Tana vazni indeksi
Tana vazni indeksi(TVI) — inson boʻyi va vaznining mutanosib ekanini koʻrsatuvchi koʻrsatkichlardan biri[1]. TVI — Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan, 1997-yilda yurak qon-tomir tizimi kasalliklari rivojlanish xavfidan kelib chiqib, TVIning quyidagi tasnifini tavsiya qilgan[2]:
Tana vazni indeksi | Odam boʻyi va vaznining mutanosibligi |
---|---|
16—18,5 | Tana vazni yetishmasligi |
18,5—25 | Meʼyor |
25—30 | Tana vazni ortiqcha |
30—35 | 1-darajali semizlik |
35—40 | 2-darajali semizlik |
40 va undan yuqori | 3-darajali semizlik |
TVIning yurak qon-tomir tizimiga taʼsiri:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari rivojlanish xavfiga koʻra:
- TVI koʻrsatkichi < 18.5 boʻlsa, past (boshqa kasalliklar rivojlanishi mumkin);
- TVI koʻrsatkichi < 18.5—24.9 boʻlsa, odatdagidek;
- TVI koʻrsatkichi < 25.0—29.9 boʻlsa, baland;
- TVI koʻrsatkichi < 30.0—34.9 boʻlsa, yuqori;
- TVI koʻrsatkichi < 35.0—39.9 boʻlsa, juda yuqori;
- TVI koʻrsatkichi >= 40 boʻlsa, favqulotda yuqori sanaladi.
TVIni aniqlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buning uchun tana vaznining kilogrammdagi(kg) koʻrsatkichini, boʻy oʻlchamining kvadrat metriga(m²) boʻlish kerak. Masalan, vazni 75 kg boʻlgan, boʻyi esa 170 sm boʻlgan odamda TVIni aniqlaymiz[3]:
- TVI = 75 kg : (1.7)² = 25.9
Klinik ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tana vazni indeksi — yoshga, jinsga, mehnat va yashash sharoitiga qarab farq qilishi mumkin. Masalan, sportchilarga va koʻp harakatlilarga nisbatan, oʻtirib ishlaydigan insonlarda semizlikka moyillik yuqori boʻladi. Kam harakat qiluvchilarda immunitetning pasayishi, boshqa kasalliklarga moyillikni oshiradi. Bundan tashqari, yashash joyi, uning sharoiti, ekologik muhiti ham muhim hisoblanadi. Masalan qishloqlarda yashaydigan aholi oʻrtasida ortiqcha vazn koʻrsatkichlari, shahar aholisinikiga nisbatan sezilarli darajada past[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://mymedic.uz/salomatlik/tana-massasi-indeksi
- ↑ Ichki kasalliklar propediftikasi. ziyo.uz — 59-60-bet. Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
- ↑ https://my.gov.uz/oz/service/716
- ↑ Tana vazni indeksi. Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ichki kasalliklar propediftikasi. ziyo.uz — 59-60-bet. [sayt ishlamaydi].