Kontent qismiga oʻtish

Ultramikroskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ultramikroskop (ultra... va mikroskop) — oddiy mikroskop yordamida koʻrib boʻlmaydigan mayda zarralarni koʻrishga xizmat qiladigan optik asbob. U. koʻriladigan obyekt (zarralar)ni yoritish usuli bilan oddiy mikroskopdan farq qiladi. Oddiy mikroskoplarda qoʻllanadigan obyektni yoritib kuzatish usuli oʻrniga, bunda qorongʻilashtirilgan maydon usulidan foydalaniladi. U.da obyektni yoritish uchun kuchli yorugʻlik manbai va juda katta yorugʻlik kuchiga ega boʻlgan optik tizimlar qoʻllanadi. Bu usulda tekshirilayotgan obyekt (zarralar) nur bevosita kuzatuvchining koʻziga tushmaydigan qilib, yon tomondan juda kuchli yoritiladi. Har bir yoritilgan zarra kuzatuvchiga qorongʻi maydonda oʻzidan yorugʻlik sochib turuvchi yorugʻ nuqta boʻlib koʻrinadi. Turli xildagi U. yordamida turli dispers sistemalarpat zarralarning konsentratsiyasi va harakati aniklanadi.q.). U. yordamida 2YU’9 m gacha kattalikdagi zarralarni oʻrganish mumkin. Dastlabki U. 1903-yilda avstriya olimlari G.Zidentopf (1872—1940) va R. Zigmondi (1865—1929) tomonidan yaratilgan.