Amuda
Amuda عَامُودَا ئاموودێ | |
---|---|
Shaharcha | |
37°06′15″N 40°55′48″E / 37.10417°N 40.93000°E | |
Mamlakat | Suriya |
muhofaza | Al-Hasaka |
okrug | Qamishli |
Markazi balandligi | 470 m |
Rasmiy til(lar)i | arab tili |
Aholisi (2004) |
26,821 |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
Amuda (arabcha: عَامُودَا, kurdcha: ئاموودێ) Suriya shimoli-sharqidagi Hasaka muhofazasidagi shaharcha. Suriya va Turkiya chegarasi yaqinida joylashgan. Davom etayotgan fuqarolar urushi natijasida Amuda hozirda AANES fuqarolik nazorati va SDK hamda Suriya armiyasining harbiy nazorati ostida qolmoqda[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududda ikkita tepa bor — biri Amudaning oʻzida, ikkinchisi chegaraning turk tomonida, shahardan uch kilometr shimolda[2]. Eski va baʼzi zamonaviy adabiyotlarda Amuda ichidagi tepa Tell Amuda deb ataladi, ammo mahalliy aholi uchun uning nomi Tell Shermola, turk tomonidagi tepa esa haqiqiy Tell Amuda boʻlib, turk hukumati nomini Tell Kamoliya deb oʻzgartirgan[3].
Tell Shermoladagi qazishma ishlari uning uchingi ming yillikka oidligini koʻrsatadi[3].
Oʻrta Ossuriya davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shermolaning oʻrta Ossuriya davriga oid arxeologik dalillari shuni koʻrsatadiki, bu shaharda ossuriyaliklar Shalmanaser I hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 1250 yil) yashagan[4].
Elisabeth Wagner-Durand va Jeanne-Marie Aynard hozirgi Shermola Ossuriyaning Kulishinas shahri (Kulišinaš) ekanligini aniqlagan[5][6][7]. Bu identifikatsiya Kulishinasda yozilgani va Shermoladan topilgani daʼvo qilinib, oʻrtakash tomonidan muzeyga sotilgan taxta yozuvga asoslanadi. Shermola Oʻrta Ossuriya shahri ekanligi arxeologiya tomonidan tasdiqlangan boʻlsa-da, identifikatsiya aniq emas[8].
Zamonaviy davr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu hududning demografiyasi 20-asrning boshlarida katta oʻzgarishlarga uchradi. Ayrim kurd qabilalari Yuqori Mesopotamiyada arman va ossuriy nasroniylarga qarshi genotsidda Usmonli hukumati bilan hamkorlik qilgan. Kurd qabilalari darhol Hakkari togʻlarining shimolidagi Albaq okrugidagi ossuriy va arman qishloqlariga hujum qilib, koʻp sonli qishloq aholisini oʻldirishdi[9][10][11][12]. 1915-yilgi genotsiddan oldin, Amudani oʻz ichiga olgan Ras-ul-ayn qazosi 16.000 sunniy musulmonlardan iborat edi[13]. Baʼzi nasroniylar genotsiddan keyin shaharga joylashdilar. 1936-yilda fransuz qoʻshinlari Amudani (Tusha Amudi) bombardimon qildilar. 1937-yil 13-avgustda qasos olish uchun Dakkuri, Milan va Kiki qabilalaridan 500 ga yaqin kurdlar nasroniylarga hujum qilishdi. Xristian aholisi, 300 ga yaqin oila Qamishli va Hasaka shaharlariga qochib ketdi[14][15][16][17]. 1941-yilda al-Malikiyadagi ossuriy jamoasi shafqatsiz hujumga uchradi. Hujum muvaffaqiyatsizlikka uchragan boʻlsa ham, ossuriyaliklar dahshatga tushdi, koʻp qismi qochib ketdi va kurdlarning Turkiyadan bu hududga koʻchishi natijasida Amuda, al-Malikiya va al-Darbasiyada kurdlar koʻpchilikni tashkil qildi[18][19].
1960-yil 13-noyabrda 500 ga yaqin kurd talabalari majburan kinoteatrga olib ketilganidan soʻng, davlat xodimlari tomonidan kinoteatrda oʻt oʻchirildi va Amuda kinoteatrida 283 talaba halok boʻldi[20]. Amudada ushbu voqeaga bagʻishlangan park bor[21].
2004-yil 12-martda shaharda hukumatga qarshi qoʻzgʻolon boʻlib oʻtdi. 2004-yil holatiga koʻra, Amuda al-Hasaka muhofazasidagi toʻrtinchi yirik shahardir[22].
2017-yil iyul oyida shaharda 90 yillik Mor Elias cherkovi qayta tiklandi va qayta ochildi. 2017-yil holatiga koʻra Amudada faqat bitta ossuriyalik oila qolgan[19].
Fuqarolar urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fuqarolar urushi boshlanishi bilan Suriya shimolining katta qismida Bashshor al-Asad hukumati hukmronligi tugadi. 2012-yil iyulida hukumat qoʻshinlari hududdan olib chiqib ketilganda, Ozod Suriya armiyasi jangchilari qisqa vaqt ichida shaharchada koʻrinish berdi[23], ammo 2012-yilning 21-iyulida YPG nazoratni oʻrnatdi[24]. Demokratik ittifoq partiyasi (PYD) taʼsiridagi Amudada dastlabki kunlari toʻqnashuvlarsiz oʻtmadi — 2013-yil iyun oyida toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi[25]. PYD muxoliflarining bildirishicha, Ozod Suriya armiyasi tarafdori yoshlar qoʻmitalari va raqib kurd guruhlari bilan ziddiyat yuzaga kelganidan soʻng jangchilar namoyishchilarga qarata oʻt ochgan. Boshqa tomondan, PYD yollanma toʻda tomonidan hujumga uchraganini aytdi[25][26]. Islom davlati jangarilarining hujumi tufayli minglab qochqinlar Amuda tomon koʻchib oʻtdi[27].
Rojava inqilobidan soʻng, 2014-yil 21-yanvarda eʼlon qilingan Jazira Kantonining Demokratik avtonom maʼmuriyatining birinchi yigʻilishi Amuda shahrida boʻlib oʻtdi. Qamishli kantonning de-yure poytaxti deb eʼlon qilindi, Amuda hozircha shu vazifani bajarmoqda. Hurî madaniyat va sanʼat markazida boʻlib oʻtgan yigʻilishda majlis raisi Ekrem Hiso, uning ikki arab va ossuriy oʻrinbosari hamda 22 vazir ishtirok etdi[28]. 2014-yil iyul oyida Amudada yigʻilgan kengash tomonidan Kanton uchun ikkita yangi qoʻsh hokim saylandi. Saylanganlar Hamdi Daham (arab Shammar qabilasining shayxi) va Hadiya Yusif (Ayollar himoyasi boʻlinmasining sobiq rahbari, YPJ) edi[29]. 2014-yilning noyabr oyida Fransiya sobiq tashqi ishlar vaziri va Chegara bilmas shifokorlar tashkiloti asoschisi Bernard Kushner Amudaga tashrif buyurdi va mahalliy yuqori martabali amaldorlar bilan uchrashdi[30].
Ikkinchi Shimoliy Suriya bufer zonasi kelishuvidan soʻng, SDK jangchilari shaharni Suriya armiyasining harbiy nazorati ostida qoldirib chiqib ketishdi[1].
PYD nazoratidagi Amuda
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil iyul oyida hukumat boshqaruvining tugashi Amudada kurd madaniyatining yangilanishiga olib keldi. Suriya armiyasi ketganidan soʻng, kurd bayroqlari uning bozorlarida yana sotilishi mumkin boʻldi va anʼanaviy kurd kiyimlariga ham katta talab paydo boʻldi. Shahar hali ham hukumat nazorati ostida boʻlgan bir paytda, 2011-yilda kurd tili markazi ochildi va tahdid ostida ishladi. YPG kelganidan beri markaz xavfsiz ishlay boshladi, natijada talabalar koʻpayib ketadi. 2012-yil oxirida kurd tilida efirga uzatuvchi Suriyaning yagona telekanali Ronahi TV tashkil etildi. Uning 50 nafar xodimi bor, ularning baʼzilari arablar boʻlib, ular „kurd va arab tillarida 25 dan ortiq siyosiy, madaniy va ijtimoiy dasturlarni“ taqdim etadilar[31].
2015-yil avgust oyida Malmö shahridan (Allt åt Alla) shved faollar guruhi Amuda uchun pul yigʻish uchun Indiegogo saytida kraudfanding kampaniyasi boʻlgan „Rojava elektr loyihasi“ni boshladi. Maqsad, 23 kun ichida shaharning Shvetsiyada ishlab chiqarilgan generatorlarini taʼmirlashga yordam berish uchun 23 000 dollar yigʻish boʻlgan[32]. Rojavada elektr inqirozi kuchaymoqda va mahalliy iqtisodiy qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, Amudaning beshta generatoridan uchtasi ishlamayapti. Kampaniya doirasida yigʻilgan mablagʻ hisobidan generatorlar oʻrnatilgach, hisob-kitoblarga koʻra, 1320 kVt quvvat ishlab chiqariladi va hozirda elektr energiyasi uzilib qolgan 800 ta xonadon kuniga 10 soat elektr energiyasi oladi[33][34].
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yilda aholi soni 26 821 kishini tashkil etdi, shahar aholisining 95% kurdlar, qolganlari arablar va ossuriylar boʻlgan[35].
Cherkovlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Avliyo Elias Suriya pravoslav cherkovi (كنيسة مار إلياس الحي للسريان الأرثوذكس)[36][37]
- Avliyo Jon baptist Suriya katolik cherkovi (كنيسة القديس مار يوحنا المعمدان للسريان الكاثوليك)
Mashhur kishilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abdulbaset Sieda, siyosatchi
- Haitham Hussein, suriyalik kurd yozuvchisi, tanqidchisi va muharriri
- Mahmoud Dahoud, suriyalik futbolchi
- Helîm Yûsiv, suriyalik kurd yozuvchisi va huquqshunosi
- Ahmad Chikh Mousa, Glory Kickboxingdagi suriyalik kurd kikbokschisi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Editorial Staff. „Syrian Kurds say pulling out from entire length of Turkey border“ (en-US). Kurd Net - Ekurd.net Daily News (2019-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.
- ↑ Giorgio Buccellati, Marilyn Kelly-Buccellati. Mozan, 1988 — 89-bet. ISBN 9780890031940.
- ↑ 3,0 3,1 Giorgio Buccellati, Marilyn Kelly-Buccellati. Mozan, 1988 — 36-bet. ISBN 9780890031940.
- ↑ Dominik Bonatz. The Archaeology of Political Spaces: The Upper Mesopotamian Piedmont in the Second Millennium BCE, 2014 — 73-bet. ISBN 9783110266405.
- ↑ Giorgio Buccellati, Marilyn Kelly-Buccellati. Mozan, 1988 — 35-bet. ISBN 9780890031940.
- ↑ Edward Lipiński. The Aramaeans: Their Ancient History, Culture, Religion, 2000 — 39-bet. ISBN 9789042908598.
- ↑ J. N. Postgate. The Land of Assur & the Yoke of Assur: Studies on Assyria, 1971-2005, 2007 — 126-bet. ISBN 9781842172162.
- ↑ Daisuke Shibata „Local Power in the Middle Assyrian Period: The "Kings of the Land of Māri" in the Middle Habur Region“, . Organization, Representation, and Symbols of Power in the Ancient Near East: Proceedings of the 54th Rencontre Assyriologique Internationale at Würzburg, 20-25 July 2008 Gernot Wilhelm: . Eisenbrauns, 2012 — 496-bet.
- ↑ R. S. Stafford. The Tragedy of the Assyrians, 2006 — 24–25-bet. ISBN 9781593334130.
- ↑ Hovannisian, Richard G.. The Armenian Genocide: Cultural and Ethical Legacies (en). Transaction Publishers, 2011-12-31. ISBN 978-1-4128-3592-3.
- ↑ Joan A. Argenter, R. McKenna Brown. On the Margins of Nations: Endangered Languages and Linguistic Rights, 2004 — 199-bet. ISBN 9780953824861.
- ↑ Lazar, David William, not dated. A brief history of the plight of the Christian Assyrians* in modern day Iraq (Wayback Machine saytida 17 April 2015 sanasida arxivlangan) American Mespopotamian.
- ↑ Vital Cuinet, "La Turquie D'Asie: Géographie Administrative Statisque Descriptive Et Raisonnée De Chaque Province De L'Asie Mineure".
- ↑ Jordi Tejel, "Syria's Kurds: History, Politics and Society", footnote 57.
- ↑ Watenpaugh, Keith David. Being Modern in the Middle East: Revolution, Nationalism, Colonialism, and the Arab Middle Class. Princeton University Press, 2014 — 270-bet. ISBN 978-1400866663.
- ↑ John Joseph, "Muslim-Christian Relations and Inter-Christian Rivalries in the Middle East", p107.
- ↑ Saqr Abu Fakhr in As-Safir, Abu Fakhr, Saqr, 2013. As-Safir daily Newspaper, Beirut. in Arabic Christian Decline in the Middle East: A Historical View
- ↑ Abu Fakhr, Saqr, 2013. As-Safir daily Newspaper, Beirut. in Arabic Christian Decline in the Middle East: A Historical View
- ↑ 19,0 19,1 „Understanding recent movements of Christians from Syria and Iraq to other countries across the Middle East and Europe“. amphibianark.org. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
- ↑ "Children Die in Movie House Fire", Daytona Beach Morning Journal, 15 November 1960, p4
- ↑ Rubin, Michael. „The U.S. Gets the Kurds Wrong — Again“ (2014-yil 13-fevral). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ „Archived copy“. 2013-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr.
- ↑ Hughs, Chris. „"The regime is going through its last days": Fierce clashes in the battle for Damascus as Assad denies he's fleeing to Russia“ (2012-yil 20-iyul). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ „Clashes between Kurds and Syrian army in the Kurdish city of Qamişlo, Western Kurdistan“ (2012-yil 21-iyul). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ 25,0 25,1 „Kurdish militia kills three protesters in Syria town: activists“. Agence France-Presse (2013-yil 28-iyun). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ Glioti, Andrea. „Syrian Kurdish Group Linked to PKK Kills Protesters“ (2013-yil 1-iyul). 2015-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ Westall, Sylvia; Perry, Tom. „Islamic State kills at least 145 civilians in Syria's Kobani“ (2015-yil 27-iyun). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ „Al-Qamishli to be capital city of Jazeera Canton in Syrian Kurdistan“. Firat News (2014-yil 26-yanvar).
- ↑ „Kurdish Canton in Syria led by an Arab Sheikh“ (2014-yil 10-iyul). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ Aumri, Masud. „Former French Foreign Minister Advises Rojava to Get Closer to KRG“ (2014-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ „Long taboo, Kurdish culture sees renaissance in Syria“. Agence France-Presse (2015-yil 12-avgust). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ „De vill hjälpa Rojova med elförsörjning“ (sv) (2015-yil 12-avgust). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ McKernan, Bethan. „There's a peaceful region in the middle of Isis territory and it's running out of electricity“ (2015-yil 11-avgust). 2015-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ Andersson, Nicklas. „Deras projekt kan hjälpa hundratusentals ISIS-offer i Rojava“ (sv) (2015-yil 8-avgust). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ Baladi, Enab. „Arabs, Kurds, and the social ties that overcome political conflicts“ (2016-yil 14-avgust). Qaraldi: 2016-yil 12-sentyabr.
- ↑ „دور آرتا إف إم في إعادة افتتاح كنيسة مار الياس الحي في عامودا | Arta Fm“.
- ↑ „إعادة افتتاح كنيسة مار إلياس الحيّ في عامودا“. 2023-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-may.