Kontent qismiga oʻtish

Arava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arava, aroba — yuk va odam tashishga moʻljallangan, ulov qoʻshib ishlatiladigan qadimgi transport turi. Arava shoti (ara-vashoti), tegarchik (gʻildirak) va oʻq kabi asosiy qismlardan tuzilgan. Shoti 4,5 m cha uzunlikdagi ikkita otyogʻoch (otliq), 8 ta pogona, ikki soʻloq va aygʻizdan ibo-rat. Otyogʻochlar mirza-terakdan ishlanadi. Shoti (oraligʻi 70 — 80 sm) uchlarida ot boʻyinchasini mahkamlashga xizmat qiladigan bittadan teshiklari boʻladi.

Tegarchik (gʻildirak) gupchak, toʻgʻin, kegay, bellik, aravatemir, aravamix va yostiq kabi qismlardan iborat. Aravatemir, aravamixlar temirdan, boshqa qismlar qayragʻochning chayir turi (bujun)dan yasaladi. Oʻq — yoʻgʻonligi 40 sm, 2,5 m uzunlikdagi silliqlangan yogʻoch boʻlib, ikki uchi tegarchik gupchagiga kiritiladi va ustiga aravashoti mindiriladi. Yurganda shoti jilib ketmasligi uchun uning ostiga soʻloq oʻrnatiladi. aravalar ikki, uch va toʻrt gʻildirakli boʻladi. Qoʻshiladigan ulovga koʻra, ot arava, tuya arava, hoʻkiz arava, eshak arava kabi xillari farqda-nadi.

Baʼzi Sharq mamlakatlari (Birma, Vetnam, Hindiston)da odam (riksha) tortadigan ikki gʻildirakli aravalar ham bor. Shakli va tuzilishiga koʻra, ochiq arava, soyabonli arava, agʻdarma arava, katta gʻildirakli qoʻqon arava, kichik gʻildirakli koʻtak arava va boshqa xillari bor. Xorazm aravalari shaklan boshqacharoq boʻlgani uchun xorazmcha arava deyiladi. aravaning ilk namunalari miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiriga toʻgʻri keladi.

Yevrosiyo va Shimoliy Afrika hududlaridan arava tasvirlari koʻplab topilgan. Jangovar aravalar qadimgi Sharq davlatlari — Bobil, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakat qoʻshinlarida boʻlgan. Qadimgi hind qahramonlik eposi „Mahabharata“ (miloddan avvalgi 10 — 8-asrlar)da bayon qilinishicha, Shimoliy va Janubiy Hindiston xalqlari ishtirok etgan buyuk jangda jangovar aravalarda jang qilingan.

Aleksandr (Iskandar Zulqarnayn) ham oʻz yurishlarida aravadan keng foydalangan. Misrliklar ikki gʻildirakli bir kishilik aravalarda urushishgan. Oʻzbekiston hududidan sopoldan ishlangan toʻrt gʻildirakli (Oltintepa qadimgi shahar harobasi, miloddan avvalgi 4-ming yillik — 2-ming yilliklar), quyma oltindan moʻ’jaz ishlangan ikki gʻildirakli (Amudaryo xazshasi, miloddan avvalgi 4 — 2-asrlar) aravalar topilgan, Afrosiyob devoriy rasmlarida jangovar arava tasvirlangan.

Boburnoma“da yozilishicha, urushlarda aravadan mudofaa vositasi (chep) sifatida foydalanilgan. Dunyo xalqlarining kundalik hayotida aravaning ahamiyati beqiyos katta boʻlgan. Avtomobil va boshqa transport vositalari yaratilgunga qadar arava asosiy transport vositasi hisoblangan. Hozir ham xalq xoʻjaligida, ayniqsa, qishloq joylarda 593 aravadan foydalaniladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil