-yilda Düsseldorf amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan boshlangan. Lekin,shaharning ilk haqiqiy universiteti faqatgina 1965- yilga kelibgina mavjud tibbiyot fakultetga tabiiy fanlar, san'at va gumanitar fanlar fakultetini qo'shish orqali tashkil etilgan. To'rt yil o'tgach, universitet birlashgan fakultetni ikkita alohida organga ajratdi,bu esa San'at va gumanitar fanlar fakulteti, shuningdek, matematika va tabiiy fanlar fakultetlarining tashkil etilishiga olib keldi. 1979-yilda zamonaviy universitet va davlat kutubxonasi ochildi.1980-1981-yillarda sport markazi ham qo'shildi. 23 yildan ortiq davom etgan janjallar[1] dan so'ng,Düsseldorfning"nomsiz" universiteti nihoyat 1989-yilda Düsseldorfning eng mashhur shaxslaridan biri bo'lgan shoir Heinrich Heine sharafiga nomlandi.Shu davrdan boshlab universitet shahar va uning fuqarolari uchun doim ochiq.Heinrich Heine universitetining biznes boshqaruvi va iqtisod fakulteti 1990-yilda, yuridik fakulteti esa 1993-yilda ochilgan.