tik
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]tik
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]TIK 'vertikal holatga ega'. Boboqul otaning nazari t i k qoya labida turgan oq uloqqa tushdi (Sunnatilla Anorboyev). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu sifat asli tiŋ tarzida talaffuz qilingan (Devon, III, 368), keyinchalik q un — doshi k undoshiga almashgan (КРС, 733; ЭСТЯ, III, 225): tiq > tik.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]I 1 Yuqoriga tikka yoʻnalgan yoki pastga tikka tushgan. ◆ Tik jarlik. Tik qir-gʻoq. n ◆ Faqat, sohil tik boʻlgani uchun, aravalarni olib chiqish benihoyat qiyin edi. Oybek, „Quyosh qoraymas“ . ◆ Boboqul otaning nazari tik qoya labida turgan oq uloqqa tushdi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ .
2 Yerdagi maʼlum nuqtaga nisbatan vertikal holatdagi tepa (yuqori) qism; tepada shunday holatli. ◆ Mingboshi shoshib, osmonga qaradi. Quyosh tik.. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Ammo oy tik koʻtarilganlikdan ziyo-ratxona ichi qop-qorongʻi edi. A. Qodiriy, „Utgan kunlar“ . ◆ Quyosh tik kelganda, Choʻli bobo hammani ovqatga chaqirdi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .
3 Oyoqlari yoki asosi yerga tiralgan, vertikal holatdagi; tikka. ◆ Boʻsh qop tik tur-mas. Maqol . ■■ ◆ Qiisyuq husniga husn qoʻshgan qaddi raso teraklar tik qomatlarini magʻ-rur koʻrsatib turardilar. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ . ◆ Bularning orqasida tik turgan odamlar bir-birlariga zanjir bilan bogʻlab qoʻyilgan kabi zich va tigʻiz. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
4 Boʻyi (nisbatan) baland; boʻychan. ◆ Avval haligi tikroq qora bola, keyin boshqalari gʻoyib boʻldi. A. Muxtor, „Opa-singillar“ . ◆ Men sendayligimda, yoʻq, sendan tikroq boʻlsam kerak, maktabga qatnardim. S. Anorboyev, „Hamsuhbatlar“ .
5 U yoq-bu yoqqa burilmagan (ogʻmagan), toʻgʻri yoʻnalishli; toʻgʻri. ◆ Qishloq markaziga tik yoʻl tushdi. yat Katta tik ariq. Ikki labi togʻ-togʻ tuproq. I. Rahim, „Chin muhab-bat“ . ◆ Terak tagidan sholipoya boʻylab yoʻl bor. Chirchiqqa tik chiqadi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . ◆ Oynisa kurt-kurt beda chaynayotgan otni.. bir lahza kuzatib turdi-da, tavakkal qilib, oxurga tik bordi. H. Gʻulom, „Toshkentliklar“ .
6 Gorizontal yuzaga, chiziqqa perpendikulyar holatli, yuqoriga tikka koʻtaril-gan yoki pastga tikka tushgan; vertikal.
- Tik chiziq 1) vertikal chiziq; 2) perpendikulyar chiziq.
7 koʻchma (ayrim soʻzlar bilan qoʻllan-ganda) Tap tortmasdan, qoʻrqmasdan, dadil, toʻppa-toʻgʻri, roʻyirost. ◆ Betiga tik aytmoq. n ◆ Bir xil itlar borki, boʻri bilan tik olishadi. Oybek, „Bolalik“ . ◆ Uning [Adolatning] bir vaqtlar hayodan kishiga dadil boqolma-gan chiroyli koʻzlariga gʻazab va alam toʻlgan. Endi u hamma narsaga tik, dadil boqadi. S. Zunnunova, „Gulxan“ . ◆ Masturaning oʻlimning yuziga bunchalik tik qaragani.. uchun ope-ratsiyaning natijasini kutmadi. A. Qahhor, „Ming bir jon“ .
- Tepa sochi tik boʻlmoq ayn. tepa sochi tikka boʻlmoq q. tikka.. ◆ Desam unga boʻling ogʻir, Tepa sochi boʻldi tik. "Mushtum" . Tik qilmoq q. tiklamoq 2. ◆ Gʻayrat qilib koʻpchilik, Garajni qildilar tik. Q. Muhammadiy .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]tik II
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]tik
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Kanop yoki paxta tolasidan toʻqilgan qalin, pishiq gazmol, mato (koʻpincha matrats, dasturxon va sh.k. uchun ishlatiladi). ◆ Oynisa yoʻl-yoʻl tik koʻrpachada.. oʻtirarkan, oʻgʻli Yoʻldoshbekdan kelgan xatni qayta oʻqib chiqdi. H. Gʻulom, „Toshkentliklar“ . ◆ Tikdan bir xilda tikilgan kiyim kiygan, madori ketgan yaradorlar hov-liga chiqishdi.. R. Fayziy, „Hazrati inson“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]tik III
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]tik
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]fr. tic — uchish, pirpirash
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]tib. Nerv sistemasining kasallanishi oqiba-tida ayrim yoki bir guruh muskullarning (odatda yuz, boʻyin, qoʻl va b. muskullarning) ixtiyorsiz qisqarishi.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ТИК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
tik I
1 отвесный, крутой; // отвесно, круто; ◆ tik koʻtarilgan qoya отвесная скала; ◆ tik tushgan jarlik крутой обрыв (овраг); ◆ tik chiziq (букв. отвесная линия) мат. 1) вертикальная линия; 2) перпендикуляр; ◆ Quyosh tik kelib, hamma yoqni kuydiradi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Солнце стоит в зените и сжигает всё;
2 прямой; // прямо;◆ Choyxonada hamma tik turadi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Все в чайхане на ногах (букв. стоят прямо); ◆ tik yoʻl прямая дорога; ◆ tik qaramoq 1) смотреть прямо (в глаза); 2) смотреть гневно; ◆ boʻsh qop tik turmas погов. пустой мешок не будет стоять прямо;
3 высокий; // выше; ◆ u mendan tik roq он выше меня (ростом).
tik II
текст. тик; ◆ yoʻl-yoʻl tik полосатый тик.
- Oʻzbek tili
- Oʻzbek tilining etimologik lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar
- Oʻzbekchada turkiy soʻzlar
- Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar
- Oʻzbekchada gollandchadan oʻzlashgan soʻzlar
- Oʻzbekchada inglizchadan oʻzlashgan soʻzlar
- Oʻzbekchada fransuzchadan oʻzlashgan soʻzlar