Naxlaga hujum
Naxlaga hujum | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Abdulloh ibn Jahsh | Amr al-Hadramiy | ||||||
Kuchlar | |||||||
8–12 | 4 |
Naxlaga bosqin[1][2] (arabcha: سرِيَّة نَخْلَة) Islom paygʻambari Muhammadning sahobalari tomonidan rejalashtirilmasdan turib amalga oshirilgan bosqin boʻlib, makkaliklarga qarshi birinchi muvaffaqiyatli yurish hisoblanadi. Ushbu yurish hozirgi Saudiya Arabistonining Hijoz mintaqasidagi Naxla shahriga qarata amalga oshirilgan. Hijriy 2-yilning Rajab oyida (milodiy 623-yil oktyabr) sodir etilgan[3]. Yurishga Abdulloh ibn Jahsh al-Asadiy boshchilik qilgan[2]. Muhammad 12 nafar muhojirlarni 6 ta tuyada Naxlaga joʻnatgan[4][5].
Musulmonlar Naxla bosqinidan juda koʻp boyliklarni oʻzlariga oʻlja sifatida olib, Madinaga Muhammadning huzuriga olib kelishgan[6] Biroq bosqin qon toʻkish taqiqlangan muqaddas oyda sodir boʻlganligi sababli shahar aholisi bundan qattiq gʻazablangan. Muhammad esa musulmonlarga Qurayshga qarshi hujum qilishni buyurmaganini, uning izdoshlari tomonidan katta xato sodir etilganini aytib, ushbu voqeaga oid oyat nozil boʻlgunga qadar oʻljaning beshdan bir qismini olishdan bosh tortgan[7][8][9][10][11][12].
Tarixi va ishtirokchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Badrga birinchi yurish oldidan Muhammad Rajab oyida oʻzining qaynisi Abdulloh ibn Jahshni 12 kishi bilan birga maʼlumot yigʻish uchun yuborgan. Ushbu yurishda, shuningdek, Abu Huzayfa, Abdulloh ibn Jahsh, Ukkosha ibn al-Mihson, Utba ibn Gʻazvon, Saʼd ibn Abu Vaqqos, Amir ibn Rabi’a, Voqid ibn Abdulloh va Xolid ibn al-Bukayrlar ham ishtirok etgan[5][13]. Yurish oldidan Muhammad Ibn Jahshga bir maktub bergan, lekin uni 2 kun yoʻl yurmaguncha ochib oʻqimasligini, 2 kundan keyin esa maktubda koʻrsatilgan topshiriqni hamrohlariga bosim oʻtkazmasdan bajarishini tayinlagan. Abdulloh ikki kun yoʻl yurgach, xatni ochib oʻqigan. Maktubda yozilishacha, Makka va Toif oʻrtasida joylashgan Naxla hududiga yetib borgunga qadar Quraysh ahlini poylab, ularning nima qilayotganini aniqlash buyurilgan edi[5].
Ibn Jahsh sahobalariga shahidlikni tanlaganlar unga qoʻshilishlari mumkinligini, qolganlar esa ortga qaytishlari mumkinligini aytgan. Barcha sahobalar unga ergashishga rozi boʻlishgan (bir necha biografik mualliflar tomonidan ikki musulmon shahid boʻlmaslikka qaror qilib, Madinaga qaytishni afzal koʻrganliklarini yozadilar). Saʼd ibn Abu Vaqqos va Utba ibn Gʻazvon navbatma-navbat minib yurgan tuyalarini yoʻqotib qoʻyadilar. Tuya yoʻldan adashib, Buhronga joʻnaydi. Ular tuyaning ortidan qidirib, toʻda orqasiga tushib qolishgan[4][5].
Hujum
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Karvon rahbari Amr ibn al-Hadramiy;
- Maxzum qabilasidan Usmon ibn Abdulloh ibn al-Mugʻiyra;
- Navfal ibn Abdulloh ibn al-Mugira (Usmon ibn Abdullohning ukasi);
- Al-Hakam ibn Kayson (Hishom ibn al-Mugʻiyraning ozod qilingan quli).
Karvon Naxlada mayiz (quruq uzum), oziq-ovqat va boshqa mollarni koʻtarib oʻtadi. U yerda Abdulloh ibn Mugʻiyraning oʻgʻillari Amr ibn al-Hadramiy, Usmon va Navfal kabi koʻzga koʻringan mushriklar ham bor edi. Musulmonlar muqaddas oy hisoblanmish Rajab oyida ular bilan jang qilish joiz yoki yoʻqligi borasida oʻzaro maslahatlashadilar (Zulhijja, Zulqaʼda va Muharram oylari kabi Rajab oyida ham Arabistonda oʻsha paytdagi odat boʻyicha urush harakatlari toʻxtatilgan edi)[5].
Musulmonlardan Ukkosha ibn al-Mihson tashrifning asl maqsadini yashirish va Qurayshga kichikroq haj (Umra) safarini amalga oshirish uchun kelgandek koʻrsatish maqsadida sochini oldirgan, chunki bu oyda urush harom qilingan edi. Ukkoshaning sochi olinganini koʻrgan qurayshliklar bu guruh hajga ketyapti deb oʻylab, ularga unchalik eʼtibor berishmaydi va qarorgoh qurishga kirishadi[13]. Musulmon olimi Safiur Rahmon Muborakpuriyning fikricha, islom taqvimining 1, 7, 11 va 12-oylari urush qilish taʼqiqlangan muqaddas oylar hisoblangan[4].
Rajab oyi boʻlishiga qaramay, musulmonlar guruhi bu boy karvonning qochib ketishini istamaydi. Abdulloh ibn Jahsh hamrohlariga yuzlanib, boy Quraysh karvonini oʻtkazib yubormaslik haqida gapiradi. Uzoq ikkilanishlardan soʻng musulmonlar hujumga oʻtishga va raqibning mollarini olishga qaror qilishadi[2].
Qurayshliklar oʻzlariga taom tayyorlash bilan band boʻlganlarida, musulmonlar ularga qarshi hujumga oʻtadilar[14]. Orada boʻlib oʻtgan qisqa jangda Voqid ibn Abdulloh Quraysh karvoni boshligʻi Amr ibn Hadramiyga qarata oʻq uzadi va uni oʻldiradi. Musulmonlar ikki Quraysh qabilasini aʼzolari Usmon ibn Abdulloh va al-Hakam ibn Kaysonni asirga oladilar[2]. Navfal ibn Abdulloh esa qochishga muvaffaq boʻladi. Abdulloh ibn Jahsh oʻljalar va qoʻlga olingan Quraysh qabilasining ikki aʼzosi bilan Madinaga qaytib keladi. Ular qoʻlga kiritilgan oʻljaning beshdan bir qismini Muhammadga berishni rejalashtiradilar[13].
Oqibati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musulmonlar bosqindan juda koʻp oʻlja orttirib, Madinaga Muhammadning huzuriga olib kelishgan[6]. Ammo bosqin oʻsha vaqtda qon toʻkish taqiqlangan muqaddas oyda amalga oshirilganligi sababli shahar aholisining gʻazabiga sabab boʻlgan. Biroq Muhammad safdoshlariga bunday topshiriq bermaganligini, bu yerda xatoga yoʻl qoʻyilganligini aytib, ushbu voqeaga doir oyat nozil boʻlmagunga qadar Muhammad keltirilgan mol-mulkning beshdan bir qismini olishdan bosh tortgan[7][8][9][10][11][12].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Al-Mubarakpuri, Safiur Rahman. When the Moon Split. Darussalam, 2002 — 148-bet. ISBN 978-9-9608-9728-8.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Haykal, Muhammad Husayn. The Life of Muhammad. Islamic Book Trust, 1976 — 218–227-bet. ISBN 978-983-9154-17-7. Haykal, Muhammad Husayn (1976). The Life of Muhammad. Islamic Book Trust. pp. 218–227. ISBN 978-983-9154-17-7.
- ↑ Hamidullah, Muhammad (February 1969). "The Nasiʾ, the Hijrah calendar and the need of preparing a new concordance for the Hijrah and Gregorian eras". Islamic Review (London) 57 (2): 6. Archived from the original on 2020-02-15. https://web.archive.org/web/20200215084611/http://aaiil.org/text/articles/islamicreview/1969/02feb/islamicreview_196902.pdf. Qaraldi: 2020-02-06.Naxlaga hujum]]
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Al-Mubarakpuri, Safiur Rahman. The Sealed Nectar (Free Version). Independently Published, 6 October 2020 — 126–130-bet. ISBN 9798694145923. Al-Mubarakpuri, Safiur Rahman (6 October 2020). The Sealed Nectar (Free Version). Independently Published. pp. 126–130. ISBN 9798694145923.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Al-Mubarakpuri, Safiur Rahman. The sealed nectar: biography of the Noble Prophet. Darussalam Publications, 2005 — 245–246-bet. ISBN 978-9960-899-55-8. Al-Mubarakpuri, Safiur Rahman (2005). The sealed nectar: biography of the Noble Prophet. Darussalam Publications. pp. 245–246. ISBN 978-9960-899-55-8.
- ↑ 6,0 6,1 Buhl & Welch 1993.
- ↑ 7,0 7,1 Karsh 2013.
- ↑ 8,0 8,1 Rodgers 2017.
- ↑ 9,0 9,1 Gabriel 2014.
- ↑ 10,0 10,1 Rodinson 2021.
- ↑ 11,0 11,1 Peterson 2007.
- ↑ 12,0 12,1 Watt 1956.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 Muhammad Saed Abdul-Rahman. Tafsir Ibn Kathir Juz' 2 (Part 2): Al-Baqarah 142 to Al-Baqarah 252, 2, MSA Publication Limited, 2009 — 182–187-bet. ISBN 978-1-8617-9676-9. Muhammad Saed Abdul-Rahman (2009). Tafsir Ibn Kathir Juz' 2 (Part 2): Al-Baqarah 142 to Al-Baqarah 252 (2 ed.). MSA Publication Limited. pp. 182–187. ISBN 978-1-8617-9676-9. online
- ↑ Sir William Muir, The Life of Mahomet and History of Islam, to the Era of the Hegira …, Volume 3, p. 72, Oxford University, Smith, Elder, 1861.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Buhl, F.; Welch, A.T. (1993). "Muḥammad". Encyclopaedia of Islam. 7 (2nd nashri). Brill. ISBN 978-90-04-09419-2. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/muhammad-COM_0780.
- Watt, William Montgomery. Muhammad at Medina (en). Clarendon Press, 1956.
- Peterson, Daniel. Muhammad, Prophet of God. Wm. B. Eerdmans Publishing Company, 2007. ISBN 978-0-8028-0754-0.
- Rodgers, Russ. The Generalship of Muhammad: Battles and Campaigns of the Prophet of Allah (en). University Press of Florida, 2017. ISBN 978-0-8130-5459-9.
- Rodinson, Maxime. Muhammad (en). New York Review of Books, 2021-03-02. ISBN 978-1-68137-493-2.
- Gabriel, Richard A.. Muhammad: Islam's First Great General (en). University of Oklahoma Press, 2014-10-22. ISBN 978-0-8061-8250-6.
- Karsh, Efraim. Islamic Imperialism: A History (en). Yale University Press, 2013-09-24 — 14-bet. ISBN 978-0-300-20133-8.