Kontent qismiga oʻtish

Martin Luther

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Martin Luther
Tavalludi 10-noyabr 1483[1]
Vafoti 18-fevral 1546
Otasi Hans Luther
Onasi Margarethe Luther
Tomus secundus omnium operum, 1562

Lyuter Martin (nemischa: Martin Luther ; 1483.10.11 — Eysleben — 1546.18.2) — Germaniyadagi Reformatsiya arbobi, lyuterchilik asoschisi. Erfurt universitetini tugatgan (1505). 1508-yildan Vittenberg universitetida dars bergan. Germaniyada katolik cherkoviga qarshi ijtimoiy harakat kuchaygan sharoitda Luther 95 tezisi bilan indulgensiyaga qarshi chikdi. Katolik cherkovining asosiy aqidalarini inkor etuvchi bu tezislar uning yangi diniy taʼlimotining mohiyatini tashkil kildi. Luther oʻzining yangi qoidalari bilan cherkov va ruhoniylarning jamiyatdagi hukmron mavqeini inkor etib, "ruhni xalos etish"ning yagona yoʻli bevosita xudo ato etgan xristian diniga eʼtiqod qilishdir, deb uktirgan. Bibliyani nemis tiliga tarjima qilgan va shu bilan umum nemis adabiy tili normalarini qaror toptirgan. Luther asarlarining toʻla nashri nemis tilida (67 jildda), lotin tilida (38 jildda) chop etilgan[2].

  1. — С. 82.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil