Kontent qismiga oʻtish

Jacques Cousteau

Vikiiqtibosdan olingan
Jacques Cousteau
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Jacques Yves Cousteau (talaffuzi: Jak Iv Kusto)(11-iyun 1910-yil; 25-iyun 1997-yil) — fransuz dengizchisi, okeanshunos, tadqiqotchi, ekolog, rejissor, suratkash, ixtirochi boʻlgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Imkonsiz tuyulgan ishlarni uddalashni muvaffaqiyat deyish mumkin.
  • Agar mantiqqa bog‘lanib qolganimizda, kelajak bizga afsus-nadomatlar olib kelardi. Mantiqdan muhimroq narsalar bor. Biz odamlarmiz. Eʼtiqod va umidga egamiz, mehnat qila olamiz.
  • Birinchi qadamni tashlashga qiziquvchanlik turtki beradi, uning ortidan esa ilm ergashadi.
  • Haqiqiy boylik — hayotning o‘zi va qizg‘in faoliyatdir.
  • Suvda yoki quruqlikda bajarayotgan amallarimizning qadr-qiymati boylikka intilish bilan emas, insonga hurmat ko‘rsatish bilan baholanishi kerak. Dengiz ustida ham, tubida ham asosiy tashvishimiz insoniyatning kelajagi bo‘lishi zarur.
  • Bolalik — umrning eng mazmunli davri.
  • Baliqning xatti-harakatlarini kuzatishning eng yaxshi yo‘li — baliq bo‘lish.
  • Girdob va hayot bir narsa ekanini unutib qo‘ydik.
  • Yer inson qo‘lidan butun tarixiga nisbatan XX asrda ko‘proq aziyat chekdi.
  • Odam ahmoqlik qilishni istaganidagina aqlidan foydalana boshlaydi.
  • Dengiz — odamzotning yagona ilinji. Bu fikr har doimgidan ko‘ra bugun o‘z tasdig‘ini topyapti — chunki barchamiz bitta qayiqdamiz.
  • Men bir safar okean kasal, lekin hech qachon o‘lim to‘shagida bo‘lmagan, degan edim. Okeanda o‘lik joy yo‘q — unda hamisha hayot hukmron. Lekin u yildan yilga kuchsizlanib boryapti.
  • Agar tanlagan yo‘limizdan ketaversak, bizni ochko‘zlik adoyi tamom qiladi. Yo‘nalishni o‘zgartira olmasak, tez orada Yer yuzidan yo‘qolamiz, o‘rnimizni qurt-qumursqalar egallaydi.
  • Qanchalik keng bo‘lmasin, biror-bir akvarium, biror-bir sunʼiy suv havzasi dengizdagi tabiiy sharoitni yarata olmaydi.

Manba

[tahrirlash]

1. Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!