Kontent qismiga oʻtish

Yana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yana
Tavsif
Uzunligi 1 490
Maydoni 238 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Yana

YanaSaxa Respublikasidagi daryo. Yuqori Yana tizmasining shimoliy yon bagʻirlaridan oqib tushuvchi Dulgalax va Sartang daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Shimolga tomon oqa borib Laptevlar dengiziga quyiladi. Uzunligi 1490 km, havzasining maydoni 238 ming km². Kazachye qishlogʻidan oʻtgach, Yana 5300 km²ga yaqin maydonga ega boʻlgan delta hosil qiladi. Asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1000 m³/sek. Oktyabr oʻrtalaridan may oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Yananing 890 km qismida kema qatnaydi. Kema qatnovi atigi uch oy davom etadi. Yananing Adicha (715 km) va Bitantay (586 km) kabi yirik va bir qancha mayda irmoqlari bor. Asosiy pristanlari: Verxoyansk, Batagay, UstKuyga; quyilish qismida — Nijneyansk porti.