Kontent qismiga oʻtish

Veysman Avgust

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Veysman Avgust
Tavalludi 17-yanvar 1834
Vafoti 5-noyabr 1914
Fuqaroligi Prussiya qirolligi

VEYSMAN (Weismann) Avgust (1834.17.1, Frankfurt-Mayn — 1914.5.11, Freyburg) — nemis zoologi, evolyutsion taʼlimot nazariyotchisi. Freyburg universiteti prof. (1873-yildan). 1860-yildan Darvin taʼlimotini himoya qilish, uni ilmiy jihatdan asoslash va rivojlantirish ustida nazariy tadqiqotlar olib borgan. Genlarning diskretligi, ularning xromosomalarda joilashganligi va ontogenezdagi roli haqidagi hozirgi zamon tasavvurlarini oldindan aytib bergan. V.ning irsiyat va individual rivojlanish toʻgʻrisidagi nazariyasi baʼzi kamchiliklardan xoli boʻlmasa ham, bu toʻgʻridagi zamonaviy tushunchalar uchun asos boʻlgan deyish mumkin. 20-asrning 40-y.larida V. yaratgan va uning oʻzi neodarvinizm deb atagan taʼlimot darvinizmni rivojlantirishga qoʻshilgan katta hissa boʻldi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil