Anaplazmoz
Qiyofa
Anaplazmoz — qoramol va qoʻy-echkilarda uchraydigan surunkali kasallik. Anaplazmozni hayvon qonida parazitlik qiladigan Anaplasma marginale (qoramollarda), anaplazmoz ovis (qoʻy-echkilarda) mikrobini qoʻzgʻatadi. Anaplazmoz qonni mikroskopda tekshirish yoʻli bilan aniqlanadi. Hayvon kasallikka yoz va kuz boshida koʻproq chalinadi. Kasallikni qon soʻruvchi soʻna va kanalar tarqatadi. Kasallangan hayvon immunitet hosil qiladi va uzoq vaqt anaplazma manbai boʻlib qoladi (qoramollar 14, qoʻylar 5 yilga qadar). Anaplazmoz anpgibiotiklar (tetratsiklin), shuningdek delalgil (qoramolga), V12 vitamini bilan davolanadi, oson hazm boʻladigan ozuqa, mikroelementlar, koʻp suv beriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |