Kontent qismiga oʻtish

kartoshka

Vikilug‘atdan olingan
Vikipediya
Vikipediya
Vikipediyada kartoshka haqida maʼlumotlar bor:


Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

kar-tosh-ka

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

r. < pol. kartofla < nem. Kartoffel < ital. tartufolo — ildizmevali qoʻziqorin

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

Ildizmevali, bir yillik sabzavot oʻsimliklaridan biri va uning ildizida yetishadigan, ovqat uchun ishlatiladigan hosili. ◆ Kartoshka poyasi. Kartoshka ekmoq. O'rta Osiyoda ekinlar juda yaxshi hosil beraadi. Ayniqsa, kartoshka bilan sabzi moʻl hosil beradi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ [Mastura:] Hay, Toji! Shoʻrvang nima boʻldi? — [Toji:] Kartoshkani soldim. Hamza, „Paranji sirlari“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

yer olmasi.

Antonimlari

[tahrirlash]

КАРТОШКА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

kartoshka

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

kar-tosh-ka

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
  1. Zararkunandalari: Oʻzbekiston sharoitida Kartoshka koʻpincha, Kolorado qoʻngʻizi, shira (oʻsimlik biti), kuzgi tunlam, kartoshka nematodasi, qoʻngʻir kana, chirildoqlar (sikada), simqurt va buzoqboshilardan shikastlanadi.
  2. Kurash choralari. Kolorado qoʻngʻiziga qarshi quyidagi preparatlardan biri 500-600 l/ga suvda aralashtirib purkaladi: detsis-0,5 l/ga, karate-0,35 l/ga, sumi alfa-0,5 l/ga, benzofosfat (fozalon)-2,0 kg/ga, regent-20-25 kg/ga, nurel D-0,7 l/ga. ◆ Kuzgi tunlamga qarshi ekishda urugʻlikka, vegetatsiya davrida oʻsimliklarga 0,2–0,5 l/ga detsis, 0,03% li nurel, 1% li dendrobatsillin eritmasi purkalanadi . Oʻsimlik biti (shira)ga va chirildoq (sikada)larga qarshi BI-58-1,0-1,5 l/ga, nurel 0,7-0,8 l/ga, tolstar-0,8 l/ga; sumqurt va buzoqboshilarga qarshi zaharlangan xoʻraklar ishlatiladi. ◆ Nematodaga qarshi kuzda yoki ekishdan 30 kun oldin bir gektariga 800–1000 kg dan 20% li nemagon yoki tiazin, geterofos, karbiation sochilib, tuproqning 15–20 sm li qatlamiga aralashtiriladi .
  3. Kasalliklarning oldini olish choralariga amal qilib ekishni toʻgʻri tashkil qilish, yuqori agrotexnika va kaliy oʻgʻitlaridan foydalanish, ekin qoldiqlarini va kasallangan oʻsimliklarni yoʻqotish, urugʻlarni tanlash tadbirlari kiradi. Bulardan tashqari, makrosporiozga qarshi oʻsimliklarga 1 % li bordo suyuqligi, 0,3-0,5 % li mis xlor oksidi eritmasi va 0,5 % li sineb suspenziyasi purkaladi. Chetdan keltirilgan urugʻlarda baʼzan fitoftoroz uchraydi. ◆ Bunga qarshi, makrosporiozga qarshi qoʻllanuvchi zaharli preparatlarni ishlatish mumkin .

kartoshka (koʻplik kartoshkalar)

Tillarda

[tahrirlash]

kartoshka
картофель, картошка; // картофельный; ◆ ~ uni картофельная мука; ◆ ~ kavlamoq копать картофель; ◆ ~ kavlagich картофелекопатель.