Rio-de-Janeyro (shtat)
| |||
Braziliya shtati | |||
---|---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Rio-de-Janeyro | ||
Aholi (2010) | 15 989 929 kishi | ||
Zichligi | 365,23 kishi./km² | ||
Maydoni | 43 780,2 km² (24-oʻrin) | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-3 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-RJ | ||
Rasmiy sayti | http://www.governo.rj.gov.br | ||
Xaritada | |||
22°54′0″S 43°12′0″W / 22.90000°S 43.20000°W |
Rio-de-janeyro — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shtat, Atlantika okeani soxilida. Maydoni 43,9 ming km2. Aholisi 15 989 929 kishi (2010), Maʼmuriy markazi — RiodeJaneyro. Yirik shaharlari: Niteroy, NovaIguasu, Kampus, Petropolis va boshqa Braziliya yassitogʻligining janubi-sharqida joylashgan. Iklimi tropik, nam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 20—26°, yillik yogin 1200– 1500 mm. Nam tropik oʻrmonlar bor.
R.deJ. Braziliyaning rivojlangan shtatlaridan. Neft, koks, choʻyan va poʻlat i.ch. boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinda. Yirik metallurgiya, sement, kimyo sanoati rivojlangan. Kemasozlik va kema taʼmirlash, toʻqimachilik, farmatsevtika, yogʻochsozlik korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi. Kofe va qand lavlagi, shuningdek, paxta, makkajoʻxori, sholi, tamaki, kakao, banan ekiladi. Vodiylarda goʻshtsut chorvachiligi va choʻchqachilik bilan shugʻullaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |