Parij universiteti
fransuzcha: Université de Paris | |
Asos solingan sanasi | 1150-yil va 1896-yil |
---|
Parij universiteti, Sorbonna — Fransiyadagi yirik oʻquv va ilmiy markazlardan biri.1150-yili asos solingan. 1215-yil cherkov maktabi negizida vujudga kelib, Yevropada birinchi dunyoviy universitet hisoblangan. Dastlab sanʼat, huquq, ilohiyot, tibbiyot fakultetlari boʻlgan. 1257-yil Parijning Lotin kvartalida Sorbonna deb atalgan kollej tashkil etilgan (asoschisi — R.De Sorbon nomi bilan bogʻliq). 17-asrda Sorbonna kolleji bilan Parij universiteti qoʻshilib, ularning har ikki nomi aynan ishlatila boshladi. Parij universiteti oʻrta asrlarda va 17-asrga kadar Yevropada ilohiyot va yurisprudensiya sohasida yirik oʻquv yurti va ilmiy markaz hisoblangan. 1793-yil Konvent qaroriga muvofiq universitet yopildi va 1806-yilda kayta tiklandi. A.Lavuazye, L.Paster, P.Kyuri, J.B.Perren, P.Lanjeven kabi mashhur olimlar faoliyati Parij universiteti bilan bogʻliq. 1970-yillarda Parij universiteti kayta tu-zilib, 13 mustaqil universitet tashkil etildi. Universitet huquq va iqtisodiyot fanlari, tabiiy fanlar, adabiyot va ijtimoiy fanlar, tibbiyot, farmokologiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda bir kancha ilmiy tadqiqotlar institutlari, markazlar, oliy maktablar, kutubxonalar mavjud. Universitetda 250 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |