Oʻnta negr bolasi (televizion serial)
Oʻnta negr bolasi | |
---|---|
Title card | |
Janri | |
Qaysi asarga asoslangan |
Oʻnta negr bolasi –Agatha Christie |
Rejissyor | Craig Viveiros |
Ssenariynavis(lar) | Sarah Phelps |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Stuart Earl |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Til | inglizcha |
Qismlar soni | 3 |
Ishlab chiqarish | |
Ijrochi prodyuser(lar) |
|
Prodyuser(lar) | Abi Bach |
Kinematografiya | John Pardue |
Qism davomiyligi | 180 minut |
Studiya(lar) |
|
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | |
Translyatsiya davri | 26-dekabr, 2015-yil — 28-dekabr, 2015-yil |
Oʻnta negr bolasi — 2015-yilda efirga namoyish etilgan detektiv televizion serial. Uch qismdan iborat boʻlgan bu serial ingliz yozuvchisi Agatha Christiening 1939-yilda yozilgan „Oʻnta negr bolasi“ nomli romaniga asoslangan[1][2][3]. Bu televizion serial Sarah Phelps tomonidan qayta ishlangan va Craig Viveiros tomonidan suratga olingan. Filmda bir-biriga aloqasi boʻlmagan bir guruh begona kishilarning orolga taklif etilishi va oʻtmishdagi jinoyatlari sababli oʻldirilishi kuzatiladi. Ushbu film 6 milliondan ortiq tomoshabinga taqdim etilgan va film tanqidchilari tomonidan yuqori baholangan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1939-yil avgust oyining oxirgi issiq kunlarida sakkizta bir-biriga begona boʻlgan kishi „Oven va uning xotini“ tomonidan Angliyaning Devon shahri sohilidan uzoqroqda joylashgan kichik orolga taklif etiladi. Mehmonlar oroldagi uyda er-xotin xizmatkorlar Tomas va Ethel Rogerslar bilan uy egasi boʻlmagan payti birga yashashadi.
Kechki ovqat paytida ular markazdagi oʻnta kichkina abstrakt haykallarni koʻrishadi. Keyinchalik, Tomas Rogeers gramafonni yoqqanida undagi ovoz barcha mehmonlarni qotillikda ayblaydi[4]. Bundan koʻp oʻtmay, mehmonlarning biri zaharlanishdan vafot etadi, keyin ikkinchisi va uchinchilari ham. Har birining oʻldirilishi bilan bir vaqtda oʻz markazidan bir haykal olib tashlanadi. Qotil kimligi noaniq va qolgan odamlar vaqt ketmasdan oldin qotilning kimligini topishlari kerak boʻladi lekin topishning iloji boʻlmaydi. Shunday qilib, hammasi oʻldirilgandan keyin orolda hech kim qolmaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Plunkett, John. „David Walliams to star as BBC bags Agatha Christie drama deal“. The Guardian (2014-yil 28-fevral). Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
- ↑ Dowell, Ben. „David Walliams heralds new era for BBC as the new home of Agatha Christie adaptations“. Radio Times (2014-yil 28-fevral). Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
- ↑ „David Walliams to star in new Agatha Christie BBC drama“. Independent (2014-yil 28-fevral). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
- ↑ „Filming begins on Agatha Christie's And Then There Were None“. agathachristie.com. 2015-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻnta negr bolasi IMDbda
- Oʻnta negr bolasi seriali BBC Onlineda
- Oʻnta negr bolasi seriali Rotten Tomatoesda