Dukkak
Qiyofa
Dukkak — dukkakdoshlar mevasi; bitta urugʻchibargdan hosil boʻladi. Koʻpincha yuqorisidan pastgacha ikkita chok bilan ochiladi (noʻxat, loviya va b.), baʼzi turlarida ochilmaydi (qashqarbeda, sebarga, yeryongʻoq). Yeryongʻoqnnt dukkagi tuproq ichida yetiladi. D.da koʻpincha bir nechta urugʻ boʻlib, urugʻbandchalari bilan qorin chokiga birikadi. D.ning kattaligi, shakli va tuzilishi har xil: koʻpchilik turlarda toʻgʻri, yassi (noʻxat, loviya va b.), boshqalarida dumaloq, spiralsimon (beda). Ayrim tur oʻsimliklardan D. bir urugʻli boʻlaklarga boʻlinadi. Yovvoyi dukkakli oʻsimliklarning D. tez buralib ochiladi va urugʻlari sochilib ketadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |