Sparta (davlat)
Sparta (qadimgi yunoncha: Σπάρτη, lotincha: Sparta) yoki Lakedemon (qadimgi yunoncha: Λακεδαίμων, lotincha: Lacedaemon) — Lakoniya (Peloponnes) dagi yunon shahar-davlati (polney); mil. av. 8—6-asrlarda Pelopponesning janubiy qismini bosib olgach, yirik davlatga aylangan. Rivoyatga koʻra, Spartadagi davlat tuzumiga Likurg (9—8-asrlar) tomonidan asos solingan. Spartiatlar (Spartaning toʻla huqukli fuqarolari) oʻzlariga biriktirib qoʻyilgan ilotlar bilan teng ravishda davlat yer boʻlaklariga egalik qilishgan, oʻzlari esa, asosan, harbiy ish bilan mashgʻul boʻlishgan. Hunarmandchilik va savdo perieklar qoʻlida boʻlgan. Sparta — oligarxik davlat tuzumiga ega polisning yuksak namunasi; davlat ishlari gerusiya, soʻngra eforlar kollegiyasi tomonidan hal etilgan. Afina va Sparta oʻrtasidagi raqobat 431—404-yillardagi Peloponnes urushiga olib kelgan[1]; Sparta unda gʻalaba qozonib Yunoniston ustidan oʻz hukmronligini oʻrnatgan. Mil. av. 4—3-asrlarda Spartada tovarpul munosabatlari taraqqiy etgan, bu mulkiy tabaqalanishni yanada kuchaytirgan. Sparta Fiva bilan Levktra (371) va Mantineya (362) yonida boʻlgan janglarda magʻlubiyatga uchragach, ikkinchi darajali davlatga aylanib qolgan. 146-yilda Rim tomonidan boʻysundirilgan, mil. av. 27-yilda Rimning Axayya provinsiyasi tarkibiga kirgan. Qadimgi Sparta oʻrnida hozirgi Gretsiyaning Sparta shahri joylashgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Cartledge, Paul (2002), Sparta and Lakonia: A Regional History 1300 to 362 BC (2-nashr), Oxford: Routledge, ISBN 0-415-26276-3
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Sparta (davlat) haqida turkum mavjud |
- GTP – Sparta
- GTP – Qadimgi Sparta
- Schrader, Helena P. „Sparta Reconsidered: An Introduction“ (inglizcha). The Spartans: Warrior Philosophers of the Ancient World. Elysium Gates (2001–2010). 2002-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- Papakyriakou-Anagnostou, Ellen „History of Sparta“ (inglizcha). Ancient Greek Cities (2000–2011). 2001-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-dekabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |