Shimoliy tinch okean oqimi
Qiyofa
Shimoliy tinch okean oqimi — Tinch okeanning iliq yuza oqimi, taxminan 35° va 42° shahrik.lar oraligʻida, Kurosio oqimining davomi. 150° shq.u.dan sharqqa Shimoliy Amerika qirgʻoqlariga tomon harakatlanadi. Suvining temperaturasi qishda 7—16°, yozda 18—23°. Tezligi 0,9—1,1 km/soat. Suv sarfi 15—35 mln. m³/sek. Tropik va moʻʼtadil mintaqa suvlari chegarasida joylashgan. Tinch okeanning sharqiy qismida shimolga yoʻnalgan Alyaska va janubga yoʻnalgan Kaliforniya oqimlariga ajraladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |