Kontent qismiga oʻtish

Deponent

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Deponent (lotincha deponentus — joylayman) — kredit muassasasi (bank)ga pul yoki qimmatli qogʻozlarni saqlash uchun topshirgan jismoniy va yuridik shaxs. Oʻziga tegishli pul daromadi yoki toʻlovlarni oʻz muddatida olmagan shaxs. Bu mablagʻlar uni saqlayotgan korxona va tashkilotga nisbatan D. boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil