Zhang Yaokun
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Zhang Yaokun | ||
Tavallud sanasi | 17-aprel 1981-yil | ||
Tavallud joyi | Dalian, Liaoning, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1997—1998 | Dalian Yiteng | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1998—2012 | Dalian Shide | 272 | (16) |
2005 | → Sichuan Guancheng (Ijara) | 26 | (1) |
2013—2016 | Guangzhou R&F | 113 | (1) |
2017—2018 | Wuhan Zall | 48 | (1) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2004—2009 | Xitoy | 39 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2018-yil 3-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2010-yil 31-oktyabr uchun) |
Zhang Yaokun (talaffuzi: Chjan Yaokun) (1981-yil 17-aprelda tugʻilgan) — nafaqadagi xitoylik futbolchi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zhang Yaokun futbolchilik faoliyatini 1998-yilda Dalian Shide bilan boshlagan. Biroq, toʻpigʻi sinishi tufayli u jamoada oʻzini koʻrsatishga qiynalgan va uzoq muddatli jarohatini yengib oʻtgandan keyingina kuchli futbolchiga aylana boshlagan. Keyinchalik u himoya chizigʻining ajralmas aʼzosiga aylangan va 2001-yilgi mavsumda va 2002-yilgi mavsumda liga chempionlari hamda 2001-yilda Xitoy FA kubogida gʻalaba qozonishgan. Bu orqali Dalian Xitoy futbol klublari orasida ustunlikka ega boʻlgan[1]. Dalian 2004-yilgi mavsumni omadsiz oʻtkazganidan soʻng, Vladimir Petrovich yangi murabbiy sifatida kelgan va 2005-yilgi mavsumda Zhangni Sichuan Guanchengga ijaraga bergan. Zhang tezda oʻzini klubning asosiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatgan[2]. Keyingi mavsumda u Dalianga qaytib kelgan va u jamoaning asosiy tanlangan oʻyinchisi boʻlib qolgan va ularning sardori bogʻichiga egalik qilgan.
2012-yil 18-dekabrda Zhang Xitoy Superligasining boshqa jamoasi Guangzhou R&F jamoasiga oʻtgan[3]. U klubdagi debyutini 2013-yilning 9-martida Liaoning Whowinga qarshi oʻyinda (4:2) oʻtkazgan. 2017-yilning 26-fevralida Zhang birinchi liga vakili Wuhan Zallga oʻtgan.
2018-yilning 12-noyabrida Zhang Yaokun Wuhan Zall jamoasini Xitoy Superligasiga muvaffaqiyatli koʻtarilishiga yordam bergandan soʻng professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini omma oldida eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zhang Xitoy terma jamoasiga 2004-yilgi Osiyo Kubogiga chaqirilgan va u yerda bir necha bor zaxiradan maydonga tushgan. Zhang himoyada koʻplab pozitsiyalarni egallagan[4]. U 2007-yilgi OFK Osiyo Kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan jamoaning asosiy tarib oʻyinchisiga aylangan. Zhang va Li Weifeng turnir davomida birinchi marotaba markaziy himoyachilar juftligini hosil qilishgan[5].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liga | Kubok | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol |
Xitoy | Liga | FA Kubogi | CSL Kubogi | Osiyo | Boshqa | Jami | ||||||||
1998 | Dalian Shide | Xitoy Jia-A Ligasi | 3 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | |||
1999 | 8 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 8 | 0 | ||||||
2000 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 1 | - | 0 | 0+1 | |||||
2001 | 10 | 0 | 4 | 0 | - | 1 | 0 | - | 15 | 0 | ||||
2002 | 27 | 0 | 1 | 0 | - | 3 | 0 | 2 | 0 | 33 | 0 | |||
2003 | 27 | 0 | 6 | 0 | - | 5 | 0 | 4 | 0 | 42 | 0 | |||
2004 | Xitoy Super Ligasi | 17 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | - | 20 | 0 | ||
2005 | Sichuan Guancheng | 26 | 1 | 1 | 1 | 0 | 0 | - | - | 27 | 2 | |||
2006 | Dalian Shide | 24 | 3 | 5 | 0 | - | 5 | 1 | 3 | 0 | 37 | 4 | ||
2007 | 25 | 4 | - | - | - | - | 25 | 4 | ||||||
2008 | 26 | 4 | - | - | - | - | 26 | 4 | ||||||
2009 | 26 | 1 | - | - | - | - | 26 | 1 | ||||||
2010 | 26 | 1 | - | - | - | - | 26 | 1 | ||||||
2011 | 26 | 1 | 1 | 0 | - | - | - | 27 | 1 | |||||
2012 | 27 | 2 | 1 | 0 | - | - | - | 28 | 2 | |||||
2013 | Guangzhou R&F | 28 | 0 | 2 | 0 | - | - | - | 30 | 0 | ||||
2014 | 29 | 0 | 2 | 0 | - | - | - | 31 | 0 | |||||
2015 | 30 | 0 | 2 | 0 | - | 7 | 0 | - | 39 | 0 | ||||
2016 | 26 | 1 | 6 | 0 | - | - | - | 32 | 1 | |||||
2017 | Wuhan Zall | Xitoy Birinchi Ligasi | 26 | 1 | 0 | 0 | - | - | - | 26 | 1 | |||
2018 | 22 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 22 | 0 | |||||
Karyerada jami | 459 | 19 | 32 | 1 | 0 | 0 | 23 | 1+1 | 9 | 0 | 523 | 21+1 |
Xalqaro maydondagi gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|
1 | 19.06.2005 | Changsha, Xitoy | Kosta Rika | 2-2 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2 | 2.06.2007 | San-Xose, Amerika Qoʻshma Shtatlari | AQSh | 1-4 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
3 | 28.10.2007 | Kuala-Lumpur, Malayziya | Birma | 4-0 | 2010 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dalian Shide[6]
- Xitoy Jia-A ligasi : 1998, 2000, 2001, 2002
- Xitoy FA kubogi : 2001-yil
- Xitoy FA Superkubogi : 2000, 2002
Wuhan Zall
- Xitoy Birinchi ligasi : 2018[7]
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2005-yil
Shahsiy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2004-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Seven China Jia A Championships won by Dalian“. english.runsky.com (2004-yil 24-mart). 2009-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-sentyabr.
- ↑ „张耀坤“. sodasoccer.com. 13-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-sentyabr.
- ↑ „广州富力足球俱乐部与球员张耀坤正式签约“. Guangzhou R&F official website (2012-yil 18-dekabr). 2-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-dekabr.
- ↑ „Asian Nations Cup 2004 Final Tournament - Extended File“. rsssf.com (3-sep 2005-yil). 14-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-sentyabr.
- ↑ „AFC Asian Cup 2007“. football-lineups.com (10-iyul 2007-yil). Qaraldi: 2012-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Zhang, Yaokun“. National-football-teams.com (2019-yil 29-avgust). Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
- ↑ „2018中甲联赛积分榜“. sports.sina.cn (2018-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.