Kontent qismiga oʻtish

oʻzga

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

oʻz-ga

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

OʻZGA 'boshqa'. Sizdan oʻ z g a mehribonim hol-madi. Bu sifat asli qadimgi turkiy tildagi ’ajrat-’ maʼnosini anglatgan öz— feʼlidan (ЭСТЯ, I, 508) -gä qoʻshimchasi bilan yasalgan (ПДП, 408; DS, 395), dastlab ’ajralgan’, ’boʻlaklangan’ maʼnosini bildirgan; oʻzbek tilida ö unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: öz- + gä = özgä > ozgä.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Qarindoshlik, tugʻishganlik va sh.k. jihatdan aloqasi yoʻq odam; begona. ◆ -Demak, Xudoyqul oʻz jigaringiz boʻlgani uchun, oʻzgalardan koʻra koʻproq ezib, uni ogʻir bir ahvolga solishga haqli ekansiz-da? -dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi. ◆ Oʻzgaga boqsa koʻzim, koʻr boʻlsin, oqsin gavhari, Ko-sasi tuproq bila toʻlsin, koʻmilgan yaxshi-roq! Habibiy.

2 Soʻzlovchi yoki soʻzlovchi va tinglovchi-dan boshqa odam. Oʻzingda yoʻq — ◆ oʻzgada yoʻq. Maqol . ◆ Yomon oʻzini bilmas, oʻzgani koʻzga il-mas. Maqol. ■■ ◆ Kuyov tomondan oriq, daroz, chayir bir xotin bel bogʻladi. Oʻzgalar — yosh-qari hammasi shu ikki ayolning belbogʻiga, etaklariga yopishdi. Oybek, Tanlangan asarlar. ◆ Oʻzingizni biling, oʻzga bilan nima ishin-giz bor? Oybek, Tanlangan asarlar.

3 Oʻzi yoki oʻziga mansub boʻlmagan; no-tanish, yot. ◆ Oʻzga tilda soʻzlashmoq. m ◆ Odam-zod bir sabab bilan oʻzga yurt, oʻzga shahar-larni ixtiyor etadi. Mirmuhsin, Meʼmor.

4 (ch. k. s. bilan) Oʻzi bogʻlanib kelgan soʻz bildirgan shaxs yoki narsadan boshqa-siga ishora qiladi; -dan boshqa. ◆ ..Otabek-dan oʻzga farzandimiz boʻlmay.. orzu-hava-simiz, umid-hadafimiz faqat shu Otabek-dir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Bandamiz -◆ taqdirga tan berishdan oʻzga ilojimiz yoʻq. N. Safarov, Olovli izlar.

5 Odatdagidan boshqacha, oʻzgacha. ◆ Bogʻning har burchagida oʻzga bir latofat: ariqlar-da suv kumushlanadi, maysalardan uqa tut-gan hovuz suv bilan emas, nur bilan toʻlgan kabi jimir-jimir mavjlanadi. Oybek, Tanlangan asarlar.

4 tlsh. Uchinchi shaxe.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ЎЗГА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Sifat

[tahrirlash]

oʻzga

Tillar

[tahrirlash]

oʻzga
1 чужой, посторонний;
2 другой, иной, прочий; ◆ oʻzga gapim yoʻq ничего больше не имею сказать; мне больше нечего сказать;
3 уст. грам. третье лицо;
4 в роли послелога, управляющего исходным п. кроме, помимо; ◆ bundan oʻzga кроме этого; ◆ undan oʻzga кроме того; помимо него.