Kabel
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kabel (gollandcha kabel — arqon, tros) — germetik himoyalangan qobiq ichiga joylashtirilgan bir yoki bir necha izolyasiyalangan simlardan iborat material. Kuch, aloqa va radiochastota K.lari, nazorat (tekshirish), oʻlchash K.i. va b. xillari bor. Bulardan tashqari, gaz va moy toʻldirilgan K. ham boʻladi. K. koʻpincha mis yoki alyuminiydan, kamdankam poʻlat-mis va poʻlat-alyuminiydan tayyorlanadi. Vazifasiga koʻra, bir yoki koʻp simli, doyra va shakldor boʻladi. Izolyasiyalashda maxsus qogʻoz, rezina, plastmassa va b. ishlatiladi. Simlarni nam va kimyoviy moddalar taʼsiridan himoya qiluvchi qobiq qoʻrgʻoshin, alyuminiy, plastmassa yoki rezinadan tayyorlanadi. K.ni mexanik taʼsirlar, korroziyalardan saqlash uchun ularga poʻlat lentalar yoki sim (zir\) lar oʻraladi va ularning ustidan plastmassa yoki qogʻoz lenta, jut va bitumlar qoplanadi.
Kuch K.i bilan elektr energiyasi uzatiladi va taqsimlanadi; 1, 2, 3 (koʻp tarqalgani) va 4 simli boʻladi. Bunday K. ning tok oʻtkazadigan simlari mis yoki alyuminiydan tayyorlanib, sirti moykanifol modda yoki mineral moy shimdirilgan K. qogʻozi, rezina yoxud plastmassa bilan qoplanadi. Odatda, kuch K.ining qobigʻi qoʻrgʻoshin, alyuminiy yoki plastmassadan koplanadi, qobiqusti esa K. ipi va metall zirh bilan oʻraladi. Harakatlanuvchi obyektlar (parmalash mashinasi, ekskavator, koʻtargichlar) ga elektr energiya keltiriladigan K. egiluvchan qobiqlar bilan qoplanadi.
Aloqa K.i simli aloqada ishlatiladi. Tuzilishiga koʻra, simmetrik va koaksial K., chastotalar spektri boʻyicha past chastotali (10 kGs) va yuqori chastotali (10 kGs dan yukrri) xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, vdaharlararo aloqa K.i va mahalliy (shahar va qishloq ichidagi st-yadan boshqariladigan, shaxta ichida va b.), yer osti (zovurga yoki K. kanalizatsiyasi inshootiga yotqiziladigan), xavodan tayanchlar orqali va suv ostidan (dare, dengiz va okean tublariga joylashtirib) oʻtkaziladigan xillari bor. Aloqa K.i telefon va telegraf aloqada, televideniye va b.da qoʻllanadi.
Radiochastota K.i bilan radio va videosignallar uzatiladi. Radiochastotali koaksial K., radiochastotali simmetrik K., spiral K. (spiralsimon ichki utkazgichli koaksial) xillarga bulinadi. Radiochastota K.i orqali uzatiladigan signal chastotalari YukGs dan YugGs gacha boradi. Radiochastota K.i radiotexnik va elektron apparaturalarning elementlarini uzaro tutashtirishda, bu apparaturalarni uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalarga ulashda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |