oltin
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]ol-tin
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element; sariq-qizgʻish tusli qimmatbaho nodir metall; zar: tilla. ◆ Sof oltin. Oltin soat. Yoʻqolgan pichoqning sopi oltin. Maqol . ■■ ◆ Direktor oʻsha terilar uchun koʻrgazmaning oltin medishni oldi. S. Ahmad, „Yulduz“ . ◆ Xom-tok qilingan ishkomda husayni uzumlar oltindek tovlanmoqda. I. Rahim, „Ixlos“ .
2 koʻchma Har qanday qimmatbaho yoki aziz narsa haqida. ◆ Yer—xazina, suv—oltin. Maqol . ◆ Doʻst-yorlar ahil boʻlsa, Choʻlda oltin undirar. Maqol . ◆ Qoʻshiq aytibkelaman qir yoqalab. Gul-chechaklar teraman Sir yoqalab. Ter toʻkib yetishtirgan "oltinimiz" Turadi chanogʻida bizga qarab. "Folklor" .
- Oltin suvi qarang zarhal, hal. ◆ Oltin suvi yugurtirilgan soat.
2 Shu metalldan zarb qilingan pul. ◆ Homid yonchigʻini chiqarib, bir qoʻlidan ikkinchi qoʻliga oltinlarni sanab tushira berdi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Bunchalik dabdaba, albatta, xazinadagi oltinlar kuchi bilan boʻlgandir, deb bazilarning koʻngliga kelar. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ .
3 sft. koʻchma Qimmatli, bebaho (fikr, ran, soʻz, ish, vaqt va shu kabilar haqida). ◆ Oltin yoshlik. Yosh chogʻim — oltin chogʻim. Maqol . ■■ ◆ Kam boʻlmang, raisim, oltin soʻzlarni ayt-dingiz. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ . ◆ Amu-ning boʻyida kezardim tanho. Shu oltin dam-larni sezardim tanho. Gʻayratiy .
- Oltin bosh Yaxshi idrok etadigan, yaxshi ishlaydigan bosh, oʻtkir aql; shunday bosh, shunday aql sohibi. ◆ Nihoyat, Qoratoy Yoʻl-chining yelkasini doʻstona qoqib dedi: -Rosa boshing bor, inim Yoʻlchi, oltin boshing bor. Gaplaring bari haq. Oybek, „Tanlangan asa-lar“ . Oltin vodiy Noz-neʼmatlarga boy, obod, yashnagan vodiy. Oltin kuz Yilning hamma narsa gʻarq pishgan toʻkin-sochin payti, moʻl-koʻlchilik fasli. ◆ Bahor boʻyi, yoz boʻyi zarrama-zarra yiqqan bunyodini buyuk saxovat bilan dehqon etagiga solayotgan mana shu oltin kuzda uning yuragi qafasdan chiq-qan qush yuragiday yayray boshladi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . Oltin odam Juda yaxshi odam, tengi-misli yoʻqodam. Oq oltin Paxta. Qora oltin Neft yoki koʻmir. Qoʻli oltin yoki oltin qoʻl Har ishga mohir qoʻl va shunday qoʻlli kishi. ◆ Sizlarni koʻrganimda.. Oltin qoʻl albatta tushar esimga. X. Saloh .
Sinonimlari
[tahrirlash]pul
Antonimlari
[tahrirlash]ОЛТИН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]- Moʻgʻulcha: алтан
- Yoqutcha: кыһыл көмүс
Ruscha ru
oltin
1 золото; // золотой; ◆ oq oltin 1) платина; 2) перен. белое золото (хлопок); ◆ oltin zapasi фин. золотой запас; ◆ oltin soat золотые часы; ◆ oltin qidiruvchilar золотоискатели; ◆ doʻst-yorlar ahil boʻlsa, choʻlda oltin undirar посл. если друзья согласны (дружны), они и в пустыне золото добудут; ◆ yoʻqolgan pichoqning sopi oltin посл. у потерянного ножа рукоятка (была) золотая;
2 уст. золотая монета;
3 перен. золотой; ◆ oltin yigit золотой парень; ◆ qoʻli oltin или ◆ oltin qoʻl золотые руки; ◆ oltin bosh золотая голова, умная голова; * Oltin Oʻrda ист. Золотая Орда; ◆ oltin tamgʻa ист. название одного из племён, вошедших в состав узбекского народа.