Humoyun Murtozoyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Humoyun Abdusomad oʻgʻli Murtazoyev | ||
Tavallud sanasi | 9-noyabr 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Qashqadaryo, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 181 m (593 ft 10 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Mashʼal | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2008—2012 | Mashʼal | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012—2014 | Shoʻrtan | 30 | (12) |
2015—2019 | Mashʼal | 98 | (31) |
2019 | Nasaf | 26 | (14) |
2020 | → Bunyodkor | 7 | (1) |
2020—2021 | Mashʼal | 23 | (7) |
2021—2023 | Turon | 56 | (20) |
2024—h. v. | Mashʼal | 19 | (14) |
Milliy terma jamoa | |||
2020 | Oʻzbekiston | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (25-noyabr uchun) |
Humoyun Murtozoyev (1992-yil 9-noyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Muborakning „Mash’al“ klubi tarkibida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Humoyun Muborakning „Mashʼal“ klubi akademiyasi tarbiyalnuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi debyutini 2012-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida boshlagan. 2014-yil Muborakliklar jamoasi safiga qaytgan va 2019-yilgacha „Mashʼal“ klubi sharafini himoya qilgan. 2019-yilda Qashqadaryoning bosh jamoasi „Nasaf“ klubi jamoasi tarkibiga oʻtgan[1].
2020-yil mavsum boshida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi taklifini qabul qilib, qaldirgʻochlar safiga oʻtgan[2], ammo yozgi transfer oynasida „Mashʼal“ jamoasi safiga qaytgan[3]. 2021-yil yozgi transfer oynasida Yaypanning „Turon“ Jamoasi safiga oʻtgan va 2023-yilgi mavsum soʻngiga qadar yaypanliklar sharafini himoya qilgan[4][5][6]. 2024-yilgi mavsum qishgi transfer oynasida yana „Mash’al“ jamoasi tarkibiga qaytgan va shartnoma imzolagan.
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Humoyun 2020-yil 23-fevral kuni Iordaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Oʻzbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilgan.
Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2020 | 1 | 0 |
Jami | 1 | 0 |
2020-yil 23-fevralda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2014
- Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin: 2018
- Oʻzbekiston Pro ligasi Uchinchi oʻrin: 2022
- Oʻzbekiston PFL kubogi Ikkinchi oʻrin: 2015
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „“Насаф” янги футболчиларни таништирди“. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „“Бунёдкор” кучайишда давом этади. Ҳумоюн Муртозаев, Абдураимов ва Пардаев "қалдирғочлар" сафида“. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „Муртозаев ва Абдураимов "Машъал"да ўйнайди“. 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „Ҳумоюн Муртозаев ва Сардор Абдураимов "Турон"га ўтди“. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „"Турон" янги футболчиларини таништирди“. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „"Турон"нинг тўп "машина"си тўхтамаяпти“. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 9-noyabrda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Qashqadaryo viloyati kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Shoʻrtan klubi futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Turon klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar