Komiklik
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Komiklik (yun. komikos — quvnoq, kulgili, komos — Yunonistonda uzumchilik va vinochilik xudosi Dionis sharafiga utkaziladigan bayramda odatdagidan boshqacha kiyimda qatnashgan quvnoq odamlar) — estetika tushunchasi. Kulgililikni anglatadi. Kelib chiqishi xalq kulgili oʻyinlariga borib tarqaladi. Muayyan ijtimoiy hodisaning, kishilar xulq-atvorlari va odatlarining obyektiv haqiqat holga va estetik idealga nisbatan vujudga kelgan nomuvofiqligini kulgi shaklida ifodalaydi. K. turlicha koʻrinishda yangilik bilan eskilikning, mazmun bilan shaklning, maqsad va vositalarning, amal va vaziyatning, insonning real mohiyati va uning oʻzi haqidagi fikrining nomuvofikligida yuz berishi mumkin. Madaniyatning rivojlana borish jarayonida K. turlari — oʻtkir kinoya, hazil, hajv ajralib chiqsi. Voqelik ziddiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi K. uchun karikatura (hajv), grotesk (mubolagʻa) alomatlari muhim oʻrin tutadi. Komediya janri K.ka asoslanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |