Branimir Hrgota
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Branimir Hrgota | ||
Tavallud sanasi | 12-yanvar 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Zenica, Bosniya va Gersegovina Respublikasi | ||
Boʻyi | 1.85 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Greuther Fürth | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-2008 | IK Tord | ||
2008-2011 | Jönköpings Södra IF | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011-2012 | Jönköpings Södra IF | 39 | (28) |
2012-2013 | Borussia Mönchengladbach II | 8 | (2) |
2012-2016 | Borussia Mönchengladbach | 69 | (7) |
2016-2019 | Eintracht Frankfurt | 35 | (5) |
2019- | Greuther Fürth | 97 | (35) |
Milliy terma jamoa | |||
2011-2012 | Shvetsiya U19 | 9 | (3) |
2012-2015 | Shvetsiya U21 | 14 | (3) |
2014- | Shvetsiya | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (14-may uchun) |
Branimir Hrgota (talaffuzi: Branimir Xrgota; 1993-yil 12 yanvarda tugʻilgan) — professional futbolchi. 2. Bundesliga klubi SpVgg Greuther Fürthda hujumchi va sardor sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jönköpings Södra IF
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hrgota faoliyatini quyi liganing „IK Tord“ jamoasida boshlagan va shu bilan bir qatorda karate boʻyicha mashgʻulotlarini parallel olib borgan. 2008-yilda ushbu jang sanʼatidan voz kechishga qaror qildi va ikkinchi divizion Jönköpings Södra IF jamoasiga oʻtdi. 2011-yilda asosiy jamoada debyut qilgan va oʻsha mavsumda 25 oʻyinda 18 ta gol urib, liga toʻpurari boʻlgan[1]. Mavsumdan soʻng yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi[2]. Muvaffaqiyatli debyut yilidan keyin bir nechta klublar uni sotib olishga qiziqish bildirishgan[3]. Keyingi mavsumda 14 oʻyinda 10 ta gol urdi va yozda Germaniyaga koʻchib oʻtdi[4].
Borussia Mönchengladbach
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 4 iyulda Germaniyaning „Borussia Mönchengladbach“ klubiga oʻtdi. Bundesligadagi TSG 1899 Hoffenheimga qarshi oʻyinda 74-daqiqada Mike Hanke oʻrniga maydonga tushib debyut qildi. Bundesligadagi ilk golini 1. FSV Mainz 05 ga qarshi 1-boʻlim tugashiga 5 daqiqa qolganida penaltidan urgan. Ikkinchi boʻlimda chap oyogʻi bilan yana ikkita gol urdi. 85-daqiqada Lukas Ruppga almashtirildi. 2016-yil 15-iyun kuni Hrgota Bundesliga vakli „Eintracht Frankfurt“ga uch yillik shartnoma asosida qo‘shilishi eʼlon qilindi.
Eintracht Frankfurt
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hrgota Frankfurtdagi birinchi golini 2016-yil 2-avgustda DFB-Pokalda 1. FC Magdeburgga qarshi penaltilar seriyasida urdi.
Greuther Fürth
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 7-avgustda Hrgota SpVgg Greuther Fürthga ikki yillik shartnoma asosida qo‘shildi[5]. 2022-yilning 12-fevralida Hrgotaning „Hertha“ga qarshi o‘yin boshlanishidan 27 soniyadan keyin urgan goli o‘sha mavsumdagi eng tezkor gol bo‘ldi.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hrgota Shvetsiya, Xorvatiya va Bosniya va Gersegovina terma jamoalarida oʻynash huquqiga ega edi. Xorvatiya U21 terma jamoasi bosh murabbiyi Ivo Šušak 2012-yilning kuzida Hrgotani jamoasiga olib kelish maqsadida bilan bogʻlangan edi[6]. Biroq, 2014-yilning yozida, UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichida Shvetsiyaning Avstriyaga qarshi oʻyinidan oldin, Hrgota Shvetsiya terma jamoasiga chaqirilgandi[7].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hrgota Bosniya urushi paytida Bosniya va Gersegovina Respublikasining Zenitsa shahrida tugʻilgan. Ota-onasi etnik xorvatlardir. Branimir bolaligida oilasi bilan Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 14-may, 2022-yil holatiga koʻra[8]
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Jönköpings Södra IF | 2011 | Superettan | 25 | 18 | 2 | 0 | — | 27 | 18 | |
2012 | Superettan | 14 | 10 | 0 | 0 | — | 14 | 10 | ||
Jami | 39 | 28 | 2 | 0 | 0 | 0 | 41 | 28 | ||
Borussia Mönchengladbach II | 2012—2013 | Regionalliga West | 8 | 2 | — | — | 8 | 2 | ||
Borussia Mönchengladbach | 2012—2013 | Bundesliga | 13 | 3 | 0 | 0 | 4[lower-alpha 1] | 0 | 17 | 3 |
2013—2014 | Bundesliga | 30 | 2 | 1 | 0 | — | 31 | 2 | ||
2014—2015 | Bundesliga | 17 | 2 | 3 | 2 | 10[izoh 1] | 8 | 30 | 12 | |
2015—2016 | Bundesliga | 9 | 0 | 1 | 2 | 0 | 0 | 10 | 2 | |
Jami | 69 | 7 | 5 | 4 | 14 | 8 | 88 | 19 | ||
Eintracht Frankfurt | 2016—2017 | Bundesliga | 28 | 5 | 2 | 1 | — | 30 | 6 | |
2017—2018 | Bundesliga | 6 | 0 | 2 | 0 | — | 8 | 0 | ||
2018—2019 | Bundesliga | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
Jami | 35 | 5 | 4 | 1 | 0 | 0 | 39 | 6 | ||
Greuther Fürth | 2019—2020 | 2. Bundesliga | 32 | 10 | 0 | 0 | — | 32 | 10 | |
2020—2021 | 2. Bundesliga | 31 | 16 | 3 | 0 | — | 34 | 16 | ||
2021—2022 | Bundesliga | 34 | 9 | 1 | 1 | — | 35 | 10 | ||
Jami | 97 | 35 | 4 | 1 | — | 101 | 36 | |||
Jami faoliyati | 248 | 77 | 15 | 6 | 14 | 8 | 277 | 91 |
- ↑ One appearance in UEFA Champions League, three appearances in UEFA Europa League
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Shvetsiya | 2014 | 3 | 0 |
Jami | 3 | 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eintracht Frankfurt
- DFB-Pokal: 2017—2018
- 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2015-yil
Individual
- Superettanning eng yaxshi toʻpurari: 2011-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Vem är Branimir Hrgota?“. fotbollsoraklet.se. 2015-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-avgust.
- ↑ „Branimir Hrgota - Årets Spelare 2011“. sodrasajten.se. 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-may.
- ↑ „Supertalangen stannar - ska gå ut skolan“. eurosport.se. Qaraldi: 2013-yil 19-may.
- ↑ „Branimir Hrgota“ (sv). svenskfotboll.se. Qaraldi: 2013-yil 3-yanvar.
- ↑ „Hrgota stürmt für's Kleebatt“ (de). SpVgg Greuther Fürth (2019-yil 7-avgust). Qaraldi: 2019-yil 8-avgust.
- ↑ „Kroatien-rykten dementeras – ber om lugn och ro“. fotbolldirekt.se. 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-may.
- ↑ „Hrgota mållös i ligan på nytt“. aftonbladet.se. Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
- ↑ Branimir Hrgota Soccerway saytida. Qaralgan sana: 7 February 2020.
- ↑ „Branimir Hrgota - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. 2022-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-mart.
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/>
tag was found