Kontent qismiga oʻtish

sirka

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

sirka (koʻplik sirkalar)

sirka I

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

sir-ka

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

\f. / IS>^j

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

Sirka kislotaning suvdagi eritmasi — mevalarni konservalashda, ovqatga qoʻshiladigan ziravor sifatida ishlatiladigan oʻtkir hidli, achchiq-nordon mazali suyuqlik (uy sharoitida uzum, olma va sh.k. shirin mevalarning sharbatidan ham maxsus usulda tayyorlanadi). ◆ Uzum sirkasi. Ovqatga sirka solmoq. n ◆ Ovqatga murch, piyoz, sirka kabilarni.. qoʻshish, limon suvi yoki nordonroq dorilar berish ishtaha paydo qilishi mumkin. N. Ismoilov, „Kasallarni parvarish qilish“ . ◆ Toʻlagan engashib, dasturxonning bir chetiga soqolini artdi, don tiqilgan tovuqday boʻynini choʻzib kekirdi, sirka ichkanday aftini burushtirib: -Juda toʻydim.. Azbaroyi xudo!.. A. Qahhor, „Tanlangan asarlar“ .

Sirkasi suv koʻtarmaydigan (odam) Gap koʻtarmaydigan, taʼbi nozik odam. ◆ Majlisda unga: -Sen bola, chuchvarani xom sanab yuribsan. Shoshma hali, joʻjani kuzda sanaymiz. Bu qanaqasi, sirkang suv koʻtarmaydigan boʻlib qopti, — deyishdi. S. Ahmad, „Saylanma“ . Haqiqatda, [ ◆ Ismoil ota] sirkasi suv koʻtarmaydigan odam. U. Nazarov, „Ismoil tajang“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

sirka II

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

sir-ka

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

Bit tuxumi. ◆ Yomondan it yaxshi, Sirkadan bit yaxshi. Maqol . ◆ Bolaning erkasi — bitning sirkasi Maqol .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

СИРКА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

sirka I
уксус; // уксусный; ◆ uzum sirkasi виноградный уксус; ◆ sirka essensiyasi уксусная эссенция; ◆ sirkaga bosmoq или ◆  sirkaga oʻldirmoq мариновать; ◆ 

  • sirkasi suv koʻtarmaydigan odam не терпящий критики человек; недотрога.


sirka II
гнида.