Xorijiy investitsiya
Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ham moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt oʻtgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig oʻziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.
Oʻzbekiston qonunchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“gi Qonunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar boʻlishi mumkin:
- chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari;
- davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar;
- chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;
- chet el davlati fuqarolari boʻlmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.
Xorijiy investitsiyalarning shakllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud:
- ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni tashkil etish;
- 100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;
- yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shoʻba korxonalari va filiallarini tashkil etish;
- konsessiya va lizing shartnomalari tuzish;
- tenderlar eʼlon qilish;
- erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
- moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.