Butan futbol federatsiyasi
Turi | futbol tashkiloti |
---|---|
Egasi | Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
Status | federatsiya |
Qachon asos solingan | 1983 |
Hududiy xizmati | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
Prezident | Dasho Ugyen Tsechup Dorji |
Aʼzolari | FIFA |
Vebsayti | http://www.bhutanfootball.org |
Til(lar)i | Dzongxa |
Butan Futbol Federatsiyasi (dzongha tilida: wxutar whty Bhuitanning Etakchi) – Butanda milliy futbol boshqaruv organi hisoblanadi. Shuningdek, yuqori chempionati hisoblangan Butan Premer-ligasi, BPL saralashi, Dzongxag (tuman) ligalari, Ayollar milliy ligasi, Milliy futzal – minifutbol ligasi, shuningdek, turli yoshlar va koʻngilochar turnirlarni tashkil etish uchun mas’uldir. Ushbu tashkilotning bosh qarorgohi Butan poytaxti Thimphu shahrida joylashgan. Bugungi kunda tashkilotni Dasho Ugen Sechup boshqaradi. Bosh kotib lavozimida esa Ugyen Vanchuk faoliyat yuritmoqda.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Butan Futbol Federatsiyasi 1983-yilda Butan Olimpiya qoʻmitasi tarkibida tashkil etilgan. 2000-yildan FIFA, 1993-yildan esa Osiyo Futbol Konfederatsiyasi aʼzosi sanaladi.
Xodimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ism-sharif | Lavozim | Manba |
---|---|---|
Butan Dasho Ugyen Tsechup Dorji | Prezident | [1][2] |
Butan Pema Dorji | Vitse Prezident | [1][2] |
Butan Ugyen Wangchhuk | Bosh kotib | [1][2] |
Butan B.T. Dorji | Gʻaznachi | [1] |
Singapore Vincent Subramaniam | Texnik direktor | [1][2] |
Butan Pema Dorji | Jamoa murabbiyi (erkaklar) | [1][2] |
Butan Denka Na | Jamoa murabbiyi (ayollar) | [1] |
Media/Aloqa menejeri | ||
Butan Passang Tshering | Futzal koordinatori | [1][3] |
Butan Uygen Dorji | Hakamlar koordinatori | [1] |
Reglament
[tahrir | manbasini tahrirlash]- A-divizioni (8 ta jamoa);
- B-divizioni (8 ta jamoa);
- C-divizioni (12 ta jamoa).
A-divizionida soʻnggi ikki oʻrinni egallagan jamoalar B-divizionida dastlabki ikki oʻrinni egallagan jamoalar bilan guruh turnirida oʻynaydi. Ushbu uchrashuvlarda eng koʻp ochko toʻplagan ikki jamoa keyingi mavsumda mamlakat oliy divizionida ishtirok etadi. 1986-yildan beri federatsiya Butan futbol chempionati va mamlakat kubogini oʻtkazib keladi.
Ayollar futboli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Federatsiya bugungi kunga kelib FIFA qoidalariga amal qilgan holda ayollar futbolini rivojlantirish uchun katta qadamlarni tashlamoqda. 2022-yildan ayol futbolchilarning oylik maoshi 30 000 Nugacha koʻtarildi. Federatsiya, shuningdek, oʻyinchilarga mamlakatning turli kollejlarida oliy maʼlumot olishlari uchun moliyaviy yordam taklif qiladi. Ayollar terma jamoasi ishtirok etgan ilk xalqaro oʻyin 2010-yilda Bangladeshda boʻlib oʻtgan Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi chempionati edi[4].
BFF akademiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akademiya 2005-yilda ochilgan. U 14 va 16 yoshgacha boʻlgan 30 nafar talabadan iborat edi. 2002-yilda rahbariyat asta-sekin talabalar bilan koʻpayib bordi. Qish mavsumida milliy seleksiya lagerlarida sharoitlar yanada yaxshilandi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „Member Association – Bhutan – FIFA.com“. www.fifa.com. 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2019-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „The AFC.com - The Asian Football Confederation“ (en-GB). The AFC. Qaraldi: 2020-yil 21-avgust.
- ↑ „Passang Tshering | Bhutan Football Federation“ (en-US). 2020-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ „National team Bhutan womens“. https://bhutanfootball.org/. https://bhutanfootball.org/.+Qaraldi: 17-iyul 2022-yil.
- ↑ „BFF Akademiyasi“. https://bhutanfootball.org/. https://bhutanfootball.org/bff-academy/.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Official website
- Bhutan at FIFA site
- Bhutan at AFC site