Geomorfologiya
Geomorfologiya (geo..., yun. morphe — shakl va ...logiya) — yer yuzasining relyefi haqidagi fan. Geomorfologiya quruqlik hamda okean va dengizlar tubining tashqi qiyofasini, kelib chiqishi, yoshi tari-xiy taraqqiyoti, hozirgi dinamikasi va tarqalishi qonuniyatlarini oʻrganadi. Hoz. geologik davrdagi relyefni geomorfologiya yer yuzasining oʻtmishdagi taraqqiyotining yakuni sifatida oʻrganadi.
Yer yuzasi bir tomondan Yer poʻstini va ikkinchi tomondan gidrosfera hamda atmosferani bir-biridan ajratib turadigan chegaradir. Yer yuzasiga bir vaqtning oʻzida relyefni paydo qiluvchi endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlar taʼsir etadi. Ogʻirlik kuchining bevosita taʼsiri ostida sodir boʻladigan gravitatsiya jarayonlari ham relyef hosil qilish ahamiyatiga egadir. Yer—Quyosh—Oy sistemasining oʻzaro tortishish kuchi ham yer relyefi ga katta taʼsir koʻrsatadi (dengiz va okean suvlarining , Yer poʻstining koʻtarilib-pasayib turishi). Kishilik jamiyatining faoliyati yer relyefining oʻzgarishida katta omil hisoblanadi.
Geomorfologiyaning asosiy prinsiplaridan biri shuki, relyef geografik komponentlardan biri sifatida boshqa komponentlar va geografik sharoit bilan bevosita bogʻliq holda oʻrganiladi. Relʼyefga boshqa omillar taʼsir etibgina qolmay, relyefning oʻzi ham ularga taʼsir koʻrsatadi va ular orkali oʻziga ham taʼsir etadi. Litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosferalgf oʻrtasidagi oʻzaro murakkab aloqa geomorfologiyaning Yer haqida fanlar sistemasida tutgan oʻrnini belgilab beradi. Geoldan olingan maʼlumotlar va metodlardan relyefning urganilayotgan joydagi geologik tuzilishi va taraqqiyotiga bogʻliq ekanligini aniqdashda foydalaniladi.
Tabiiy geogr., iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanologiya, tuproqshunoslik, geobotanika bergan maʼlumotlar relyefning tabiiy-geografik sharoit va ayrim tabiiy komponentlarga boglits ekanligini aniqlash uchun zarur; geofizika bergan maʼlumotlar esa relyef taraqqiyoti jarayonining tabiiy mohiyati va Yerning qattiq, suyuq, gaz holatidagi qobiqlari bilan oʻzaro munosabatini oʻrganish uchun kerak.
Geomorfologiya bir qancha tarmoqlarga boʻlinadi; u mumiy geomorfologiya—relyefning shakllanishi haqidagi juda keng masalalarni oʻrganadi;xususiy geomorfologiya— relyefni bir yoki bir necha alohida geomorfologik koʻrsatkichlar boʻyicha tadqiq etadi; regional geomorfologiya — yer yuzasi alohida hududiy qismlarining konkret relyefini oʻrganadi; yer relyefining regional jihatdan muhim xususiyatlari sayyoraviy geomorfologiya tomonidan oʻrganiladi. Geomorfologiyaning alohida tarmogʻi — paleogeomorfologiya oʻtmish geologik davrlarning (koʻpincha koʻmilib yotgan) relyefini oʻrganadi va uzok, geologik davrlarda yer yuzasining qanday boʻlganini aniqlaydi. Xoʻjalikka tegishli masalalarni hal qilishda ishlatiladigan geomorfologik tadqiqotlar yakunlarining nazariy asoslari amaliy geomorfologiya tomonidan ishlab chiqiladi.
Umumiy geomorfologiya bir qancha boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Ulardan eng yiriklari: materiklarning yer yuzasi relyefini oʻrganadigan quruqli k geomorfologiyasi va dengiz hamda okean tubi relyefini oʻrganadigan dengiz geomorfologiyasi.
Koʻpgina nazariy masalalar matematik tadqiqotlar metodi yordamida hal qilinadi. Geomorfologiyaning asosiy ish metodi dala ekspeditsiyalari tadqiqotlari, geomorfologik sʼyomka yordamida maxsus geomorfologik haritalar tuzishdan iboratdir. Ekspeditsion tadqiqotlar bilan birga statsionar va eksperimental asosda ham geomorfologik jarayonlar ustida tadqiqotlar oʻtkaziladi. Dala ishlari haritagrafiya va geodeziya metodlari, aerometod, geofizika va b. instrumenta™ kuzatish metodlari asosida olib boriladi. Chunonchi, dengiz tubini geomorfologik tadqiq qilishda navigatsiya apparaturasi, exolot, seysmozond va b. asboblardan foydalaniladi.
Geomorfologiya maʼlumotlaridan foydali kazilma konlarini qidirish (qidirish geomorfologiyasi), sanoat, gidroenergetika inshootlari, avtomobil va temir yoʻl, dengiz portlarini loyihalashda (muhandislik geomorfologiyasi), maydondan xoʻjalikda va qishloq xoʻjaligida foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chikishda foydalaniladi. Geomorfologik tadqiqotlarning natijalari geologik, geografik tadqiqotlarga asos boʻlib xizmat qiladi.
Geomorfologiya mustaqil fan sifatida 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida shakllandi. Chet el olimlaridan birinchilardan boʻlib geomorfologiyaning nazariy, metodologik va amaliy asoslarini U. M.Deyvis (Amerika geomorfologiya maktabining yetakchisi) bilan V. Penk (Yevropa geomorfologiya maktabining yetakchisi) yaratdi. Ular relyef taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini organizmlar tadrijiylik nazariyasiga tatbiqan ilmiy jihatdan tavsifladi. Natijada geomorfologiya Yer haqidagi fanlar orasidan mustahkam oʻrin oldi. Rossiyada geomorfologiyaga P. A. Kropotkin, V. V. Dokuchayev, I. V. Mushketov, I. S. Shchukin, Ya. S. Edelshteyn, K. K. Markov va b. asos soldi. Turkiston hududlarini geomorfologik oʻrganishda va geomorfologiyaning nazariy konsepsiyalarini ishlab chiqishda 20-asrning oʻrtalari va 2-yarmida birmuncha yutuqlarga erishildi. Bu davrda geomorfolog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, Yerning morfostrukturasi va morfoskulpturasi, morfologik komplekslar, geomorfologik sikllar haqida ilmiy fikrlarni rivojlantirdilar. Yer poʻsti va mantiyasining tarkibi haqidagi yangi maʼlumotlar asosida yer relyefi va Dunyo okeani tubi relyefining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida yangi konsepsiyalar yaratilmoqda. Relyefni tasniflash, flyuvial, karst, muzlik, toʻng yer, eol relyeflarning shakllanishi, qirgʻoqlar morfologiyasi masalalarini ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishildi. 1990-y.larda regional geomorfologik tadqiqot kilishda salmoqli ishlar qilindi. Geomorfologik haritalarni tuzish metodikasi ishlab chiqilmoqda. Tadqiqot qilishning haritagrafik metodi, aerometod, geodezik va geofizik metodlar, statsionar va eksperimental tadqiqot metodlari takomillashtirilmoqda. Relyef geometriyasi, kinematika va dinamikasi masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. Geomorfologiyaning rivojlanishiga oʻzbekistonlik olimlardan Gʻ. O. Mavlonov, M. M. Mamatqulov, O. Yu. Poslavskaya, A. A. Abdujabborov, N. A. Kogay, geomorfologiya F. Tetyuxin va b. ham salmokli hissa qoʻshdilar.
Xalqaro miqyosda geomorfologiya ishlarini koordinatsiyalash Xalqaro geografiya ittifoqining komissiya va yordamchi komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi (amaliy geomorfologiya, geomorfologik haritagrafiyalash metodikasi va b. boʻiicha). Oʻzbekistonda geomorfologlarning ishlari va geomorfologiya masalalari Oʻzbekistan FA Seysmologiya instituti qoshidagi Geografiya boʻlimi tomonidan koordinatsiyalanadi va Geografiya jamiyatining sʼyezdlarida muhokama qilinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- King L., Morfologiya zemli. Izucheniye i sintez svedeniy o relyefe Zemli, |per. s ang .1, M., 1967; Leontyev O. K., Rinatov G. I ., Obshaya G., M., 1988; Soatov A. A., Shermatov M . Sh ., Dare vodiylari va terrasalari, T., 1972.
Abdurasul Soatov.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |