Zehra Aylin
Zehra Aylin | |
---|---|
Tavalludi |
1912 |
Vafoti |
1935-yil 19-noyabr Amiens, Fransiya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Zehra Aylin, Atatürkning asrab olgan eng birinchi asrandi qizi hisoblanadi. 1924-yildan boshlab Atatürkning qizi sifatida Chankaya koʻshkida yashay boshlaydi. Ammo juda yosh chogʻidayoq yurib ketayotgan poyezddan yiqilib halok boʻladi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zehra 1912-yil Amasyada dunyoga keladi. Asl ismining Zühre ekanligi, keyinchalik Zehraga oʻzgartirilgani iddao qilinadi.[1] Ayni vaqtda uning ismi Amasyadagi yetimxonalarda qayd qilingan ham edi. Otasining ismi Mehmed, onasining ismi Havva xonimdir. Zehraning otasi Turkiya ozodlik urushi(Türk Kurtuluş Savaşı)da qahramon boʻlgan yuzboshi edi.[2] Otasidan 1916-yilda, onasidan esa 1917-yilda ajraladi. 1913-yilda tugʻilgan Nuriya ismli singlisi ham bor.[1]
Xotini Latife xonim bilan Amasyaga kelgan prezident Mustafa Kemal posho 1924-yilning 25-sentabr kuni Dorül-Eytam(yetimxona)ga tashrif buyuradi. Mustafa Kemal Zehrani eng birinchi asrandi qizi sifatida Anqaraga olib ketadi. Shundan soʻng 1925-yilda Koʻniyodan Rukiye, Bursadan Sabihani va Izmirdan Afetni, 1927-yilda esa Istanbuldan Nebile va Fikriyeni farzand sifatida asrab oladi. Dastlabki taʼlimini Anqarada, Chankaya koʻshkining bogʻida joylashgan maxsus kichik maktabda oladi. Bu maktabga faqat Atatürkning asrandi bolalari va Kılıç Ali Bey, Fuat Bulca hamda Salih Bozokning farzandlari kira olardi. Oʻrta taʼlimni olish uchun singlisi Sabiha bilan birga Istanbuldagi Arnavutkoʻy Amerika qizlar kolleji(bugungi nomi Robert kolleji)ga borishadi. Biroz vaqtdan soʻng singlisi Sabiha kabi uchuvchilikka qiziqadi, lekin, qiziqishi uzoq davom etmaydi. „Soyad Kanunu“ (Familiya toʻgʻrisidagi qonun) chiqqach, Aylin familyasini oladi. Kollejdagi oʻqishi tugagach, oʻqishini davom ettrish uchun Londonga, „Saint Hilda College“ga yuboriladi. Atatürk uning diplomni olgandan soʻng qaytishiga izn bergan edi. Ammo Zehraning kasalligi tufayli 1935-yilda qaytishiga ruxsat beradi. Londondan kema orqali Fransiyaga kelgan Zehra poyezdga minadi. Ammo Amionsdan oʻtayotgan poyezdan yiqilib, halok boʻladi. Amiensda qilingan marosimdan soʻng, 1935-yil 21-noyabr kuni Machka qabristoniga olib kelinib dafn qilinadi. Uning sirli oʻlimi gazetalarda shov-shuvlarga sabab boʻladi. Baʼzi gazetalar uning oʻz joniga qasd qilganini ham yozishadi. Singlisi Sabiha Gökçen bu gaplarga ishonishini aytib oʻtgan edi.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Hüseyin Menç, Atatürk'ün İlk Manevi Kızı; Amasyalı Zehra Aylin (1. Bölüm), Huseyinmenc.com, Yayın tarihi:20.01.2011, Erişim tarihi:16.07.2015[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Maçka Mezarlığı Kayboluyor, Sevin Yavuz, 23.02.1999 Hürriyet İstanbul Gazetesi“ (17.04.209). 2010-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ Sabiha Gökçen Atatürk ile olan anılarını anlatıyor