Kontent qismiga oʻtish

Jordan Ayew(football player)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jordan Ayew
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jordan Pierre Ayew[1]
Tavallud sanasi 11-sentyabr 1991-yil (1991-09-11) (33 yosh)[2]
Tavallud joyi Marseille, Fransiya
Boʻyi 1.82 m[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Crystal Palace
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000-2006 Lyon Duchère
2006-2009 Marseille
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009-2014 Marseille 111 (14)
2014Sochaux (ijara) 17 (5)
2014-2015 Lorient 31 (12)
2015-2017 Aston Villa 51 (9)
2017-2019 Swansea City 50 (8)
2018-2019Crystal Palace (ijara) 20 (1)
2019- Crystal Palace 107 (13)
Milliy terma jamoa
2010 Gana U20 1 (1)
2010- Gana 81 (19)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-iyun uchun)

Jordan Pierre Ayew (1991-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) — ganalik professional futbolchi, Premier League Crystal Palace jamoasi va Gana milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ayew 2013-yilda Olympique de Marseille jamoasi tarkibida

Ayew 2006-yilda Marseillega tajriba orttiruvchi sifatida qoʻshiladi va 2009-yilda Marseille bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Jordan Ayew 2009-yilning 16-dekabrida Lorient jamoasiga qarshi liga o‘yinida Marseille safidagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi va bu oʻyinda oʻzining birinchi golini uradi. Ayew ikkinchi golini 2011-yil 27-aprel kuni Velodrom stadionida Nicega qarshi kechgan oʻyinda uradi va bu o‘yinda uning akasi Andre Ayew xet-trik qayd etadi. 2011-yilning 1-noyabrida Jordan va Andre birinchi marta UEFA Chempionlar ligasi oʻyinini Premer-liga giganti "Arsenal"ga qarshi oʻyin bilan boshlashadi.

2014-yilning 6-yanvarida u 2013-2014-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida 1 Liganing „Sochaux“ jamoasiga qo‘shiladi[4].

2014-yilning 28-iyulida Ayew Lorient jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[5]. Ayew Lorient jamoasiga oʻtishining sababi taklif qilingan oʻyin uslubi va sifati unga yoqqanligi edi.

2015-yilning 27-iyulida Ayew "Aston Villa" jamoasiga besh yillik shartnoma asosida, nomaʼlum to‘lov evaziga qo‘shiladi[6][7]. U klubdagi ilk golini 2015-yilning 24-oktyabr kuni „Swansea City“ga qarshi kechgan oʻyinning 62-daqiqada kiritgan[8]. Aston Villa 2015-2016-yilgi mavsum oxirida atigi 17 ochko jamgʻarib, quyi ligaga tushib ketdi. Mavsum davomida Ayew atigi 7 ta gol urgan boʻlsa-da, mavsumni eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunladi.

2017-yilning 31-yanvarida Jordan Ayew 2019-2020-yilgi mavsum oxirigacha „Swansea City“ jamoasiga qo‘shiladi[9]. Jordanning katta akasi 2015-2016 yilgi mavsumda „Swansea City“ o‘yinchisi bo‘lgan va keyinchalik 2018-yilning qishki transfer oynasida yana ushbu jamoaga qaytgan[10].

Crystal Palace

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning transferlari vaqtida Ayew 2018-2019 yilgi mavsum uchun „Crystal Palace“ jamoasiga ijaraga beriladi[11].

2019-20 yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 25-iyulida Ayew „Swansea City“dan 2,5 million funt sterling evaziga transfer qilinib, Crystal Palace bilan uch yillik yangi shartnoma imzolaydi[12]. Ayew o‘zining mavsumdagi ilk golini 2019-yilning 24-avgustida Old Traffordda „Manchester United“ga qarshi o‘yinda kiritadi va „Crystal Palace“ 2:1 hisobidagi tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritadi[13].

Ayew 2019-yilgi Boxing Dayda West Ham ga qarshi kechgan oʻyinning qoʻshib berilgan daqiqalarida gol kiritib, jamoasiga 2:1 hisobidagi gʻalabani keltiradi[14]. Bu Ayewning Premier-ligadagi 21-goli edi[15]. Mavsum oxirida u 9 ta gol bilan „Crystal Palace“ning eng yaxshi toʻpurariga aylanadi va „Crystal Palace“ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi va mavsumning eng yaxshi goli sovrinlarini qoʻlga kiritadi[16][17].

2022-yilning iyun oyida Ayew Crystal Palace bilan shartnomasini 2023-yilgacha uzaytiradi[18].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayew Gana terma jamoasi tarkibida birinchi marta 2010-yil 5-sentyabrda Lobamba shahridagi Somhlolo milliy stadionida Swazilandga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushadi[19][20]. 2012-yil 1-iyunda Ayew oʻzining birinchi va ikkinchi xalqaro gollarini 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Gananing Kumasi shahridagi Kumasi sport stadionida Lesothoga qarshi oʻyinda uradi[21]. 2011-yil dekabr oyida Ayew Gana milliy terma jamoasining 2012-yilgi Afrika Millatlar kubogi doirasidagi oʻyinlari uchun vaqtinchalik 25 kishilik tarkibiga kiritiladi[22].

2014-yil iyun oyida u 2014 yilgi Jahon chempionati uchun Gana terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. 2014-yil 9-iyun kuni Braziliyada bo‘lib o‘tgan 2014-yilgi Jahon chempionati oldidan Gana terma jamoasining so‘nggi tayyorgarlik o‘yinida jarohat olgan Majeed Warisning o‘rniga Ayew birinchi bo‘limda maydonga tushadi va xet-trik qayd etadi[23][24].

Jordan Ayew 2015-yilda Ekvatorial Gvineyada bo‘lib o‘tgan Afrika Millatlar Kubogida Gana terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.

U 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Gana terma jamoasi tarkibiga kiritilib, musobaqaning guruh bosqichida ishtirok etgan[25][26].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayew Maha Ayew va Abedi Pelening oʻgʻli. Uning ona tomondan bobosi Alhaji A.A. Khadir[27] livanlik boʻlgan[28]. Uning otasi, amakilari Kwame va Sola, akalari Andre va Ibrahimlar hammasi professional futbolchilardir. Shuningdek, opasi Imani ham professional futbolchi. Ayew amaldagi musulmon[29] boʻlib, Denise Acquahga uylangan va ularning ikki farzandi bor[30].

Faoliyati statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Marseille 2009-10 Ligue 1 4 1 0 0 0 0 4 1
2010-11 22 2 4 0 3 0 29 2
2011-12 34 3 5 4 6 0 45 7
2012-13 35 7 3 0 9 3 47 10
2013-14 16 1 1 0 5 1 22 2
Jami 111 14 13 4 23 4 147 22
Sochaux (ijara) 2013-14 Ligue 1 17 5 1 0 18 5
Lorient 2014-15 Ligue 1 31 12 2 1 33 13
Aston Villa 2015-16 Premier League 30 7 6 0 36 7
2016-17 Championship 21 2 1 1 22 3
Jami 51 9 7 1 58 10
Swansea City 2016-17 Premier League 14 1 0 0 14 1
2017-18 36 7 8 4 44 11
Jami 50 8 8 4 58 12
Crystal Palace (ijara) 2018-19 Premier League 20 1 5 1 25 2
Crystal Palace 2019-20 Premier League 37 9 2 0 39 9
2020-21 33 1 2 0 35 1
2021-22 31 3 3 0 34 3
2022-23 6 0 1 0 7 0
Jami 127 14 13 1 140 15
Faoliyatida jami 387 62 44 11 23 4 454 77
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Gana 2010 2 0
2011 1 0
2012 7 2
2013 0 0
2014 11 3
2015 14 5
2016 7 1
2017 8 1
2018 1 2
2019 10 3
2020 4 0
2021 8 1
2022 8 1
Jami 81 19
Ayew Marseille jamoasi bilan 2011-yilgi Chempionlar kubogidagi gʻalabasini nishonlamoqda

Marseille

  • Liga 1 : 2009-10
  • Kupe de la Liga : 2009-10, 2010-11, 2011-12
  • Chempionlar kubogi : 2010, 2011

Individual

  • „Crystal Palace“ning eng yaxshi futbolchisi : 2019-20[31]
  • Gananing eng yaxshi futbolchisi : 2020[32]
  1. „2014 FIFA World Cup Brazil: List of Players: Ghana“. FIFA (2014-yil 14-iyul). 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-avgust.
  2. „Jordan Ayew: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2019-yil 26-avgust.
  3. „Fiche joueur Jordan Ayew“. Olympique de Marseille. 2015-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-oktyabr.
  4. „Jordan Ayew Officiellement Sochalien“. FC Sochaux-Montbéliard (2014-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 6-yanvar.
  5. „Jordan Ayew FC Lorient decision“. BBC Sport (2014-yil 29-iyul). Qaraldi: 2014-yil 29-iyul.
  6. „Breaking news: Villa sign Ayew“. Aston Villa. 2015-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  7. „Aston Villa bid for Lorient's Jordan Ayew accepted, according to Sky sources“. SkySports (2015-yil 24-iyul). Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  8. „Aston Villa 1–2 Swansea City“. BBC Sport. Qaraldi: 2015-yil 10-noyabr.
  9. „Jordan Ayew: Swansea sign Aston Villa forward in Neil Taylor swap deal“. BBC Sport (2017-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 4-fevral.
  10. „Andre Ayew: Swansea City re-sign Ghana forward from West Ham“. BBC Sport (2018-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 2-fevral.
  11. „Jordan Ayew Joins Crystal Palace“. Crystal Palace F.C. (2018-yil 9-avgust). Qaraldi: 2018-yil 9-avgust.
  12. „Jordan Ayew joins Palace on three-year deal“. Crystal Palace F.C. (2019-yil 25-iyul). Qaraldi: 2019-yil 30-iyul.
  13. „Crystal Palace manager Roy Hodgson hailed a "heroic victory" after his side stunned Manchester United with an injury-time winner to record their first victory at Old Trafford since 1989.“. BBC (2019-yil 24-avgust). Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
  14. „Jordan Ayew's last-minute solo goal sees Crystal Palace sink West Ham“. The Guardian (2019-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
  15. „Jordan Ayew makes bold statement with sensational solo strike against West Ham“. Goal (2019-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
  16. „Ayew recognised for impressive Crystal Palace season with three awards“ (en). Evening Standard (2020-yil 28-iyul). Qaraldi: 2020-yil 2-avgust.
  17. „Premier League Player Stats - Goals“ (en). www.premierleague.com. Qaraldi: 2020-yil 2-avgust.
  18. „Palace confirm contract extensions with four senior first-team players - News“ (en-GB). Crystal Palace F.C.. Qaraldi: 2022-yil 9-iyun.
  19. „Ghana beats Swaziland 3–0 in 2012 qualifier“. Ghana Football Association (2010-yil 5-sentyabr). 2010-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.
  20. K.N.S Mensah. „Olympique de Marseille's Jordan Ayew Yearns For More With Ghana“. Goal.com (2010-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.
  21. „Ghana 7–0 Lesotho (2014 FIFA World Cup Qualifiers)“. Fédération Internationale de Football Association (FIFA) (2012-yil 1-iyun). 2012-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.
  22. Mensah. „Ghana announce 25-man squad for 2012 Africa Cup of Nations“. Goal.com (2011-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.
  23. „Ghana wins final World Cup warmup“. ESPNFC (2014-yil 9-iyun). Qaraldi: 2014-yil 9-iyun.
  24. Mensah. „Ghana 4–0 South Korea: J. Ayew's hat-trick inspires confidence ahead of World Cup“. Goal.com (2014-yil 10-iyun). Qaraldi: 2014-yil 9-iyun.
  25. „Jordan Ayew joins up with Ghana squad for Afcon 2021 - News“ (en-GB). Crystal Palace F.C.. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
  26. „‘We weren’t good enough’ – Jordan Ayew admits after AFCON 2021 exit“ (en-US). Citi Sports Online (2022-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
  27. „Andre, Jordan Ayew lose grandfather“ (en). GhanaWeb (2016-yil 4-fevral). Qaraldi: 2021-yil 30-sentyabr.
  28. „Ghana stars Andre, Jordan Ayew lose grandfather“ (en). GhanaSoccernet (2016-yil 4-fevral). Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  29. „Picture: Jordan & Andre Ayew pictured in Muslim prayers“. ghanasoccernet.com (2013-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 4-aprel.
  30. Candy. „Jordan Ayew Finally Flaunts wife Denise & adorable kids to mark X'mas“. GH Splash (2018-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 11-yanvar.
  31. „Ayew named Crystal Palace F.C. Player of the Season for 2019/20“. Crystal Palace F.C. (2020-yil 28-iyul). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  32. „Jordan Ayew on SWAG best player award, life at Crystal Palace, C.K Akonnor and Ghana vs Qatar: Transcript“. www.ghanafa.org. Ghana Football Association. Qaraldi: 2020-yil 13-noyabr.