Måneskin
Måneskin | |
---|---|
Måneskin 2018-yilda; chapdan oʻngga: Ethan Torchio, Victoria De Angelis, Damiano David va Thomas Raggi | |
Umumiy maʼlumot | |
Janrlar | |
Faoliyat yillari | 2016-hozirgacha |
Veb-sayt | maneskin.it |
Måneskin (talaffuzi: Moneskin[1] tarjimasi: Oy nuri) — 2016-yilda Rimda tashkil qilingan italyan rok guruhi. Guruh vokalchi Damiano David, baschi Victoria De Angelis, gitarachi Thomas Raggi va barabanchi Ethan Torchiodan iborat[2]. Guruh dastlab koʻchalarda chiqish qilib, 2017-yilda Italiyaning X Factor isteʼdodlar shousining oʻn birinchi mavsumida ikkinchi oʻrinni egallaganidan keyin mashhurlikka erishdilar. To‘rtlik Zitti e buoni qo‘shig‘i bilan Eurovision qo‘shiq tanlovi 2021 da g‘olib bo‘lganidan kegin xalqaro muvaffaqiyatga erishganlar.
Guruh Il ballo della vita (2018) va Teatro d’ira: Vol. I (2021) nomli ikkita studiya albomini chiqaran. Shuningdek, ular Italiya va Yevropa musiqa chartlarida birinchi oʻrinni egallagan bitta mini albom va oʻnta singl chiqardilar. Ular FIMI tashkilotidan 34 ta platina va 7 ta oltin sertifikatlarini[3] qoʻlga kiritgan va Eurovision dan keyingi yutuqlaridan oldin Italiyada bir milliondan ortiq qoʻshiqlarni sotishgan[4]. Oʻsha paytgacha ularning faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli italyan singli Torna a casa edi. 2021-yilda Måneskin guruhining Zitti e buoni, I Wanna Be Your Slave va The Four Seasons, Beggin qoʻshiqlari bilan UK Singles Charts xitparadining top 10 taligiga kirgan birinchi italyan rok guruhiga aylangan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-2016: Shakllanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aʼzolar Damiano David, Viktoria De Angelis va Thomas Raggi birinchi marta Rimdagi oʻrta maktabdA oqib yurgan paytlarida bir-biri bilan tanishishgan. Frosinone shahridan boʻlgan Ethan Torchio esa Facebookdagi „Barabanchi kerak“ sarlavhali reklamasi orqali ularga qoʻshilgan[5][6][7]. Guruhning kelib chiqishi 2015-yilga toʻgʻri kelishi mumkin boʻlsa-da[7][8], 2016-yilda rivojlanayotgan guruhlar uchun mahalliy musiqa tanlovi Pulse uchun guruh roʻyxatdan oʻtishga qaror qilishib guruh uchun nom tanlashlari kerak boʻlganida rasman tashkil qilingan[8][9][10]. Guruh nomi haqida bahs ketayotganida aʼzolar yarim daniyalik De Angelisdan dancha soʻzlar aytishini soʻrashagn va ular Måneskin („oy nuri“) nomiga toʻxtalishgan[11]. Pulse tanlovi ham ularning faoliyatida burilish nuqtasi boʻlgan. Musobaqa ularni Felt musiqa klubi va maktabida 200-300 kishi oldida chiqish qilishga olib kelgan va ular sovrinni qoʻlga kiritishgan[8][12].
Keyinchalik ular Rimning Colli Portuensi tumani koʻchalarida, shuningdek, Rimning tarixiy markazlarida, shu jumladan Via del Korso koʻchasida buskers sifatida namoyishlar qilishgan. Ularning oʻz shaharlari tashqarisidagi birinchi jonli konsertlaridan biri Faenza shahrida, 2016-yildagi 2016 Meeting of Independent Record Labels da boʻlib uchrashuvda boʻlib oʻtgan. Tadbirga 30 ga yaqin kishi tashrif buyurgan[13].
Musiqiy uslubi va taʼsirlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Damiano Davidning soʻzlariga koʻra, guruh „oʻtmish musiqasining zamonaviy tarjimasi“[14]. Måneskin musiqasi pop-rok[15], alternativ rok, glem-rok va Xard-rok sifatida tasniflangan. Ularning musiqiy uslublari birinchi studiyaviy albomidagi <i>Zitti e buoni</i> qoʻshigʻida koʻrsatilganidek fank taʼsirli pop-rok tovushidan[16], ikkinchi studiyaviy albomidagi hard-rokga oʻzgargan[17][18]. Ularning tashqi koʻrinishi va ovozi 70-yillarning rok musiqasi bilan taqqoslanadi. Guruh aʼzolari Led Zeppelin, Fleetwood Mac, Nirvana, Perry Farrell, Radiohead[19], Franz Ferdinand, David Bowie, Aerosmith, Black Sabbath, Gentle Giant, The Rolling Stones, The Doors[14], Arctic Monkeys[20], Red Hot Chili Peppers, Harry Styles, Bruno Mars[21], R.E.M. va italyan rok guruhlari Marlene Kuntz, Verdena va Afterhours[22] kabi turli xil musiqachilardan ilhomlanadi.
Guruh aʼzolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Damiano David — vokalchi (2016 — hozirgi kungacha)
- Victoria De Angelis — baschi (2016 — hozirgi kungacha)
- Thomas Raggi — gitarachi (2016 — hozirgi kungacha)
- Ethan Torchio — barabanchi (2016 — hozirgi kungacha)
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Il ballo della vita (2018)
- Teatro d’ira: Vol. I (2021)
- Rush! (2023)
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Rol | Izohlar | Mnb. |
---|---|---|---|---|
2018 | This is Måneskin | Oʻzlari | Hujjatli film | [23] |
Yil | Nomi | Rol | Izohlar | Mnb. |
---|---|---|---|---|
2017 | X Factor | Musobaqa ishtirokchilari | Ikkinchi oʻrin (11-mavsum) | |
2022 | Saturday Night Live | Oʻzlari | Epizod: „ Uill Forte /Måneskin“ |
Yil | Mukofot | Kategoriya | Ishi | Natija |
---|---|---|---|---|
2022 | Brit Awards[24] | Xalqaro guruh | This is Måneskin | Nominatsiya |
Yilning xalqaro qoʻshiqgʻi | I Wanna Be Your Slave | Nominatsiya | ||
Premios Odeón[25] | Xalqaro eng yaxshi, yangi qoʻshiqchi | This is Måneskin | Gʻolib | |
iHeartRadio Music Awards[26] | Eng yaxshi yangi pop qoʻshiqchi | Nominatsiya | ||
Dunyodagi eng yaxshi guruh | Gʻolib | |||
Yilning eng yaxshi TikTok trendi | Begginʼ | Nominatsiya | ||
NME Awards[27] | Dunyodagi eng yaxshi guruh | This is Måneskin | Nominatsiya | |
Billboard Music Awards[28] | Top rok qoʻshiqchi | Nominatsiya | ||
Top rok musiqa | Begginʼ | Gʻolib | ||
Swiss Music Awards[29] | Eng yaxshi xalqaro guruh | This is Måneskin | Nominatsiya | |
- | Nominatsiya | |||
Žebřík Music Awards[30][31] | Eng yaxshi xalqaro kashfiyot | Gʻolib | ||
Eng yaxshi alternativ | This is Måneskin, Rock for People Hope | Gʻolib | ||
MTV Video Music Awards[32] | Eng yaxshi yangi qoʻshiqchi | This is Måneskin | Nominatsiya | |
Eng yaxshi alternativ | I Wanna Be Your Slave | Gʻolib | ||
Yil guruhi | This is Måneskin | Nominatsiya | ||
TIM Music Awards[33] | Barcha yutuqlari uchun maxsus mukofot | This is Måneskin | Gʻolib |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „måneskin“ (da). Den Danske Ordbog. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-yanvar.
- ↑ „Biografia Måneskin“ (Italian). Rolling Stone. 2019-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
- ↑ Antonella Catena. „I Maneskin i più ascoltati al mondo! Dischi d'oro e concerti già esauriti“ (it). Amica (2021-yil 15-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
- ↑ Scarlett Conlon. „"We Are Just Four Friends Doing What We Love": Eurovision Breakout Star Måneskin's Damiano David Plans On Staying Humble“. Vogue (2021-yil 3-iyun). Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
- ↑ Sonia Montrella. „Tutto quello che c'è da sapere sui Maneskin“ (it). Agenzia Giornalistica Italia (2017-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
- ↑ Mastrantonio, Luca. „Perché i Måneskin fanno ballare anche le mamme delle fan“ (it). Corriere della Sera (2018-yil 29-mart). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
- ↑ 7,0 7,1 Povoledo, Elisabetta. „They Won Eurovision. Can They Conquer the World?“. The New York Times (2021-yil 16-iyun). 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Paolo Giordano. „Ehi ragà, seguite voi stessi“ (Italian). Corriere della Sera. La Lettura (2017-yil 31-dekabr). 2019-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
- ↑ „Maneskin“ (Italian). Sky Italia (2017-yil 19-oktyabr). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
- ↑ Alessandra Paolini. „Ciclone Maneskin, il rock è coatto: Semo de Roma“ (Italian). la Repubblica (2017-yil 26-noyabr). 2019-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
- ↑ „Si dice Maneskin, non Moleskine!: origine e significato del nome della band“ (Italian). Sky Italia (2017-yil 12-dekabr). 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
- ↑ Jessica Chia. „Måneskin, gli altri vincitori di X Factor“ (Italian). Corriere della Sera (2017-yil 31-dekabr). 2021-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
- ↑ „I Måneskin a Faenza sul palco del Mei: Suonarono di fronte a non più di 30 persone“ (Italian). Ravenna Today (2018-yil 10-yanvar). 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
- ↑ 14,0 14,1 „Eurovision 2021: qui est Måneskin, le groupe de rock qui a remporté le concours?“ (Italian). Le Figaro (2021-yil 25-may). 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-may. „Notre groupe est une translation de la musique du passé dans la modernité. Il y a tant de groupes, mais peu qui restent. Comme inspirations esthétiques, nous avons à l'esprit les Rolling Stones, les Doors“.
- ↑ Scarpone. „Måneskin's "Zitti e buoni" Lyrics are a Manifesto for Those Who Want to Treasure Their Uniqueness“. Wiwibloggs (2021-yil 2-mart). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-may.
- ↑ Gianni Sibilla. „Il debutto dei Maneskin sulla lunga distanza: "Il ballo della vita"“ (it). Rockol.it (2018-yil 25-oktyabr). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-may.
- ↑ „Zitti e buoni: i Maneskin suonano davvero. E fanno sul serio.“ (it). Rockol.it (2021-yil 19-mart). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-may.
- ↑ Marshall, Alex; Vincentelli, Elisabeth. „Italy Wins 2020 Eurovision Song Contest“. The New York Times (2020-yil 22-may). 2021-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-may.
- ↑ Mattia Marzi. „Ecco cosa hanno fatto i Maneskin a Londra“ (it). Rockol (2020-yil 30-oktyabr). 2020-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-may.
- ↑ „Maneskin: Meet the Eurovision 2021 favourites representing Italy“ (en). The Independent (2021-yil 22-may). Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
- ↑ „Måneskin: 10 facts about Italy's Eurovision 2021 group“. Wiwibloggs (2021-yil 14-aprel). Qaraldi: 2021-yil 28-may.
- ↑ Angelica Frey. „Eurovision winners Måneskin: 'Cocaine? Damiano barely drinks beer!'“. The Guardian (2021-yil 10-iyun). Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.
- ↑ „Måneskin, arriva nei cinema un documentario che racconta il primo album della band“ (Italian). Rolling Stone (2018-yil 3-oktyabr). 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
- ↑ „Brit Awards 2022: Full list of nominees“ (en-GB). BBC News (2021-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 18-dekabr.
- ↑ eurofestival. „Måneskin, ancora un trionfo: "Best international new artist" ai Premios Odeón“ (it-IT) (2022-yil 16-mart). Qaraldi: 2022-yil 19-mart.
- ↑ „2022 iHeartRadio Music Awards: See The Full List of Nominees“ (en). iHeart. Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
- ↑ „BandLab NME Awards 2022: Full list of nominations revealed“ (en-GB). NME (2022-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
- ↑ Mulroy. „2022 Billboard Music Awards: See a full list of finalists“. Today (2022-yil 8-aprel). 2022-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
- ↑ „Resi noti gli artisti nominati agli Swiss Music Awards“ (it). Ticinonline (2022-yil 12-aprel). Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.
- ↑ iReport.cz. „Zahraniční nominační tipy Žebříku (III.): O Skladbu roku bojují Måneskin, Billie Eilish i Adele, o videoklip Iron Maiden nebo Coldplay“ (cs). iREPORT – music&style magazine. Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
- ↑ „Výsledky – Anketa Žebřík“ (cs). Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
- ↑ „Your 2022 VMA Nominations Are Here: Jack Harlow, Kendrick Lamar, Lil Nas X Lead The Pack“ (en). MTV. 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-sentyabr.
- ↑ „TIM Music Awards premiati“ (it). All Music Italia. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (italyancha)