Nie Haisheng
Nie Haisheng | |
---|---|
Tavalludi | 1964-yil 13-oktyabr (58 yosh) Zaoyang, Xubey, Xitoy |
Fuqaroligi | Xitoy |
Kasbi | PLAAF qiruvchi uchuvchisi, navigatsiya direktori |
Millati | Xitoy |
Kosmik karyera | |
Oldingi kasb |
PLAAC Taikonavti va qo'mondoni |
Daraja | General-mayor, PLASSF |
Kosmosdagi vaqt |
111 kun 14 soat 12 daqiqa |
Tanlash | Xitoy 1-guruh |
Jami EVAs |
1 |
Jami EVA vaqti |
5 soat 55 daqiqa |
Missiyalar | Shenchjou 6, Shenchjou 10, Shenchjou 12 |
Nie Haisheng (talaffuzi: Nie Haisheng 1964-yil 13-oktabrda tugʻilgan[1]) — Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi Strategik Yordam Kuchlarining (PLASSF) general -mayori, fazogir sifatida faol xizmatda va PLA Astronavtlar Korpusining (PLAAC) uchinchi qoʻmondoni (boʻlinma boshligʻi). U PLA havo kuchlari qiruvchi uchuvchisi va navigatsiya direktori sifatida xizmat qilgan.
Nie Shenzhou 6 da uchdi va Shenzhou 10 va Shenzhou 12 missiyalarida qoʻmondon boʻlib xizmat qildi. 2021-yilda 111 kunlik koinotda u xitoylik astronavtning koinotda eng uzoq qolishi boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi va uch marta uchgan ikki xitoylik astronavtdan biri hisoblanadi[2].
Harbiy havo kuchlari martabasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nie 1964-yil 8-sentyabrda[3][4] Xubey provinsiyasi, Sianyan shahri, Zaoyang okrugining Yangdang shahrida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, u 1983-yil iyun oyida Xalq Ozodlik Armiyasi Harbiy-havo kuchlariga qoʻshildi va qiruvchi uchuvchi boʻldi. U PLAAFning 7-raqamli uchish maktabida tahsil olgan va 1987-yilda uni tamomlagan[5].
1989-yil 12-iyunda uning samolyoti 13000 fut (4000 m) balandlikda uchayotganda portlash sodir boʻldi va dvigatel shikastlandi. Samolyot yerga qulay boshladi, yerga 400-500 metr qolganda Nie katapulta orqali sakrab omon qodi. Bu jasorati uchun uchinchi darajali mukofot bilan taqdirlangan.
Astronavtlar korpusi martabasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1998-yil yanvar oyida u Xitoyning kosmik parvozlar dasturi uchun tanlangan. Nie Xitoyning birinchi boshqariladigan kosmik parvozi boʻlgan Shenzhou 5 parvoziga tayyorgarlik koʻrish uchun yakuniy guruhning bir qismi boʻlgan uchta nomzoddan biri edi.
Nie Fei Junlong (qoʻmondon) bilan birga 2005-yil 12-oktyabrda Shenzhou 6 parvozining bort muhandisi sifatida orbitaga chiqdi. Missiya besh kundan ozroq davom etdi.
U Shenzhou 9 missiyasi uchun zaxira ekipaj komandiri etib saylandi[6]. 2013-yilda Nie Xitoyning Tiangong 1 prototipi kosmik stantsiyasiga Shenzhou 10 kosmik missiyasini boshqarish uchun tanlangan[7]. U Shenzhou 10 missiyasi ishga tushirilganda bosh unvonga sazovvor boʻldi, yaʼni ofitser etib tayinlandi[8].
Shaxsiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nie uylangan, bir nafar qizi bor. U Shenzhou 6 missiyasi davomida oʻzining 41 yoshini kosmosda nishonlagan.
Asteroid 9517 Niehaisheng uning sharafiga nomlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Road to the space: stories of Niè Hǎishèng“. PLA Daily (22-oktabr 2003-yil). 21-dekabr 2005-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- „Behind Every Successful Spaceship Launch is a Group of Women“. Women of China English Monthly (2004-yil yanvar). 1-yanvar 2005-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- „China Prepares for Shenzhou VI Space Flight 13 October - Agency“. China News Service (24-sentabr 2005-yil). 4-yanvar 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- Niè Hǎishèng at the Encyclopedia Astronautica. Accessed 22 July 2005.
- Spacefacts biography of Nie Haisheng
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Taikonaut (yuhangyuan) Biography: Nie Haisheng“. spacefacts.de (10-fevral 2022-yil). Qaraldi: 20-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Chinese astronaut Nie Haisheng set for record-breaking space stay“.
- ↑ „Taikonaut Biography: Nie Haisheng“ (27-iyun 2018-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
- ↑ „Nie Haisheng“. 2016-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
- ↑ Jiang Wei (江巍). „Biographies of Shenzhou XII astronauts“. www.chinadaily.com.cnb (16-iyun 2021-yil). Qaraldi: 21-iyun 2021-yil.
- ↑ Morris Jones. „Shenzhou's Shadow Crew“. Space Daily (3-aprel 2013-yil).
- ↑ „Astronauts of Shenzhou-10 mission meet press“. Space Daily (11-iyun 2013-yil).
- ↑ „China's space dream crystallized with Shenzhou-10 launch“. SpaceDaily (16-iyun 2013-yil).