Chengdu
Qiyofa
(Chendudan yoʻnaltirildi)
Chendu — Xitoyning markaziy qismidagi shahar, Mintsyazn daryosi vodiysida joylashgan. Shahar Sichuan provinsiyasining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Aholisi 9,9 mln. kishi (1999, shahar atrofi bilan). Chendu transport yoʻllarining yirik chorrahasida joylashgan bo'lib, mamlakatning muhim sanoat markazlaridan biri hisoblanadi. Koʻp tarmoqli mashinasozlik (stanoklar, radioapparatura, transport vositalari), mis, alyuminiy, kimyoviy oʻgʻitlar ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, metallsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy xunarmandchilik rivojlangan. universitet bor. Shaharga miloddan avvalgi 4-asrda asos solingan. 13, 16—18-asrlarga oid meʼmoriy obidalar hozirgacha saqlanib qolgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |