oʻt
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]oʻt
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]OʻT I ’olov’. ◆ Yer toʻydirar, oʻt kuydirar. „Maqol“ Bu ot asli qadimgi turkiy tilda o:t tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, I, 483), oʻsha davrlardayoq o: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqola boshlagan [ПДП, 405: ot (oot); DS, 373: ot, o:t]: o:t > ot.
OʻT II ’jigardan ajralib chiqadigan sargʻish-yashil rangli achchiq suyuqlik’. ◆ Jigarning pastki sirtida oʻt pufagi joylashgan. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli ö:d tarzida ta-laffuz qilingan (ЭСТЯ, I, 504), oʻsha davrlardayoq d un-doshi t undoshiga almashgan, ö: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (ПДП, 407; Devon, I, 79; DS, 391); oʻzbek tilida bu unlining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: ö:d > ö:t > öt > ot.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi I
[tahrirlash]- Yonish jarayoni; olov, otash. ◆ Yer toʻydirar, oʻt kuydirar. Maqol . ◆ Yerga tushgan gul boʻlur, Oʻtga tushgan kul boʻlur. Maqol ◆ Bu orada maydonchada oʻt lovulladi. A. Muxtor, „Opa-singillar“ . ◆ Oʻtning harorati Ergashevning yuzini qizdirib, burqib chiqayotgan tutun esa nafasini boʻgʻar edi. N. Safarov, „Vodillik qahramon“ . ◆ Hovli oʻrtasidagi bir buzoq bilan ikki qoʻy goʻshti solingan doshqozon tagida hamon oʻt yonar. Parda Tursun, „Oʻqituvchi“
Ikki oʻt orasida (yoki oʻrtasida) qolmoq - birini deb, boshqasidan kechib boʻla olmaydigan, kechish qiyin holatga tushmoq. ◆ Bobur oʻzini ikki oʻt orasida qolganday sezdi. Beklar-u navkarlarning koʻngliga qaray desa, bu yoqda raiyat ocharchilikdan oʻlyapti. Raiyatni ochlik changalidan qutqazay desa, beklar, navkarlar dod soladi. Pirimqul Qodirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Aʼzam ikki oʻt orasida edi: yo chiroyli xotin-u oʻzing uchun oʻl yetimlik yoki chillak oyoq sovuq xotinu obroʻy va amal. Shuhrat, „Jannat qidirganlar“ .
Toʻqayga (yoki oʻrmonga) oʻt ketsa, hoʻl-u quruq barobar yonadi - koʻpchilikka tegishli bir ish, hodisa hech kimni chetlab oʻtmaydi, degan maʼnoda qoʻllanuvchi ibora. ◆ Toʻqayga oʻt ketsa, hoʻlu quruq barobar yonganiday, dimogʻdor, odamlardan jirkanib, oʻzini ulugʻ tutadigan bek anchadan buyon kishilar gʻazabini qoʻzgʻab, toqatini toq qilib kelardi.. Mirmuhsin, „Meʼmor“ ◆ Oʻrmonga oʻt ketsa, hoʻlu quruq barobar yonar ekan.. Hozir ham shunday boʻldi. Nazir Safarov, „Olovli izlar“ .
Oʻzini oʻtga, suvga urmoq - biror maqsad yoʻlida har qanday, hatto bir-biriga zid ishga ham qoʻl urmoq. ◆ Oʻzini oʻtga urdi, suvga urdi, iigqilib, uchastka taqsimlovchi texnik boʻlib oldi. "Mushtum"
Oʻt bilan suvdek - bir-biriga qarama-qarshi munosabatli. ◆ Ilgarilari oʻt bilan suvdek boʻlgan kundoshlar endi sirdosh boʻlib, chekka-chekkada pichirlashadigan boʻldilar. Asqad Muxtor, „Opa-singillar“
Oʻt qoʻymoq - yondirmoq, yoqmoq. ◆ Oʻzbek oyim hasharchi xotindan biriga tandirga oʻt qoʻyishni buyurdi-da, oʻzi Zaynabning oldiga keldi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ Tohirning moʻljali qirq-ellik qadam ichkariroqqa borib, koʻprikning oʻrtasidan oʻt qoʻyish edi. Pirimqul Qodirov, „Yulduzli tunlar“ - Alanga, yolqin. ◆ Soyning u betidagi togʻlarda soqqadek-soqqadek oʻt yaltirardi. Sunnatulla Anorboyev, „Oqsoy“ ◆ Shu on uning oʻng tomonidagi tepalikda yalt etib oʻt koʻrindi. Jumabay Tashenov, „Jangchi Oʻtegen“
- Olovning alangasi soʻngan (toʻxtagan) holati; choʻgʻ. ◆ Tanchaga oʻt solmoq. ◆ Oʻchoqdagi oʻtni asta-sekin kul bosdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
- koʻchma Quyoshning oʻt yalligʻi kabi kattak, qizdiradigan, kuydiradigan holati; taft. ◆ Ayni tush chogʻi-ku, kelinoyijon, Quyosh oʻz oʻtidan behol boʻlgan payt. Qutlibeka Rahimbekova, „Yuragimda koʻrganlarim“
- koʻchma Kishi ruhiyatidagi, qalbidagi alanga, olov kabi "yonuvchi" ("yondiruvchi"), "kuydiradigan" holat; "olov". ◆ Ishq oʻti. ◆ Hijron oʻti. ◆ ..koʻzlarida gʻazab, nafrat oʻtlari chaqnagan ayolning surati tushirilgan plakatlar yopishtirilgan. Rahmat Fayziy, „Sen yetim emassan“ . ◆ U jahl oʻtida yonib, "Senday togʻam yoʻq", deya qichqiradi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ ◆ U kishilar qalbida gʻayrat oʻtini yoqa oladi. Gazetadan ◆ Kayxusravning oʻlganini bilib, eroniylarning ruhi tushib ketdi, ularning gʻalabaga boʻlgan ishonchlariga putur yetib, yurakdagi oʻtlari soʻna boshladi. M. Osim, „Ajdodlarimiz qissasi“ ◆ Bu oʻt [intiqom oʻti] ogʻirni yengil, uzoqni yaqin qiladi; poʻlatni eritadi, oʻlimga dahshat soladi. Ahmadjon koʻrgan hamma jangchining qalbida mana shunday oʻt yonar edi. A. Qahhor, „Oltin yulduz“
Yuragiga oʻt yoqmoq - biror narsaga zavq-ishtiyoq, intilish hissini qoʻzgʻatmoq, uygʻotmoq. ◆ Ammo hech biri yuragida notanish qiz yoqib ketgan oʻtni pasaytira olmadi. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆ Vodiyning manman degan raislari yuragiga oʻt yoqqan kishi — Polvon aka Qozoqov boʻladi. "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
Oʻt olmoq - alangalanmoq, alangalanib kuchaymoq. ◆ Uning Oʻrmonjonga qarshi yuragidagi adovati oʻt ola bordi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ ◆ Arabboyning yotoqxonaga kirib ketayotganini koʻrgach, koʻnglida hozirgina bir oz susaygan norozilik yangidan oʻt oladi. Parda Tursun, „Oʻqituvchi“ . - koʻchma Kishi qalbi (ruhi)dagi joʻshqin holat; joʻshqinlik, harorat. ◆ Gʻulomjon endi oʻzini ancha tutib olib, oʻt bilan, harorat bilan gapirdi. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“
- koʻchma Qalbida shunday oʻti bor; oʻtli. ◆ Hoy, oʻt yigit, haligi soʻzlaring oltinga arziydi, ammo har kimga soʻzlayverma. Oybek, „Tanlangan asarlar“
- Otish qurollaridan yalpi, toʻxtovsiz uzilgan oʻqlar. ◆ Dushmanning oʻtidan bir-ikki qayiqqa shikoyat yetdi. Nazarmat, „Joʻrlar baland sayraydi“ ◆ Tepalik har xil turdagi toʻplar, minomyotlar, pulemyotlar oʻti ostida qattiq himoya qilib turilibdi. T. Rustamov, „Mangu jasorat“
- maxe. Elektr zaryadi.
Oʻt bermoq yoki oʻt oldirmoq - zaryadlamoq, zaryadlab ishlatmoq. U ◆ darhol mototsikl motoriga oʻt berib.. suv hovuzi tomon shamolday uchib ketdi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ ◆ Bozor Hamroyevich mashina motorini oʻt oldirdi. Oʻ. Usmonov, „Sirli sohil“
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]oʻt
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi II
[tahrirlash]Poyasi yogʻochlanmaydigan, chorva mollari uchun asosiy ozuqa boʻladigan yashil oʻsimlik; alaf. ◆ Yovvoyi oʻtlar. Dorivor oʻtlar. Chorvabop oʻtlar. Suv oʻtlari. ◆ Barra oʻtlarga xoʻp toʻy, Hech kim bermaydi xalal. I. Muslim ◆ [Hulkarning] Qaddi-qomati nozik koʻrinsa ham, oʻzi yigitlarday zapt bilan oʻt oʻrar.. edi. P. Qodirov, „Qora koʻzlar“ ◆ Qoʻylar oʻtdan boshini koʻtarmaydi. O. Qoʻchqorbekov, „Choʻpon Roʻzi baxshi“
Tarjimalari
[tahrirlash]- Yoqutcha: от
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]oʻt
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi III
[tahrirlash]Jigardan ajralib chiquvchi sargʻish-yashil rangli achchiq suyuqlik. ◆ Kim-gadir yovvoyi echkining terisimi, ayiqning oʻtimi kerak ekan. N. Qobil, „Bugʻdoy pishigʻiga yetmaganlar“ .
O‘t pufagi - jigarning pastki yuzasidagi maxsus chuqurchada joylashgan, hajmi 50-60 sm3, shakli nokka oʻxshash pufakcha (unda ortiqcha oʻt saqlanadi).
Oʻti yorilmoq - ayn. oʻtakasi yorilmoq q. oʻtaka.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ЎТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ot
[tahrirlash]oʻt (koʻplik oʻtlar)
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Oʻt — poyasi yogochlanmaydigan, chorva mollari uchun asosiy ozuqa boʻlgan yashil oʻsimliklarning hayotiy shakli.
Tillarda
[tahrirlash]- Armancha: կրակ (krak)
- Bolgarcha: огън (ógǎn)
- Olmoncha: Feuer
- Inglizcha: fire
- Ispancha: fuego
- Forscha: آتش (âtaš)
- Italyancha: fuoco
- Yavancha: geni
- Lyuksemburgcha: Feier
- Kxmercha: ភ្លើង (pləəng)
- Malagasiycha: afo
- Maoricha: ahi
- Niderlandcha: vuur
- Norvegcha (bokmål): ild, eld
- Portugalcha: fogo
- Ruscha: огонь (ogónʹ)
- Singalcha: ගින්න (ginna)
- Shvedcha: brand
- Suaxilicha: moto
- Tagalcha: apoy
- Tatarcha: ут (ut)
- Turkcha: od, ot
- Ukraincha: вогонь (vohónʹ)
- Vyetnamcha: lửa, hoả
- Xitoycha: 火
- Yoqutcha: уот
- Yunoncha: φωτιά (fotiá)
Ruscha ru
oʻt I
1 огонь; пожар; ◆ yerga tushgan gul boʻlur, oʻtga tushgan koʻl boʻlur посл. что попало на землю станет цветком, что попало в огонь - пеплом; ◆ oʻt yoqmoq разжигать огонь; разжигать, растопить (печь); ◆ oʻt yoquvchi истопник; кочегар; ◆ oʻt olmoq 1) возгораться, загораться, воспламениться, запылать; быть охваченным пожаром; ◆ dushman kemasi oʻt olib ketdi вражеское судно загорелось; 2) перен. вспыхивать, разгораться; ◆ koʻksim oʻt oldi у меня душа горит; ◆ oʻt oldirmoq 1) зажигать, разжигать; ◆ papirosni oʻt oldirmoq зажечь папиросу; прикурить; 2) поджигать; ◆ oʻt tushdi или ◆ oʻt ketdi возник пожар; ◆ uyga oʻt tushdi дом загорелся; ◆ uyingga oʻt tushsin бран. чтоб твой дом сгорел; ◆ ichimga oʻt tushdi у меня все внутри горит; ◆ oʻt chiqdi возник пожар; ◆ chekib tashlangan papirosdan oʻt chiqibdi пожар возник от брошенного окурка; ◆ oʻt oʻchirmoq тушить, гасить огонь; тушить пожар; ◆ oʻt oʻchirish komandasi пожарная команда; ◆ oʻt qalamoq разводить огонь (в печи); разжигать костёр; ◆ oʻt qoʻymoq 1) разжигать (печь, очаг), разводить огонь, растапливать; 2) поджигать, устраивать пожар; ◆ oʻtga yoqmoq сжигать;
2 воен. огонь, стрельба; ◆ oʻt ochmoq 1) открывать огонь, открывать стрельбу; ◆ oʻt ochish nuqtasi огневая точка; 2) перен. открывать огонь, брать под обстрел;
3 перен. огонь, пламя, пыл; ◆ ishq oʻti любовный пыл; ◆ yurakka ishq oʻti tushdi сердце охвачено пламенем любви, огнем любви; ◆ koʻnglida ishonch oʻtlari chaqnadi в его душе вспыхнули искорки веры;
4 перен. задор, энергия, пыл; // огонь, сорвиголова; ◆ uning yuragida oʻti bor у него есть задор, он энергичен; ◆ oʻt yigit! юноша - огонь!; ◆
- oʻzini oʻtga, choʻqqa urmoq (букв. бросаться в огонь и раскалённые угли) перепробовать всё, не останавливаясь ни перед чем; ◆ oʻtiga kuymoq горевать (о ком-чём-л.), болеть душой (за кого-что-л.); ◆ Hasanxon polvon yolgʻiz bolasining oʻtiga kuyib turib edi... («Равшан») Хасанхан-богатырь горевал о своём единственном сыне; ◆ oʻtdek kuymoq (или ◆ oʻtga tushmoq ) прогореть (на чем-л.); потерпеть большой ущерб, понести огромный убыток; ◆ xatga tushding- oʻtga tushding см. xat 7.
oʻt II
трава; // травяной; yovvoyi (или begona) ◆ oʻt сбрная трава, сорняк; ◆ shuvoq oʻt полынь; ◆ oʻt oʻrmoq косить траву; ◆ oʻt oʻsimliklar травяные растения.
oʻt III
1 жёлчь; // жёлчный;
2 жёлчный пузырь; ◆ oʻt pufagi или ◆ oʻt xaltasi жёлчный пузырь; ◆
- oʻtim yorildi я очень испугался, я сильно перепугался; ◆ dori desa oʻti yoriladi он очень боится лекарств; ◆ oʻtini yormoq смертельно испугать, перепугать.