Hazrat begim
Hazratbegim | |
---|---|
Tavalludi |
4-noyabr 1740-yil yoki 1741-yil |
Vafoti |
1774-yil Afgʻoniston |
Turmush oʻrtogʻi | Ahmadshoh Durroniy |
Otasi | Muhammadshoh |
Onasi | Sohiba Mahal |
Hazratbegim (forscha: حضرت بیگم; pushtucha: حضرت بېګم; yana Hazrat Mahal[1][2], Sohibabegim[3]; 4-noyabr 1740-yil yoki 1741-yil, Dehli, Hindiston — 1774-yil, Afgʻoniston) — boburiy malika, boburiylar davlati hukmdori Muhammadshohning qizi, durroniylar sulolasi shohi Ahmadshoh Durroniyning rafiqasi.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hazratbegim boburiylar sulolasi hukmdori Muhammadshoh va malika Sohiba Mahalning[4] qizi boʻlib, 1740-yil yoki 1741-yil 4-noyabrda Dehlida tavallud topgan. 1748-yil aprelda Muhammadsho vafot etadi va taxtga malikaning ukasi Ahmadshoh chiqadi[5]. Hukmdorning onasi Qudsiyabegim marhum podshohning boshqa rafiqalari va farzandlari taʼminoti uchun hukumat ajratilgan mablagʻlardan tashqari, oʻz hisobidan ham moddiy koʻmak berib turgan[6].
1754-yil 26-mayda Ahmadshoh safar chogʻida marathalar yetakchisi Malhar Rao Holkar tomonidan hujumga uchraydi[3][7]. Ahmadshoh Sikandrabad (Iskandarobod) orqali chekinayotib, oʻzi bilan birga Hazratbegim, onasi Qudsiyabegim, oʻgʻli Mahmudshoh va sevimli rafiqasi Inayetpuri Baini olib, boshqa malikalar va qarindoshlarini dushmanga qoldirib ketishga majbur boʻladi[8].
1756-yil fevral oyida beqiyos goʻzalligi bilan mashhur boʻlgan 16 yoshli Hazratbegimga 60 yoshli Olamgir II sovchi qoʻyadi. Shu maqsadd Olamgir II malikaning onasi Sohiba Mahal va vasiysi Bodshohbegimlarga bosim qiladi[9]. Hazratbegim 60 yoshli hukmdorga turmushga chiqishdan koʻra oʻz joniga suiqasd qilishni afzal biladi, natijada Olamgir II malikani oʻz nikohiga ololmaydi[9].
1757-yil aprelda poytaxt Dehlini afgʻonlar talon-toroj qilgandan soʻng, durroniylar sulolasi shohi Ahmadshoh Durroniy marhum Muhammadshohning qizi Hazratbegimga uylanishni xohlab qoladi[10]. Vasiysi Bodshohbegimning qarshligiiga qaramasdan 35 yoshdagi Ahmadshod Durroniy 1757-yilning 5-aprelida Dehlida malikani majburlab, oʻz nikohiga oladi[11]. Toʻy marosimidan soʻng Ahmadshoh Durroniy malika bilan ona yurti Afgʻonistonga qaytib ketadi. Afgʻonistonga ketayotgan Hazratbegimni kuzatishda Bodshohbegim, Sahiba Mahal va bir necha malikalar hamrohlik qilishgan[11]. Hazratbegim 1774-yilda vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sarkar, Jadunath. „1771-1788. 3d ed“ (ingliz tilida). Orient Longman (1964), s. 307. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ Dr. B. P. Saha. „Begams, Concubines, and Memsahibs.“ (ingliz tilida). Vikas Publishing House. (1997), s. 29. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Sarkar, Jadunath. „Fall Of The Mughal Empire Vol. 1“ (ingliz tilida) (1964), s. 334. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ Sarkar, adunath. „Fall of the Mughal Empire (4th ed.)“ (ingzli tilida). Orient Longman (1991), s. 268. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ Edwards, Michael. „The Orchid House: Splendours and Miseries of the Kingdom of Oudh, 1827-1857“ (ingliz tilida). Cassell (1960), s. 7. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ Kumari, Savita. „Udham Bai: A Glimpse into the Aplendid Life of a Later Mughal Queen“, s. 51. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ Latif, Bilkees Idrees. „Forgotten“. Penguin Books India (2010), s. 50. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ Sharma, Sudha. „The Status of Muslim Women in Medieval India“ (ingliz tilida). SAGE Publications India (2016-yil 21-mart), s. 66. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ 9,0 9,1 Israel, Milton. „Islamic Society and Culture: Essays in Honour of Professor Aziz Ahmad“ (ingliz tilida). Manohar (1983), s. 146. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ „A Comprehensive History of India: 1712-1772“ (ingliz tilida). People's Publishing House (1978). Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ 11,0 11,1 Sarkar, Jadunath. „1754-1771 (Panipat). 3d ed.“ (ingliz tilida). Orient Longman (1971), s. 89. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.