Aflotun
Qiyofa
Aflotun | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
Aflotun yoki Platon (yunoncha: Πλάτων)(mil.av. 428/mil.av. 427 — mil. av. 348/mil. av. 347) — qadimgi yunon faylasufi. Ustozi Suqrot va shogirdi Arastu bilan birgalikda Aflotun Gʻarb madaniyatini shakllantirdi. U shuningdek matematik, yozuvchi hamda Afinadagi ilk akademiya asoschisi boʻlgan.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]B
[tahrirlash]- Barcha narsalarni oxir-oqibat oʻlim yamlamaydimi?
D
[tahrirlash]- Dunyoda eng ojiz va notavon odam o‘z sirini yashira olmaydigan kishidir. Agar kishi o‘z sirini asray olmasa, hech qanday do‘st uni asrashga qodir emas!
- Doʻstlarning hamma narsasi umumiydir[1].
H
[tahrirlash]- Hayotda eng muhimi — ko‘p narsalarga ega bo‘lishingiz emas, oz narsalarga ehtiyoj his qilishingizdir.
- Hurmat bor joyda har doim qoʻrquv boʻladi. Qoʻrquv bor joyda hurmat doim ham boʻlavermaydi[2].
I
[tahrirlash]- Ishning eng muhim qismi uning boshidir.
K
[tahrirlash]- Koʻzlar ruh oynasidir.
N
[tahrirlash]- Nazm va falsafa bir-biriga doim dushmandirlar.
S
[tahrirlash]- Sinalmagan hayot yashashga arzigulik emas.
- Sizda bor bo‘lgan narsalar, sizning qanchalik boy ekanligingizni belgilamaydi. Aksincha, nimalarga muhtojligingiz, saviyangizni va darajangizni belgilaydi.
Y
[tahrirlash]- Yovuzlikning eng katta jazosi yomon odam boʻlishdir.
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.