Kontent qismiga oʻtish

Brigada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brigada (fransuzcha „brigade“; italyancha „brigata“ — jamiyat, otryad) — 1) barcha turdagi qurolli kuchlar, qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlar boʻlinmalarining taktik birlashmasi; turli mamlakatlarda XVI asrning 2-yarmidan, Rogsiyada XVIII asr boshidan mavjud. Quruqlikdagi qoʻshinlarda Brigada, odatda, bir necha batalon (divizion) va maxsus qoʻshinlar boʻlinmalaridan iborat boʻladi. Brigada alohida yoki diviziya tarkibiga kirishi mumkin; 2) alohida ishlar majmuasini birgalikda bajaruvchi kishilar guruhi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil